I ll BO‘LIM. KLASSIK MAKTABGA MUQOBIL
TA’LIMOTLAR
IX BOB. KLASSIK IQTISODIY MAKTABGA MUQOBIL
G‘OYALARNING MOHIYATI
T .M a ltu sn in g iq t is o d iy q a ra sh la ri
Marksistik
iqtisodiy
fanda
«marksist»
bo‘lmagan mualliflami sharmanda qilish «an’anasi»
mavjud edi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga
uchragan g ‘oya bu ingliz olimi Tomas Robert Maltus
g ‘oyalari bo‘lsa kerak. Uni nimalar deb atashmadi:
kapitalizm himoyachisi (apologeti), odamlaming
dushmani, fashizm ideologi. Eng qiziqarli joyi
shundaki, T.Maltus nafaqat turli toifadagi sotsialistlaming, balki
ulaming asosiy muxolifatlari bo‘lgan erkin bozor va xususiy
tadbirkorlikning mutlaq ustunliklariga ishongan liberallaming ham
g ‘azabini qo‘zg‘atgan. Nega T.Maltusni shunchalik yomon ko‘rishgan?
Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga
ishonmaganligi uchun. Axir sotsialistlar ham, liberallar ham «baxtli
kelajakka» ishonishgan. Birinchisi, xo‘jalik jarayonlarini ongli ravishda
ijtimoiy tartibga solish tufayli umumiy farovonlikka erishishga umid
qilgan bo‘lsalar, ikkinchisi, turmush darajasini oshirish bozor
mexanizmining amal qilishi va xususiy manfaatdorlik kuchi bilan
ta’minlanishiga ishongan. Unisiga ham, bunisiga ham pessimizm yot
bo‘lgan.
Ingliz iqtisodchisi
Tomas Robert Maltus (1766-1834)
dvoryan
oilasida tug‘ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq
ruhoniysi, 1807-yildan esa siyosiy iqtisod professori bo‘ldi. Uning
asosiy asarlari
«Nufus qonuni to‘g‘risida tajriba» (1798), «Yer
146
rentasining tabiati va o‘sishi to‘g‘risida tadqiqot» (1815), «Siyosiy
iqtisodning prinsiplari» (1820)
hisoblanadi.
«Nufus qonuni». T.Maltus resurslaming cheklanganligi va
ehtiyojlaming cheksizligi sharoitida aholi ehtiyojlarini qondirish
muammosiga o ‘ziga xos tarzda yondashdi. U o ‘zining “Nufus qonuni
to‘g‘risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko‘payib boradi, oziq-
ovqat mahsulotlarining o ‘sishi esa, ancha orqada qolib ketadi, deb
ishontirishga uringan. T.Maltus aholining ko‘payishini cheklovchi
muayyan chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, insoniyat ocharchilikka duch
keladi, deb xulosa qiladi va bunday vaziyatdan chiqishning ikki yo‘lini
taklif etadi:
birinchisi
- epidemiyalar, urushlar, kasalliklar natijasida
aholining kamayishi, bunda tabiatning o‘zi kishilar bilan ulaming
yashash vositalari o‘rtasida me’yorli nisbatning o‘matilishiga qisman
yordam beradi,
ikkinchi yo‘l
- nikohdan voz kechish yoki kech turmush
qurish, tug‘ilishni kamaytirish.
Maltusning A holi Nazariyasi (Nufus qonuni)
Rikardo taklif qilgan iqtisodiy tamoyillarga amal qilinayotgan bir
paytda iqtisodchilar uchun aholining ko‘payishi muammosi dolzarb
hisoblanar edi, ular aholi sonining oshib ketishining dahshatli
natijalaridan qutilish uchun Maltusning nazariyasida keltirilgan oilalarda
homiladorlikdan saqlanish vositalaridan foydalanishni taklif qila
boshladilar.
Bu
xulosalar
aholining
homiladorlikdan
saqlanish
vositalariga nisbatan cherkov va keng ommaning doimo kuchli qarshiligi
sababli nozik iboralar bilan taklif qilingan. Makkuloxdan tashqari o‘sha
davrdagi yetakchi
iqtisodchilarining ko‘pchiligi homiladorlikdan
saqlanishning turli vostilaridan foydalanish tarafdorlari bo‘lishgan, lekin
ular o ‘z fikrlarini ommaga yetkazishda juda ehtiyotkor bo‘lishgan.
Rikardoning tahliliy tizimida Maltusning aholi borasidagi g ‘oyasi
muhim element hisoblanadi. Rikardo iqtisodning asosiy maqsadi
daromadning taqsimlanishini belgilovchi omillami izohlashi kerak,
degan fikrga ega bo‘lgan va u ayniqsa uzoq vaqt oralig‘ida daromadning
taqsimlanishiga ta’sir eta oluvchi kuchlarga qiziqish bildirgan. U bu
muammoni daromad taqsimlanishi qoldiq qiymati nazariyasi bilan hal
147
qilishga harakat qilgan. Yer uchun to‘lanadigan renta miqdori ijara
haqini belgilab beradi: daromadning qolgan qismi ish haqi va foydani
tashkil etadi. Bu vaziyatda Maltusnning “Nufus qonuni”dagi g‘oyalari
asosiy rol o‘ynaydi. Uzoq davom etadigan vaqt mobaynida ish haqi
darajasi
Maltus
ta’limotiga
ko‘ra
aholining
yashash
darajasi
minimumiga teng bo‘ladi va qolgan daromad ijara haqi va foydaga
bo‘linadi. Shunday qilib, Rikardoning taqsimot nazariyasi Maltusning
aholi nazariyasiga butunlay bog‘liqdir. 1830-yilning ikkinchi yarmiga
kelib, Rikardoning iqtisodiy ta’limotlarini rad etuvchi ko‘plab g ‘oyalar
ilgari surildi. Bu g‘oyalar o‘sha vaqtlarda Rikardo ta’limotining asosiy
g ‘oyasi bo‘lmish uzoq muddatga mo‘ljallangan davrda daromadlar
taqsimotidagi o‘zgarishlami tushuntirishga ojizlik qildi.19
T.Maltusning yozishicha uning kitobi nashrdan chiqqan kungacha
bironta mamlakat o ‘z hududida aholi zichligi juda oshib ketganidan
o ‘zini yetarli hajmda iste’mol mollari bilan ta’minlash imkoniyatiga ega
bo‘lmagan. Eng avvalo, tabiiy muhit imkoniyatlari bilan aniqlanuvchi
iqtisodiyot o‘zining ishlab chiqarish imkoniyatlari doirasidan chetga
chiqishga qodir emas.
T.Maltus o‘z nazariyasini asoslab berishda tuproq unum-
dorligining pasayib borish konsepsiyasidan foydalangan. Agar bitta yer
uchastkasining o‘ziga ustma-ust mehnat sarflansa, u xuddi shunday
nisbatda hosildorlikning o ‘sishiga olib kelmaydi, chunki hosildorlik
faqat mehnatga emas, balki tuproqning tabiiy unumdorligiga ham
bog‘liq bo‘ladi. U berishi mumkin bo‘lgan narsadan ortiqchasini undan
olib bo‘lmaydi. Hisoblab chiqqach, T.Maltus xulosa qiladi: insoniyat
qancha harakat qilmasin, qishloq xo‘jaligidan u oladigan oziq-ovqat
mahsulotlari miqdori faqat arifmetik progressiyada o ‘sadi (eslatib
o‘tamiz, arifmetik progressiyada o‘sish 1,2,3,4,5 ... ko‘rinishda, ya’ni
har bir keyingi son oldingisidan bir xil absolyut miqdorga oshib boradi),
aholining soni esa geometrik progressiyada o ‘sadi va 25 yilda ikki
barobar ko‘payadi (eslatib o ‘tamiz, geometrik progressiyada o ‘sish
19 H istory o f economic thought. H arry Landreth, D avid C. C olander 175-176-b.
148
1,2,4,8,16 ... ko'rinishda, ya’ni har bir keyingi son oldingisidan 2
barobar ko‘p bo‘ladi). Agar yer aholisi asr boshida 1 mlrd. bo‘lsa, asr
oxiriga kelib u 8 mlrd.ni tashkil etadi, yashash vositalari esa to‘rtdan
birga ko‘payadi.
Bu nazariya barcha iqtisodiy ta’limotlar ichida eng qayg‘ulisi, eng
ma’yusi hisoblanadi. T.Maltusdan keyingi davrdagi iqtisodchilar uning
xulosa va prognozlari asossiz ekanligini isbotlab berdilar. Buning uchun
odamlarga tuproq unumdorligini oshirish, T.Maltus tasavvur qila
olmagan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini yaratib
beruvchi fan-texnika yutuqlari asos bo‘ldi. Amerika iqtisodchisi
J.L.Saymonning tasdiqlashicha insonning ijodkorligi va uning mevasi -
texnik
jarayon
planetadagi
aholining
har
qanday
o ‘sishini
kompensatsiyalashi va uning yuqori hayot darajasini ta’minlashi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |