Bog'liq АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019
«Jadvaldagi» takror ishlab chiqarishning boshlang‘ich nuqtasi
yaratilgan bir yillik mahsulot hisoblanadi. F.Kene statistik hisob-
kitoblarga asoslangan holda Fransiya dehqonchiligidagi yalpi mahsulot
qiymatini 5 mlrd. livrga (livr - o‘sha paytdagi Fransiya pul birligi)
baholadi (oziq-ovqat 4 mlrd. livmi, xomashyo 1 mlrd. livrni tashkil
etadi). Bu mahsulotdan tashqari fermerlar o‘tgan yilgi hosilni sotishdan
olgan 2 mlrd. livrga ega. Bu pulni ular mulkdorlarga ijara haqi sifatida
yer uchun to‘laydilar. Unumsiz yoki «hosilsiz» sinf 2 mlrd. livrlik sanoat
mahsulotiga ega. Jami ijtimoiy mahsulot F.Kene hisobi bo‘yicha 7 mlrd.
livmi tashkil etadi. Mulkdorlar (yer egalari) hosilni yig‘ishtirib olgandan
key in fermerlardan 2 mlrd. livr ijara haqi olganlar.
Bu yerda barcha yaratilgan mahsulot realizatsiyasi va aylanish
jarayoni qanday amalga oshadi?