1 8 .2 . 0 ‘t is h d a vri t a v s if i v a u n in g m illiy x u s u s iy a t i
Ma’muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari bozor
munosabatlariga o ‘tish zaruriyatini va iqtisodiyotda tub islohotlar
boshlashni etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan
voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud
vaziyat iqtisodiy islohotlami o‘tkazishga tubdan yangicha yondashuvni
sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlami hamda tajribalami hisobga
olishni eng muhim mamlakatlar salohiyatiga ko‘proq tayanishni taqozo
etdi. Bunday mas’uliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov
tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. Aslini olganda gap bozor
munosabatlariga o‘tishda o‘xshashi boMmagan betakror andozamizni
ishlab chiqish, o ‘z yo‘limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo‘l -
uch tarkibiy qismdan iborat:
ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi
mohiyatining tavsifi;
qat’iy
markazlashtirilgan
ma’muriy-buymqbozlik
tizimidan
xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlariga o‘tishning eng muhim
prinsiplari;
333
iqtisodiy islohotlami amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning
barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashning
aniq yo‘nalishlari.
Keltirilgan tarkibiy qismlar to‘g‘risida respublikamiz ziyolilari,
xususan iqtisodchi olimlar chuqur tadqiqotlami davom ettirib, bir qator
asarlarini chop etishdi. 0 ‘tish davri iqtisodiyotining ko‘pchilik
mamlakatlarga xos boigan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga
quyidagilar kiradi:
mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o ‘tishdagi beqarorlik,
nomutonosiblik va muvozanatsizliklar;
jamiyat
iqtisodiy
rivojlanish
yoilarining
turli-tuman
xarakterdaligi;
mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub
islohotlaming zarurligi;
umumiy o‘tish qonuniyatlari mavjudligidan qat’iy nazar har bir
mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi;
eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlaming
nomuvofiqligi, ba’zi hollarda esa qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega
bo‘lishi;
jamiyat a’zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishning
qiyinchilik bilan ketishi, yangi iqtisodiy munosabatlarga ehtiyotkorlik
bilan yondashishiga qaramay tashabbuskor, izlanuvchan, tadbirkor va
taraqqiyparvar kishilaming tobora ortib borishi va.b.
Tarix tajribasiga ko‘ra madaniylashgan bozor munosabatlariga
o‘tish davrining davomiyligi bozor iqtisodiga o ‘tishning qanday yo‘li,
andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bogiiq boiadi.
0 ‘tish davri ko‘hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni
tashkil etgan boisa, mustamlakachilikdan ozod boigan Osiyo va
boshqa qit’a mamlakatlarida bir necha o‘n yildan iborat boidi. Masalan,
Buyuk Britaniya-200 yil, Fransiya -150 yil, Germaniya va AQSh-50-100
yil.
334
Boshlang‘ich shart-sharoitlarga ko‘ra yondashilgan guruhlash
mezoniga
asosan
tartiblashga
solinadigan
bozor
iqtisodiyoti
mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish
mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Bular:
Uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyotni bosgan rivojlangan
mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot.
An’naviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega)
iqtisodiyot
asosida
shakllanayotgan
madaniylashgan
bozor
munosabatlari.
Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllana
yotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat.
Sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodini vujudga keltirish
bilan qo‘shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning
xitoycha y o ii.
Yuqoridagi yondashuvlar asosidagi tahlillar ko‘rsatishicha bozor
munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va
tekis kechmagan.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining tub maqsadi iqtisodiy
rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan
bog‘lashni ko‘zda tutadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining
batamom shakllanishi uchun zarur bo‘lgan vazifalar nechog‘lik tez hal
etilishi o‘tish davri davomiyligini belgilaydi:
1. Birinchi galdagi asosiy vazifa — mulkdorlar sinfi masalasining
tubdan
hal
etilishi,
boshqacha
aytganda
xususiy
mulkchilik
yetakchiligidagi ko‘p ukladli iqtisodiyotning barpo etilishi.
2. Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish.
3. Keng tarmoqli bozor infratuzilmasini (fond va moliya
muassasalari, tadbirkorlarga xizmat qiluvchi boshqa muassasalami)
rivojlantirish.
335
4. Tashqi iqtisodiy faoliyatda ma’muriy cheklashlar orqali
boshqarishdan iqtisodiy tariflar yo‘li bilan boshqarishga, ya’ni jahonda
qabul qilingan ma’rifiy shakllarga o‘tish.
5. Milliy valyutani erkin muomaladagi valyutaga almashtirish
masalasini hal etish orqali valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish.
6. Xorijiy sarmoyadorlaming 0 ‘zbekiston bozorida faoliyat
ko‘rsatishi
uchun
kafolat
va
imtiyozlar
va rag‘batlantirishni
kuchaytirish.
7. Korxonalaming xo‘jalik favoliyatiga noo‘rin aralashuvning
cheklab qo‘yilishi.
8. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming o‘z faoliyati uchun iqtisodiy
va moliyaviy mas’uliyatning oshirilishi. Bankrotlik instituti ahamiyatini
oshirish.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning milliy xususiyatlari akademiklar
S.S.G‘ulomov,
M.Sharifxo‘jayev,
professorlar
A.O‘lmasov,
N.To‘xliyev, Yo.Abdullayev, Sh.Shodmonov, A.Razzoqov kabilaming
tadqiqotlarida batafsil bayon etilgan.
Biroq bozor iqtisodiyotiga oid tushunchalami bayon etishdagi
yondashuvlarda
ayrim
farqlar
ham
mavjud.
Masalan,
prof.
A.A.Razzoqov bozor munosabatlarining 3 ta shakli mavjudligini qayd
etadi. Bular:
- yovvoyi bozor (dastlabki paytlarda);
- ma’muriy-buyruqbozlik bozori (sobiq SSSR va sotsialistik, deb
atalgan mamlakatlarda);
- boshqariladigan bozor (hozirgi deyarli barcha rivojlangan
yetakchi mamlakatlarda).
Ayni paytda prof. A.O‘lmasov ta’kidlashicha «Tarixan bozor
iqtisodiyotining 2 turi bo‘lgan: yovvoyi va madaniylashgan bozor
iqtisodiyoti».
336
Do'stlaringiz bilan baham: |