1 3 .2 . K e y n s c h ila r v a n e o k e y n s c h ila r
J.M.Keyns g‘oyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va
uch oqimga ajraldi, bu oqimlar keynschilik, deb ataladi.
Keyns ta’limoti ayniqsa, AQShda katta shuhrat qozondi. Garvard
universiteti
professorlari
E.Xansen
(1887-1975),
S.Harris,
J.M.Klarklaming asarlarida bu g ‘oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi
keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik, deb ataldi. Keyns
qoidalari asosan toMiq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan
stagnatsiya nazariyasi bilan toMdirildi.
Xansenning fikricha kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-
qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi
tufaylidir. Davlat xarajatlarini o ‘stirish uchun soliqlami oshirish taklif
etiladi, ulaming fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini
soliq sifatida olish, shuningdek «me’yordagi inflyatsiya» ham taklif
etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiyasini
toMdirdilar. Multiplikatorlar ta’siri keyingi davrlarda ham boMadi, ya’ni
uni uzluksiz jarayon, deb qaradilar.
240
Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o'sishni
tushuntirishga
harakat
qiladilar.
Ular
multiplikator
prinsipini
akseleratsiya prinsipi bilan to‘ldirdilar. Bu prinsipga ko‘ra aniq
sharoitlarda daromadlar o ‘sishi investitsiyalar o‘sishiga olib kelishini
ko‘rsatuvchi koeffitsiyntga tengdir. Multiplikator prinsipiga ko‘ra
investitsiyaning qanday ishlatilishi unchalik ahamiyatga ega emas, u ish
bilan bandlikni ta’minlab, daromadni oshirishi kerak. Yangi keynschilar
esa
investitsiyaning
qanday
ishlatilishiga
katta e’tibor
berib,
industrlashgan
investitsiya
tushunchasini
kiritdilar.
Akselerator
investitsiya o‘sishining daromad o ‘sishiga, ya’ni investitsiyadan keyingi
va undan oldingi daromadlaming farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Yangi prinsipning mohiyati shundaki, ba’zi bir asbob-uskuna,
mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan uzoq vaqt talab
etiladi, shu muddatni kutish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni
kengaytirishga psixologik (ruhiy) ta’sir etadi, bu esa real talabdan ortiq
bo‘ladi va investitsiyaga talab ham ortadi.
Multiplikator va akselerator g‘oyalariga asoslangan holda davlat
kapital qo'yilmalari asosida iqtisodiyotning uzluksiz o‘sish sxemasi
ishlab chiqildi. Kapitalistik iqtisodiyotda davlat byudjeti tartibga
solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiyot o‘sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi.
Davlat to‘lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o ‘sish davrida
kamayadi. Shu yo‘l bilan Xansenning fikricha samarali talab hajmi
me’yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo‘yilmalarini tartibga solish va
davlat xarajatlarini sharoitga qarab o‘zgartirish chegaralari ham
belgilanadi. 0 ‘sish davrida davlat xarajatlarini cheklash, inqirozlar
davrida uni oshirish va shu yo‘l bilan xususiy xarajatlami
kompensatsiyalash taklif etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni
konyunkturani me’yorlashning eng yaxshi vositasi deb qaraladi
(AQShda harbiy xarajatlar doim yuqori bo‘lishiga e’tibor bering).
241
Fransiyadagi keynschilik xususiyatlarL XX asming 40-yillari
Keyns g‘oyalari Fransiyada ham shuhrat qozondi. Keyns g‘oyalarini
to‘laligicha (G.Ardan, P.Mendes-Frans) qabul qilganlar ham boMdi.
Ba’zilari (F.Perru) ssuda foizini tartibga solishni samarasiz, deb
hisobladilar, bundan ko‘ra iqtisodiyotni rejalashtirish taklif etildi. Bunda
davlat yo‘li bilan tartibga solishni monopolistik kapitalning xususiy
manfaatlariga moslashtirish kerak, deyiladi. Fransuz olimlari imperativ
va indikativ rejalashtirishni ajratishadi. Imperativ rejalar direktiv
xarakterga ega (sotsialistik rejalashtirish). Indikativ rejalashtirishda reja
markazi asosiy maqsadlami belgilaydi va turli uslublar bilan
tadbirkorlami ma’lum xatti-harakatlarga yo‘naltiradi. Ular faqat davlat
sektoridagi korxonalar uchun zaruriy hisoblanadi (Hindiston, Malayziya
va boshqa bir qancha kapitalistik mamlakatlarda shu usul qoMlaniladi).
Hozirda
uzoq
muddatli
prognozlar
va
rejalar
tuzish
keng
qo‘llanilmoqda.
Keyns uslubi kapitalizmdagi iqtisodiy inqirozlaming oldini olishga
qaratilgan edi, ammo II Jahon urushidan keyin AQSh va boshqa
mamlakatlarda bu inqirozlar davom etmoqda. 1948-1949, 1953-1954,
1957-5198, 1960-1961, 1967, 1969-1971, 1974-1975 va 1981-1982-
yillardagi hamda boshqa inqirozlar bu fikrimizning dalilidir.
Bular Keyns ta’limotini tanqid qilish uchun asos bo‘ldi. Masalan,
S.Harrisning fikricha Keyns barcha qiyinchiliklami hisobga ola
olmagan, masalan, to‘la bandlikka erishish haqida gap boradi-yu,
qanday qilib uni doimo ta’minlash haqida taklif yo‘q, inflyatsiyaning
eng katta darajasi noaniq, davlat qarzlarining chegarasi ham berilmagan.
Keyinchalik yangi keynschilik o ‘miga postkeynschilik vujudga
keldi. Ingliz iqtisodchilari J.Robinson, N.Kaldor, P.Sraffa, amerikalik
olimlar A.Egner, S.Vayntraub mana shu postkeynschilar guruhiga
kiradilar. Ular kapitalistik tizimning ichki turg‘unligi konsepsiyasini
tanqid qiladilar, Keyns bo‘yicha go‘yoki, asosiy g ‘oya kapitalistik
iqtisodiyotning noturg‘uniigi boMgan. Yangi keynschilik g‘oyalari ham
242
tanqid ostiga olinar ekan, agar boshqa olimlar Keyns g‘oyalarini statik,
ya’ni turg‘un deb qarasalar, ular bu ta’limotni dinamik, ya’ni
harakatchan nazariya, deb qaraydilar.
Postkeynschilaming avvalgi davrda paydo bo‘lgan «yuqori naf»,
«ishlab chiqarish omillarining eng yuqori unumi» nazariyalarini tanqid
qilishi xarakterlidir. Ular o ‘z g ‘oyalarini D.Rikardoning qiymat
qonuniga asoslanib ilgari suradilar. Ularga polshalik iqtisodchi
M.Kaletskiyning taqsimot konsepsiyasi qo‘l keldi. Investitsiyalar o‘sishi
bilan ayrim sinflar iste’molining hissalari o‘rtasidagi bog‘lanish
qonuniyati qarab chiqiladi. Postkeynschilar o ‘z tadqiqotlariga ijtimoiy-
iqtisodiy institutlar, masalan, kasaba uyushmalari rolini ham kiritadilar.
Bu ta’limotda o ‘sish va taqsimot muammolari markaziy o ‘rinni
egallaydi. Ishlab chiqarishda o‘sish sur’atlari milliy daromadning
taqsimotiga bogiiq, daromad va uning o‘sishi esa jam g‘armaga,
umumiy jamg‘arma esa ish haqi va foydadan jam g‘arilgan jami
summaga bogiiq. «Jamg‘arishga moyillik» har kimda har xil boigani
sababli taqsimotdagi o‘zgarishlar jamg‘armaning umumiy summasiga
ta’sir etadi. Demak, milliy daromadni taqsimlash uning o‘sishiga ta’sir
qiladi. Undan tashqari milliy daromadni taqsimlash kapital jam g‘arilishi
funksiyasi hisoblanadi. Kapitalning jam g‘arilish sur’ati foyda normasini
belgilaydi va demak, milliy daromaddagi foyda normasini aniqlaydi. Ish
haqi hissasi qoldiq miqdor sifatida qaraladi, ammo ishchilar kurashi bu
nisbatga ma’lum o‘zgartirish
kiritishi
mumkin.
Bu yo‘nalish
tarafdorlarining fikri real haqiqatga ancha yaqin g‘oyalar hisoblanadi.
Postkeynschilar iqtisodiy siyosatlarda kapitalistik iqtisodiyotni
tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish tarafdorlari edilar.
Ko‘pchilik «daromadlar siyosati»ni oqlaydi, chunki bu y o i bilan
inflyatsiyaga qarshi kurashish mumkin.
Keyns g‘oyalarini neoklassik yo‘nalish bilan yaqinlashtirishga
intiluvchilar ko‘p boigan. Ular orasida A.Piguning xizmatlari katta.
Uning fikricha inqirozlaming asosiy sababi bu ish haqining kam
243
egiluvchanligidir. Bandlik to ‘la bo‘lmagan holda makroitisodiy
muvozanat faqat ish haqi va baholaming elastik (qayishqoq) bo‘lmagan
holatida mumkin, deb qaraladi.
Hozirgi
davr
keynschiligida
ikkita
tendensiya
hukmron
hisoblanadi: 1) AQSHning bir qator iqtisodchilari nomi bilan bog‘liq
amerika keynschilari va 2) avvalo, Fransuz tadqiqotchilari nomi bilan
bog‘liq Yevropa keynschilari.
Do'stlaringiz bilan baham: |