Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
2.2. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g„oyalari
 
 
Qadimgi  Xitoy  iqtisodiy  g„oyalari.  Qadimgi  Xitoy  mutafakkirlari 
ichida  Konfutsiy  (m.avv.  551  –  479-y.)  alohida  o‗rin  tutadi. 
Konfutsiyning  fikrlari  uning  shogirdlari  yozib  qoldirgan  «Lun  Yuy» 
(«Suhbat  va  mulohaza»)  to‗plamida  aks  ettirilgan.  Uning  fikricha 
mehnat  ham  kishilarning,  ham  davlatning  boyligini  ko‗paytiradi. 
Konfutsiy  «buyuk  jamoa  mulki»  (dehqonlar  jamoasi  mulki)  va  xususiy 
egalik  (quldorlar  mulki)ni  farqlaydi,  ikkinchisini  ko‗proq  qo‗llaydi.  Bu 
yerda u xususiy mulkni xo‗jalik yuritishda ustun qo‗yadi.  
Konfutsiy  aqliy  mehnat  bilan  jismoniy  mehnat  farqini  ko‗rsatib, 
aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, 
asosiy  qismi  qullardan  iborat  bo‗lgan  «oddiy»  kishilar  shug‗ullanadi, 
deb qayd qilib o‗tadi. 
Konfutsiy ta‘limotiga ko‗ra bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», 
va  boylikni  ancha  tekis  taqsimlashning  kafolatidir
4
.  Uning 
tasdiqlashicha,  Alloh  va  tabiat  tomonidan  jamiyat  toifalarga  ajratilgan, 
shu  bilan  birga  u  har  bir  odamni  ma‘naviy  yuksalishga  da‘vat  etgan, 
kattalarga  bo‗lgan  hurmat  qoidalari  to‗g‗risida,  farzandlik  burchi 
                                                           
4
 History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 45-b. 


27 
to‗g‗risida,  aka-ukalar  o‗rtasidagi  do‗stlik  to‗g‗risida  qimmatli  fikrlarni 
ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani ko‗rish mumkinki, agar 
reglamentlashtirilgan  patriarxal  munosabatlarda  ustalik  bilan  xo‗jalik 
yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo‗ladi» deb ta‘kidlangan. 
Xitoyda  miloddan  oldingi  IV–III  asrlarda  xitoylik  mualliflar 
birgalikda yozgan asar «Guan-tszi» g‗oyalari keng tarqalgan. Bu asarda 
ilgari  surilgan  ba‘zi  masalalar,  garchi  ular  ziddiyatli  bo‗lsada,  bugungi 
kunda  ham  diqqatga  sazovor.  Masalan,  asarda  oltin,  marvarid  alohida 
boylik  sifatida  ko‗rilmaydi;  bunday  boylik  deb  eng  avvalo,  moddiy 
ne‘matlar  (tovar)  e‘tirof  etiladi.  Asarda  ko‗rsatilishicha,  bir  tomondan, 
«oltin  davlat  resurslarini  hisoblash  o‗lchovi  hisoblanadi»,  ikkinchi 
tomondan,  u  «xalq  ommasi  uchun  muomala  vositasi  bo‗lib  xizmat 
qiladi».  Asarda  barqaror  iqtisodiy  rivojlanishning  zarurligi  to‗g‗risida 
aniq  fikr  yuritiladi  va  qayerda  nonning  narxi  tartiblanib  turilsa,  o‗sha 
yerda  tinchlik,  osoyishtalik  bo‗ladi,  deb  qayd  etiladi.  Iqtisodiyotni 
tartibga  solib  turish  uchun,  asar  mualliflari  davlatning  don  zaxiralarini 
tashkil  etishni,  yer  egalariga  imtiyozli  kredit  berishni,  temir  va  tuzga 
bo‗lgan  to‗g‗ri  soliqlarni  egri  soliqlar  bilan  almashtirish,  ya‘ni  ulardan 
foydalanib 
ishlab 
chiqariladigan 
tovarlarga 
bo‗lgan 
soliqni 
kengaytirishni  tavsiya  etadilar.  «Guan-Tszi»  mualliflari  «davlatni  boy, 
xalqni  mamnun»  holda  ko‗rishni  xohlaganlar.  Asarda  yer  va  suvlarni 
davlat  ixtiyoriga  o‗tkazish,  ulardan  daromad  olish  yo‗lida  foydalanish, 
baholarni  tartibga  solish  va  boshqa  hozirgi  kunda  ham  e‘tiborga  molik 
iqtisodiy g‗oyalar ilgari surilgan. 
Guan  Tszining  asarlari  shuni  ko‗rsatadiki,  vaqt  va  makondan 
o‗tadigan taklif va talab g‗oyalari umumiy xarakterga ega. Ular boshqa 
madaniyatlarga  kiritilgan  harbiy  g‗oyalar  emas,  balki  hammasi 
institutsiya  tuzumlarida  ko‗rinadigan  haqiqatdir.  Iqtisodiy  g‗oyalarning 
umumiy  tuzimi  umuminsoniydir.  Lekin  masala  siyosatga  kelganida 
Guan Tszida ham aks ettirilgan fikrlar iqtisodiy zakovotlar institutsional 
tizimdan  mustaqil  tarzda  bevosita  siyosiy  oqibatlarga  ega  emas. 


28 
Institutsional  tizim  o‗zgarganda  siyosiy  oqibatlar  ham  o‗zgaradi.  Guan 
Tszi  faol  tarzda  siyosatni  o‗z  zamonining  institutsional  tizimiga 
moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari 
bilan  muvofiqlikda  tizimlashtirdi.  Hozirda  Xitoy  muhim  iqtisodiy 
islohotlar  jarayonlarini  boshidan  kechirmoqda  va  G‗arb  iqtisodchilari 
uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo‗yicha fikrlar olish uchun murojat 
qilmoqdalar.  Xitoy  an‘analariga  ko‗ra  Guan  Tszini  o‗rganish  G‗arbiy 
hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko‗ra Xitoy iqtisodiyotiga yuzlanish 
joiz.
5
 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish