Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

«Artxashastra» ta‟limoti 
 
Qadimgi  Hindiston  xo‗jaligi,  ijtimoiy  tuzumi  va  iqtisodiy  fikrlarini 
o‗rganishning  asosiy  manbayi  «Artxashastra»  asari  hisoblanadi  (m.av. 
IV  asr  oxiri).  Uni  podsho  Chandraguptaning  maslahatchisi  Kautilya 
yozgan, deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‗lib, 
«artxa»  so‗zi  –  foyda,  moddiy  manfaat,  «shastra»  –  ilm,  ilmiy  asar 
ma‘nosini bildiradi.  
  Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to‗g‗risida ko‗rsatmalar 
berilgan,  ikkinchisi  turli  davlat  idoralarining  rahbarlari  faoliyatiga 
bag‗ishlangan, uchinchi va to‗rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash 
masalalari  ko‗rib  chiqilgan,  so‗ngra  tashqi  siyosat  usullari  to‗g‗risida, 
maxfiy  xizmat  to‗g‗risida,  armiyani  tashkil  qilish  va  shu  kabilar 
to‗g‗risida so‗z yuritiladi. 
«Artxashastra»ning  eng  boshidayoq  podsho  to‗rtta  «ilmni»  bilishi 
zarurligi  to‗g‗risida  fikr  yuritiladi.  Ulardan  biri  iqtisodiyot  hisoblanadi. 
«Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida 
ko‗riladi. Mamlakatda qishloq xo‗jaligi, eng avvalo, dehqonchilik asosiy 
soha 
hisoblangan. 
«Artxashastra»da  aytilishicha,  davlat  yangi 
mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o‗rnashtirish ishlarini 


25 
amalga  oshirishi  kerak.  Yangi  ko‗chib  kelganlarga  yer  soliq  to‗lash 
sharti  bilan  shaxsiy  foydalanishga  berilgan.  Dehqon,  hunarmand 
mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun 
davlatning  siyosati  erni  emas,  balki  odamlarni  himoya  qilishi  kerak. 
«Davlatning  kuchi,  –  deyiladi  asarda,  –  odamlardan  tashkil  to‗gan. 
Odam yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‗xshaydi – undan na sut 
sog‗ib olib bo‗ladi, na nasl». 
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko‗zlagan holda, xo‗jalikni 
yaxshi tashkil qilishga alohida e‘tibor beriladi. Kim o‗z yerini ishlatmasa 
yoki  yomon  ishlasa,  uning  yerini  tortib  olish  va  yaxshi  ishlaydigan 
xo‗jayinlarga berish tavsiya etiladi. 
Davlat  bozor  bahosini  tartibga  solib  turishning  chora-tadbirlarini 
ko‗rib  chiqishi  lozim.  Bahoning  mavsumga  qarab  tebranib  turishini 
bartaraf  etish  uchun  davlatning  kerak  paytda  muomalaga  chiqaradigan 
tovar  zahirasi  bo‗lishi  kerak.  Bu  bilan  tovarlar  bahosi  barqarorligini 
ta‘minlashga erishiladi. 
«Artxashastra»da  irrigatsiya  ishlarini  yaxshilash  ham  nazarda 
tutilgan.  «Sug‗orish  tizimlarini  qurish,  –  deyiladi  unda  –  hosilning 
manbayi hisoblanadi...» Sug‗orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar 
uchun og‗ir jazo, hatto o‗limga mahkum etish tavsiya etiladi. 
  «Artxashastra»da  davlatning  moliya  muammolarini  hal  etishga 
katta  ahamiyat  beriladi.  Davlatning  daromadlari  davlat  xo‗jaliklari 
foydasidan,  turli  soliq  va  boj  to‗lovlaridan  tashkil  topgan.  Xarajatlar 
qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga 
mablag‗  ajratib  kelgan.  Davlat  xo‗jaligi  va  soliq  tizimi  bilan  bog‗liq 
bo‗lgan  moliya  idoralarining  to‗g‗ri  ishlashi  uchun,  «Artxashastra»da 
aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat‘iy hisob-kitob hujjatlari olib 
borilishi zarur. Podsho xazinani o‗g‗irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi 
kerak.  Ammo  bu  yerdagi  o‗g‗irlikni  aniqlash  juda  qiyin  bo‗lgan. 
«Artxashastra»  xazina  mulkini  o‗g‗irlashning  40  xil  usulini  ko‗rsatib 
beradi  va  ayyor  amaldorning  hiylasini  bilishdan  ko‗ra,  osmondagi 
qushning  yo‗lini  aniqlash  osonligini  qayd  qilib  o‗tadi.  «Suvda  suzib 
yurgan  baliq,  o‗sha  suvdan  ichayaptimi,  yo‗qmi  bilib  bo‗lmaganidek, 


26 
ishga  biriktirilgan  amaldor  mulkni  o‗zlashtirayaptimi,  yo‗qmi  aniqlab 
bo‗lmaydi»,  –  deyiladi  asarda.  Shu  bois  suiiste‘mol  qilishning  har  xil 
usullarini  o‗rganib  olmasdan  avval,  amaldorlarni  tez-tez  o‗zgartirib 
turish tavsiya etiladi. 
  Iqtisodiy  siyosat  sohasida  «Artxashastra»  podshoni  ishlab 
chiqarish  kuchlarini  rivojlantirishga,  narx-navoni  tartiblashga,  davlat 
byudjeti  aktiv  balansini  saqlashga  –  «daromadlarni  ko‗paytirish  va 
xarajatlarni  kamaytirishga»  da‘vat  etadi.  Qadimgi  Hindistonning  bu 
atoqli  asari  nafaqat  ijtimoiy  rivojlanishning  ancha  yuqori  darajasini, 
balki Qadimgi Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham 
ko‗rsatib berdi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish