Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

Qiymat, pul va foiz nazariyalari.  A.Tyurgo  qiymat,  baho  va pulni 
tahlil  qildi.  Uning  bu  sohadagi  fikrlari  o‘ziga  xos  tavsifga  ega  va 
qiymatning mehnat nazariyasidan farq qiladi.  A.Tyurgo tovaming narxi 
sotuvchi  va  xaridorlar  istagining  intensivligi  bilan  aniqlanishi 
to‘g‘risidagi  g'oyani  ilgari  surdi.  Bunda  kamyoblik  tovar  narxini 
“baholashda asosiy unsurlardan biri” hisoblanadi. Keyinchalik bu g‘oya 
zamonaviy baho nazariyasining shakllanishida ijobiy o‘rin tutadi.
A.Tyurgo iqtisodiyotda proteksionizm siyosatining salbiy tomonini 
ko‘rsatib berdi.  Uning fikricha «olish va sotishdagi umumiy erkinlik bir 
tomondan,  sotuvchiga  ishlab  chiqarishni  rag‘batlantiruvchi  narxni, 
ikkinchi tomondan,  xaridorga eng yaxshi tovami eng past bahoda sotib 
olishni ta’minlashning yagona vositasidir».
A.Tyurgo  pulni  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra  tovarlar  dunyosidagi  bir 
tovar sifatida ta’riflab,  ayniqsa,  «oltin va kumushni,  boshqa har qanday 
materialga  nisbatan  moneta  (tanga)  xizmatini  o‘tashga  yaroqli»,  deb 
hisobladi, negaki ular tabiatan moneta bo‘lib yaralgan, buning ustiga har 
qanday  kelishuv  va  qonunlardan  qat’iy  nazar  hamma  uchun  umumiy 
moneta  bo‘lib  qoladi.  Uning  fikricha  pul,  ya’ni  oltin  va  kumushning 
bahosi  nafaqat  barcha  boshqa  tovarlarga  nisbatan,  balki  bir-biriga 
bo‘lgan  nisbati,  kam  yoki  ko'pligiga  qarab  ham  o‘zgarib  turadi. 
A.Tyurgo  qog‘oz  pullaming  miqdori  yaratilgan tovar  va  xizmatlaming 
miqdoriga  mos  kelmagan  sharoitda  bunday  pullardan  foydalanish 
noqulayliklari to‘g‘risidagi qoidani dalillar bilan isbotlab berdi.
A.Tyurgo  ssuda  (pul)  foizini  tadqiq  qilar  ekan,  qarzga  olingan 
pulni 
ustamasi 
bilan  qaytarishga  jinoyat  sifatida  qaraydigan 
nasihatgo‘ylar bid’atlarini  qoraladi.  Uning ta’kidlashicha,  qarz beruvchi 
qarz  vaqti  davomida  ushbu  qarzga  bergan  puli  uchun  olishi  mumkin
121


bo‘lgan  daromadni  yo‘qotadi,  qarz  oluvchi  esa  bu  pulni  samarali 
ishlatib,  ancha foyda ko‘rishi mumkin. Ko‘rinib turibdiki, qarz beruvchi 
qarz  oluvchiga  ozor  yetkazayotgani  yo‘q,  aksincha,  birinchisining 
pulidan  ikkinchisi  foyda ko‘rayapti.  Ana  shu  foyda qarz oluvchini  foiz 
to‘lash  sharti  bilan  qarz  olishga  undovchi  asosiy  kuch  hisoblanadi.  U 
foizni  foydadan  to'laydi.  Demak,  A.Tyurgoning  fikriga  ko‘ra  bunday 
«kelishuvdan»  qarz beruvchi  ham,  qarz  oluvchi  ham  manfaatdor.  Joriy 
foizga  kelsak  A.Tyurgo  bo‘yicha  u  bozorda  kapitalning  ko‘p  yoki 
kamligini  ko‘rsatuvchi  termometr  vazifasini  o‘taydi,  xususan,  foizning 
past bo'lishi bu kapital ko‘pligi natijasidir.
Iqtisodiy  ta’limotlar  tarixida  fiziokratlar  o‘ziga  xos  o‘rinni 
egallaydi.  A.Smit  o‘z  vaqtida: 

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish