Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


XVIII  BOB.  O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASIDAGI



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

XVIII  BOB.  O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASIDAGI 
MA’MURIY-BUYRUQBOZLIK  TIZIMIDAN  BOZOR 
MUNOSABATLARIGA  0 ‘TISH  DAVRI  KONSEPSIYASI
1 8 .1 .  M illiy  iq t is o d iy o t d a   m a ’m u riy -b u y ru q b o z lik
t iz im in in g   o q ib a tla r i  v a   tu b   is lo h o tla r   z a r u r iy a ti
Insoniyat  XXI  asrga  kelib  ma’muriy-buymqbozlik  iqtisodiyotining 
mohiyatini  chuqurroq  anglash  bilan  bir  qatorda,  uning  asoratlariga 
barham  berishga  astoydil  kirishganini  namoyon  etmoqda.  Xususan, 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  uchun  sobiq  mustabid tuzum  merosi  va  sohta 
mafkuraning  oqibatlari  quyidagilarda  o‘z  aksini  topishi  Respublika 
Prezidenti, akademik I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan:
1.  Bir  yoqlama  rivojlangan,  mo‘rt,  zaif  iqtisodiyotga  asoslangan 
markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat.
2.  Boy  mineral  xomashyo  resurslaridan  nazoratsiz  va  ayovsiz 
foydalanishga hamda puxta yakkahokimlikka asoslangan iqtisodiy tizim.
3.  Mahalliy  xomashyolami  qayta  ishlash  quwatlarini  ibtidoiy 
darajadaligi,  ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va bo‘tlovchi 
qismlar,  shuningdek, yoqilg‘i ta’minotida markazga qaramlik.
4.  Eng  muhim  oziq-ovqat  mollari  (un,  shakar,  go‘sht-so‘t 
mahsulotlari)va  boshqa  xalq  iste’moli  mahsulotlarining  chetdan 
keltirilishi.
5.  Paxta  xomashyosi  mahsulotlarining  suvtekinga  tashib  ketilishi, 
oltin,  qimmatbaho  va  rangli  metallar,  strategik  ahamiyatga  ega 
materiallar jahon  bozorida  o ‘ta  xaridorgir  bo‘lgan  boshqa  qimmatbaho 
mahsulotlami  ishlab  chiqarish  va  sotishdan  keladigan  foydaning 
0 ‘zbekiston xazinasiga tushmasligi.
6.  Iqtisodiy o‘sish sur’atlari  samaradorligi  ko‘rsatkichlarining salbiy 
darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi.
329


7.  Xorijiy  mamlakatlar  bilan  bevosita  tashqi  iqtisodiy  aloqalaming 
cheklanganligi.
8.  Qishloq  joylarda  yashirin  ishsizlik,  shahar  va  qishloqdagi 
turmush darajalaridagi  farqning ortib borishi.
9.  0 ‘zbekiston  aholisi  turmush  darajasi  ko‘rsatkichlarining  sobiq 
SSSRdagi eng oxirgi  o ‘rinlardan biriga tushib qolganligi.
10.  Ekologik  muammolaming  keskinlashuvi,  yer-suv  resurslaridan 
ayovsiz  foydalanish,  yerlar  sho‘rlanishining  ortishi,  cho‘l  zonalarining 
kengayishi.
Yuqorida  keltirilgan  xulosalami  isbotlovchi  dalillar  jumlasiga 
quyidagilar kiradi:
1991-yilda  yetishtirilgan  paxta  xomashyosining  bor-yo‘g‘i  3,5%  i 
pirovard iste’mol uchun respublikada qayta ishlangan.
1990-yilda  respublikada  mavjud  korxonalaming  38%  sobiq  ittifoq, 
54%  sobiq  ittifoq-respublika,  bor-yo‘g ‘i  8%  korxonalar  respublika 
mulkchiligi tasarrufida boMgan.
1988-yilda  4349.3  mln.  ga  ekin  maydonlarining  125.3  ming  ga 
maydoni (2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan.
«1930-yilda  respublika  aholisining  70%  ga  yaqinining  jami 
daromadi  tirikchilik  o ‘tkazish  uchun  zarur  boMgan  eng  quyi  darajadan 
ham  past  edi.  Ayni  mahalda  Rossiya  va  Ukrainada  aholining  30  %  ga 
yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi».
Ma’lum  sabablarga  ko‘ra  respublika  hozirgi  xalq  xo‘jaligi  va  aholi 
juda  qattiq  ehtiyoj  sezayotgan  tovarlaming  65%  gacha  boMgan  qismini 
tashqaridan  keltirishga  majbur edi.  YoqilgM,  stanoklar,  asbob-uskunalar, 
yog‘och-taxta  va  yog‘och  materiallari  to‘g ‘risida  gapirmasak  ham 
boMadi. Ular ham chetdan keltirilgan.
Bozorga  o‘tish  zaruriyati  tashqi  va  ichki  omillardan  ham  kelib 
chiqadi.
330


Tashqi omillar:
1. 
Jahon 
hamjamiyatining 
geopolitik 
tarkibida 
ijtimoiy 
dunyoqarashda chuqur sifat o ‘zgarishlarini amalga oshirish.
2. Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlaming kuchayishi.
3.  Yagona xalqaro me’yorlar,  qoidalar va andozalarga o‘tilishi  bilan 
yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlaming shakllanishi.
4.  Sotsialistik,  deb  atalgan  lageming  parchalanishi  va  ma’muriy- 
buyruqbozlik tizimining barham topishi.
5.  Moddiy  turmush  farovonligi  va  iqtisodiy  o ‘sish  sur’atlari 
bo‘yicha  G ‘arbdan  ortda  qolishning  kuchayishi  va  iqtisodiy  tizim 
tanazzuli.
Ichki omillar:
1.  Mustabid  tuzim  qusurlari  va  direktiv  rejalashtirishning  salbiy 
oqibatlari.
2.  Davlat  mulkchiligining  yakkahokimligi  tufayli  mulkning  va 
shaxsning ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi.
3.  Xarajatlami  tejashdan  manfaatdorlikning  yo‘qligi,  pirovardida 
esa, resurslami samarasiz taqsimlanishning kuchayishi.
4.  Mehnat  unumdorligini  oshirishdan  rag‘batlantirishning  pasayishi 
va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi.
5.  Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg‘unlik.
6.  Iqtisodiy  hayotda  mulkning  mutlaq  davlatlashtirilishiga  qarshilik 
munosabati  sifatida pinhoniy iqtisodiyotning kuchayishi.
7.  Ijtimoiy  hayotda  talab  va  taklif  muvozanatini  ta’minlash 
samaradorligining pastligi.
Direktiv  markazlashgan  rejalashtirish  tizimining  hududlar  va 
xo‘jaliklar  talablarini  qondirishda  muvofiqlashtirish  imkoniyatlarining 
cheklanganligi.  Natijada  quyi  bo‘g ‘inlarda  -  xaridor  va  sotuvchi, 
iste’molchi  va  ishlab  chiqaruvchilar  orasidagi  bevosita  bog‘liqlikni 
ta’minlashga ma’muriy rejalashtirishning salbiy ta’siri.


Korxonalararo 
raqobatning 
yo‘qligi 
tufayli 
samaradorlikka 
moyillikning pastligi.
Xomashyo  serxarajatligiga  asoslangan 
investitsion  talabning 
kuchayishi.
Sotsialistik 
xo‘jalik 
yuritishda 
fondlaming 
markazlashgan 
taqsimotiga asoslanganligi  tufayli  ko‘proq  resurslar taqchilligi  namoyon 
bo‘ladi.  Bozor  iqtisodiyotida  esa  sotish  qiyinchiligi  ishlab  chiqarish 
qiyinchiligidan muhimroq hisoblanadi.
Korxonalami pul mablagMari bilan ta ’minlashda yagona davlat bank 
tizimining  faol  ishtirok  eta  olmasligi.  Bank  tizimining  pul  mablag‘lari 
oborotidan  manfaatdorlikning  pastligi.  Ayniqsa,  kredit  siyosatining 
mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bogManmaganligi.
Davlat  byudjeti  vakolatining  keng  qamrovliligi  turli  bo‘g‘indagi 
xo‘jaliklar daromadiga bog‘liq  bo‘lib,  uning to‘planishi va taqsimlanishi 
to‘liq  markazlashtirilgan.  Korxonalaming  byujdetdan  moliyalashtirilishi 
zahiralardan samarali foydalanishni rag‘batlantirmagan.
Ma’muriy-buyruqbozlik 
tizimining 
eng 
muhim 
ayanchli 
oqibatlaridan  biri  -  mute  shaxs  «sovet  kishisi»  ning  shakllanishi 
hisoblanadi.  Mazkur  shaxs  tafakkuri  mafkuraviy  qarashlar,  g‘oyaviy 
kurashlar,  chalg‘ituvchi  dalillar  tuzog‘iga  asir  qilindi.  Taraqqiyparvar 
insoniyat  erishgan  yutuqlardan  bebahra  qoldi.  Sobiq  tizim  o‘z  iqtisodiy 
g‘oyalarida  ish  kuchining  qayerlardadir  tovar  sifatida  sotilayotganligini 
tanqid  qiladi-yu,  o‘zidagi  inson  resurslariga  e’tibor  faqat  kundalik 
moddiy  ehtiyojlami  arang  qondirish  darajasida  qolib  ketganligini  inkor 
etadi.  Keyinroq,  1999-yilga  kelib,  Birinchi  Prezidentimiz  I.Karimov  bu 
haqda  ta’kidlaganidek:  «Shunday  ulkan  salohiyatga  ega  bo‘lgan 
mamlakatni  kamsitadigan  og‘ir  ahvolga  solib  qo‘yib,  u  qonuniy  haqli 
ravishda o ‘ziga qarashli  boMgan  mablag‘ni  markazdan  dotatsiya sifatida 
so‘rab,  aytish  mumkinki,  yolvorib  olishga  majbur  edi.  Boz  ustiga 
noinsoniy  g‘oya  hukmron  boMgan  mustabid  tizim  o‘zining  bor 
mafkuraviy  kuchini,  ommaviy  axborot  vositalarini,  butun  maorif
332


tizimini  ishga  solib  odamlar  ongini  keng  miqyosda  zaharlar  edi. 
Ulaming  milliy  va  diniy  tuyg‘ularini  qo‘pol  ravishda  kamsitar  edi.  O lz 
ona tilini,  milliy  an’ana  va  madaniyatini,  o ‘z tarixini  bilmaslik,  ko‘plab 
odamlaming  shaxsiy  fojiasiga  aylanib  qolgan  edi.  Milliy  o‘zlikni
anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilardi_
...Biz eski tizim o ‘z o ‘mini osonlikcha bo‘shatib bermasligini,  uning 
zaharli  mafkurasi  odamlar  ongini  tez  va  yengil  o‘z  ta’siri  iskanjasidan 
chiqarmasligini  yetarli  darajada  tassavvur  qilishimiz  va  hisobga 
olishimiz  zarur  edi».  Yuqoridagilami  va  boshqalami  hisobga  olgan 
holda 
0 ‘zbekiston 
mustaqillik 
davrida 
ma’muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga o ‘tishni zamr,  deb topdi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish