Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 8 .3 .  0 ‘z b e k is t o n   iq t is o d iy o t in i  y a n a d a   e r k in la s h tir is h



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 8 .3 .  0 ‘z b e k is t o n   iq t is o d iy o t in i  y a n a d a   e r k in la s h tir is h  
va   m o d e r n iz a t s iy a la s h   v a z ifa la r i
Mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
o‘zgarishlaming tahlili  shuni ko‘rsatadiki,  qo‘lga kiritilayotgan yutuq va 
muvaffaqiyatlaming 
asosida 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
jarayonining  o‘mi  ahamiyatli  hisoblanadi.  Shunga  ko‘ra  hozirda 
modemizatsiya  jarayonining  nazariy  va  metodologik  asoslarini  tadqiq 
etish  dolzarb  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Eng  avvalo,  modemizatsiya 
atamasining  mazmuniga  to‘xtaladigan  bo‘lsak,  odatda  uni  texnika, 
texnologiyaga  oid  tushuncha,  deb  qaraladi.  Jumladan,  iqtisodiyotga  oid 
aksariyat  lug‘atlarda  unga  quyidagi  mazmundagi  ta’rif  beriladi: 
«Modemizatsiya -  obyektni  yangilash,  yaxshilash,  takomillashtirish,  uni 
yangi  talablar  va  me’yorlarga,  texnik  shartlarga,  sifat  ko‘rsatkichlariga 
muvofiqlashtirish. 
Asosan  mashina, 
asbob-uskunalar, 
texnologik 
jarayonlar modemizatsiyalanadi».
Fikrimizcha  bu  modemizatsiyaga tor  ma’nodagi  yondashuv  bo‘lib, 
bugungi kunda uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat 
kasb  etib  bormoqda. 
Modemizatsiya 
-   an’anaviy  jamiyatning  ilg‘or, 
industrial  jihatdan  taraqqiy  etgan  jamiyatga  aylanishini  ta’minlovchi 
ijtimoiy-tarixiy  jarayon. 
Klassik 
sotsiologiyada 
mazkur 
atama 
E.Dyurkgeym tomonidan ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi 
ijtimoiy  tabaqalanish  jarayoni  sifatida  tushunilgan. 
Veber  esa 
modemizatsiyani  ratsionallashtirish  jarayoni  sifatida  tavsiflab,  u  orqali 
xo‘jalik  subyektlari  o‘z  faoliyatlari  iqtisodiy  samarasini  eng  yuqori 
darajadaoshirishga intiladilar.  Shunday qilib, zamonaviy modemizatsiya 
jarayoni  jahondagi  texnologik  va  ijtimoiy  o‘zgarishlaming  impulsi 
bo‘lib  xizmat  qiluvchi  asosiy,  «o‘zak»  iqtisodiyotlarga  nisbatan  teng 
huquqli  mavqega  erishishni  anglatadi.  Modemizatsiyaning  keng 
ma’nodagi  mazmunini  tushunishda  iqtisodchi  olim  R.Nureyev  uning 
neoklassik  va  keynscha  talqinlarini  farqlaydi.  Jumladan,  neoklassiklar 
tomonidan  modemizatsiyaga  xususiy  mulkchilik  va  demokratiyani
337


mustahkamlash  sifatida yondashilsa,  keynschilar tomonidan  eng  awalo, 
xo‘jalikning  asosiy  tarmoqlarini  qamrab  oluvchi  tarkibiy  o ‘zgarishlar 
sifatida  tushuniladi.  Dastlabki  o‘ringa  texnik-iqtisodiy  muammolar 
qo‘yiladi.  Xo‘jalikning  zamonaviy  tarmoqlarining  mavjud  bo‘lmasligi 
taraqqiyotning asosiy to'sqinlik kuchi sifatida qabul qilinadi.
Umuman 
olganda, 
modemizatsiya 
an’anaviy 
jamiyatdan 
industriallashgan,  yirik  mashinalashgan  ishlab  chiqarishga  hamda 
ijtimoiy  jarayonlami  qonunlarga  tayangan  holda  oqilona  boshqarishga 
asoslangan  jamiyatga  o‘tish  jarayonlarini  namoyon  etadi.  Nazariyada 
modemizatsiya,  deganda  «an’anaviy  tarzdagi  yopiq jamiyat»ga  qarama- 
qarshi  o'laroq  «zamonaviy  ochiq  tarzdagi  jamiyat»ni  shakllantirishga 
olib keluvchi industrlashtirish,  sekulyarlashtirish,  urbanizatsiya, umumiy 
ta’lim,  vakolatli  siyosiy  hokimiyat  tizimlarining  qaror  topishi,  hududiy 
va  ijtimoiy  safarbarlikning  kuchayishi  kabi  jarayonlaming  majmuyi 
tushuniladi.
Modemizatsiya  jarayoni  doirasida  odatda,  quyidagi  o‘zgarishlar 
ro‘y beradi:
1)  ijtimoiy  munosabatlar  butun  tizimining  takomillashuvi  va 
turmush  tarzining  o ‘zgarishi  -   ixtiloflami  tartibga  soluvchi  hamda 
ijtimoiy  muammolami  hal  etuvchi  yangi  tartib  va  mexanizmlaming 
paydo bo‘lishi;
2) alohida individlaming ongliligi va mustaqilligining oshishi;
3)  iqtisodiyot  sohasida  — tovar-pul  munosabatlarining  eng  yuqori 
darajada  yoyilishi,  yangi  ilg‘or  texnologiyalaming  paydo  bo‘lishi, 
boshqaruvchilar  va  yollanma  xodimlaming  kasbiy  ixtisoslashuvining 
yuqori darajasiga yetishi;
4)  ijtimoiy  munosabatlaming  o ‘zgarishi  -   immobil  tabaqalashgan 
jamiyatdan  dinamik,  yuqori  ijtimoiy  harakatchanlik  va  ijtimoiy 
raqobatga asoslangan jamiyatga o ‘tilishi.
Modemizatsiya  jarayonining  tavsiflari  qatorida  shuningdek,  uning 
quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin:
338


1)  uning  majmuaviyligi,  ya’ni jamiyat  hayotining  barcha  sohalarini 
qamrab olishi;
2)  uning  tizimiyligi,  ya’ni jamiyat  hayoti  har qanday  tarkibiy  qismi 
yoki  yaxlit  sohasining  o‘zgarishi  boshqalarining  o‘zgarishiga  olib 
kelishi.  Masalan,  madaniy  va  siyosiy  o ‘zgarishlar  iqtisodiyotdagi 
o‘zgarishlarga olib keladi va aksincha;
3)  uning  global  tavsifi  -   u  dastlab  bir  necha  ilg‘or  mamlakatlarda 
boshlanib, keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;
4)  uning  davomiylik  tavsifi  -   modemizatsiya  qisqa  davrda  ro‘y 
bermaydi,  balki  u bosqichlarga bo‘linadi  (islohotlami  amalga oshiruvchi 
yetakchi  guruhning  paydo  bo‘lishi,  o‘zgarishlami  ilgari  surish,  ular 
natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi);
5)  tabaqalashganlik  tavsifi  -   modemizatsiya  turli  mamlakatlarda 
turlicha  ro‘y  berib,  u  yoki  bu  holda  milliy  madaniyat  va  axloq 
an’analariga  tayanadi  (masalan,  «yapon  iqtisodiy  mo'jizasi»),  G‘arb  va 
Yevropa  qadriyatlari  foydasiga  ulardan  to‘liq  voz  kechishni  taqozo 
etmaydi.  Ba’zi  manbalarda  modemizatsiyaning  alohida  jihatlariga 
e’tibor qaratiladi.
Siyosatshunoslar  S.Vebra  va  L.Pay  siyosiy 
modemizatsiya 
jarayonining  quyidagi  asosiy  belgi  va  tarkibiy  qismlarini  ajratib 
ko‘rsatadilar:
1)  siyosiy  tizim  institutlarining  tarkibiy  tuzilishi  jihatidan 
tabaqalashuvi  ya’ni  qat’iy  ravishda  belgilangan  vazifalami  bajaruvchi 
hamda  o‘zaro  bog‘liq  va  o‘zaro  ta’sir  ko‘rsatuvchi  yangi  siyosiy 
institutlaming  qaror  topib  borishi  (masalan,  ijro  hokimiyati  tarkibida 
yangi yo‘nalishdagi vazirlik va idoralaming tashkil etilishi);
2)  siyosiy  tizimning  safarbarlik  qobiliyatlari,  ya’ni  uning  turli- 
tuman (siyosiy,  iqtisodiy,  axborot,  demografik)  resurslami  safarbar etish 
qobiliyatlarini  oshirish  hamda  ulami  taraqqiyotning yangi  maqsadlariga 
erishish tomon yo‘naltirish;
339


3)  siyosiy  tizimning  inqirozli  holatlarda  yashovchanligi  hamda 
kommunikatsiya, 
sotsializatsiya 
va 
mobilizatsiyaning 
yangi 
vositalaridan 
foydalanish 
hisobiga 
inqirozlami 
bartaraf 
etish 
qobiliyatlarini oshirish;
4)  siyosiy  tenglik  tomon  sezilarli  darajada  harakat  qilish,  ya’ni 
fuqarolaming  siyosatda  ishtirok  etishidagi  barcha  (iqtisodiy,  ma’muriy, 
milliy va h.k.) cheklovlami sekin-asta tugatib borish.
Umuman  olganda,  modemizatsiya  juda  keng  tushuncha  bo‘lib, 
bugungi  kunda  uni  jamiyat  hayotining  turli  jabhalarini  tubdan 
o'zgartirish,  yangilash,  bu  borada  taraqqiyotni  jahondagi  mavjud 
ilg‘or 
andozalar 
tomon 
yo‘naltirish 
va 
takomillashtirish 
jarayonlarining majmuvi sifatida ifodalash  mumkin.
Zero,  bu  holat  mamlakatimizning  Birinchi  Prezidenti  I.A.  Karimov 
tomonidan  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  2005-yil  28- 
yanvardagi 
qo‘shma 
majlisidagi 
ma’ruzasida 
mamlakatni 
modernizatsiyalash  va  isloh  etishning  ustuvor  yo‘nalishlari  hamda 
mazkur  yo‘nalishlar  doirasida  amalga  oshirilishi  lozim  bo'lgan  dolzarb 
vazifalar orqali yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan:
1.  Davlat qurilishi va  boshqaruvi sohasida:
-  mamlakatda  ijro  hokimiyati  rolini  oshirish,  ayni  paytda  uning 
vakolatlari va huquqlarini kengaytirish orqali hukumatning mas’uliyatini 
yanada oshirish;
-  mamlakatning  Oliy  qonunchilik  organi -   ikki  palatali  Parlamentni 
shakllantirish;
-  hokimiyatning  asosiy  bo‘g‘ini  va  davlat  tayanchi  bo‘lgan  o ‘zini- 
o‘zi  boshqarish  organlari  -   mahalla,  mahalla  qo‘mitalari  va  qishloq 
fuqarolik  yig‘inlariga  keng  imkoniyatlar  berish  orqali  ulaming 
vakolatlarini  oshirish va faoliyati  hamda rolini  amalda kuchaytirish;
-  mamlakat  istiqboli  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  hamda  davlat 
ahamiyatiga  doir  muhim  qarorlar  qabul  qilishda  ayni  paytda  faoliyat
340


ko‘rsatayotgan  siyosiy  partiyalar  va  fuqarolik  institutlarining  roli, 
ishtiroki  hamda ta’sirini tubdan kuchaytirish va boshqalar.
2. Sud-huquq tizimi islohoti sohasida:
-  sud-huquq  tizimini  isloh  qilish  va  liberallashtirishni  davom 
ettirgan  holda  uning  faoliyatini  demokratik  tamoyillar  asosida  yanada 
takomillashtirib borish;
-  prokuratura  tizimining  ayrim  huquq  va  vakolatlarini  sudlarga 
o‘tkazilishini ta’minlash va boshqalar.
3. Ommaviy axborot vositalari rolini oshirish  borasida:
- ommaviy axborot vositalari tizimini yanada rivojlantirish;
-  matbuot,  radio-televideniye  faoliyatini  yanada  liberallashtirish, 
ulaming mustaqil faoliyat yuritishlari  va erkinligini amalda ta’minlash;
-  ommaviy  axborot  vositalarining  nodavlat  shakllari  yaxlit  tizimini 
yaratish,  ulaming  iqtisodiy  mustaqilligini  ta’minlashga  hamda  tezkor 
axborotlami olish va xalqqa yetkazish masalalarida erkinlikni oshirish;
-  jamiyatda  ommaviy  axborot  vositalarini  erkinlashtirish  orqali 
fuqarolar  sog‘lom  fikrlari  va  g‘oyalarini  ayta  oladigan  «erkin  so‘z», 
«erkin fikr» minbariga aylantirishga erishish va boshqalar.
4. Tashqi siyosat sohasida:
- mintaqada tinchlik va barqarorlikni  saqlash;
-  global  muammolardan  biriga  aylangan  xalqaro  terrorizmga  qarshi 
kurashishni yanada kuchaytirish;
-  diniy  ekstremizm  va  narkoagressiyaga  qarshi  keskin  kurash  olib 
borish;
-  boshqa  mamlakatlar bilan tashqi  integratsiya jarayonlarini  yanada 
rivojlantirish;
-  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  umumiy  bozorni  shakllantirishga 
alohida ahamiyat berish;
-  jahonning  yirik,  nufuzli  xalqaro  moliya  va  iqtisodiy  tuzilmalari 
hamda tashkilotlari  bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish va boshqalar.
5.  Iqtisodiyot sohasida:
341


-  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  bozor  islohotlarini  yanada 
chuqurlashtirish;
- iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish;
- bozor iqtisodiyoti  sharoitida hozirgacha o ‘tmishdan meros  sifatida 
saqlanib  qolayotgan  ma’muriy-taqsimot  tizimi  mezonlaridan  butunlay 
voz kechish;
- xususiy sektoming yanada jadal  rivojlantirilishini ta’minlash;
- davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini 
yanada ko‘proq cheklash;
- kichik biznes va fermerlikni rivojlantirishga e ’tibomi qaratish;
-  xususiy  tadbirkorlik  va  kichik  biznes  bilan  shug‘ullanuvchilar 
faoliyat  ko‘rsatishlari  uchun  keng  imkoniyatlar  yaratish  hamda  ulami 
rag‘batlantirib borishni tashkil etish;
- soliq tizimini yanada takomillashtirish;
-  soliqqa tortish borasida qo‘shimcha  imtiyozlar va pereferensiyalar 
berilishini ta’minlash va boshqalar.
Yuqoridagilardan 
ko‘rinadiki, 
modemizatsiyalash 
jarayonlari 
mamlakatimiz  hayotining  deyarli  barcha  jabhalarini  qamrab  oladi. 
Ayniqsa,  mazkur  yo‘nalishlar  orasida  iqtisodiyotni  modemizatsiyalash 
muhim  o ‘rin  tutadi.  Zero,  milliy  iqtisodiyotning  barqaror  va  samarali 
amal  qilishini  ta’minlash,  uni  jahonning  rivojlangan  mamlakatlari 
taraqqiyoti  darajasiga olib chiqish, turli  siyosiy va iqtisodiy o ‘zgarishlar, 
jahon bozori konyunkturasidagi tebranishlar,  inqiroz holatlariga nisbatan 
«chidamliligi»,  mustaqil rivojlana olish imkoniyat va salohiyatlari aynan 
iqtisodiyotdagi  tub  islohotlar  va  ulaming  natijalariga  bog'liq.  Biroq  shu 
bilan  birga  iqtisodiyotni  modemizatsiyalash  ijtimoiy  hayotning  boshqa 
sohalaridagi  o‘zgarishlarga  chambarchas  bog‘liq.  Ya’ni  barcha  soha  va 
jabhalar o ‘rtasida jadal  isloh etish va modemizatsiyalash jarayonlarining 
amalga  oshirilishida  izchillik  va  mantiqiy  muvozanatni  ta’minlashga 
harakat  qilish  lozim.  Shu  o‘rinda  modemizatsiyalash  jarayonining 
jamiyat har bir a’zosining ongliligi  va mustaqilligini oshirishdagi o‘miga
342


alohida  e’tibor  qaratish  lozim.  Chunki  iqtisodiyot  hamda  mamlakat 
hayotining  boshqa  sohalarini  modernizatsiyalash  eng  avvalo,  ushbu 
jarayonlarda  ishtirok  etuvchi,  ulami  amalga  oshiruvchi  va  doimiy 
ravishda  takomillashtirib  boruvchi  jamiyat  a’zolari  dunyoqarashi, 
tafakkurining 
o ‘zgarishi, 
ulaming 
demokratik 
va 
tub 
islohot 
jarayonlaridagi faolligi oshishiga bevosita bog‘liq.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish