Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 7 .2 .  0 ‘t is h   d a v r in in g   a s o s iy  x u s u s iy a tla r i  v a



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 7 .2 .  0 ‘t is h   d a v r in in g   a s o s iy  x u s u s iy a tla r i  v a  
q o n u n iy a tla r i
Jahon  tajribasida  bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tishning  barcha  yoilari 
umumlashtirilib,  quyidagi to‘rtta asosiy turga bo‘linadi:
1) rivojlangan mamlakatlar yo‘li;
2) rivoj lanayotgan mamlakatlar yo‘li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li;
4)  sotsializm  g ‘oyalarini  samarali  bozor  iqtisodiyotini  vujudga 
keltirish mexanizmi bilan qo‘shib olib borish y o ii.
Bu  y o ilar  turli-tuman  va  har  xil  boiishiga  qaramay  ularda 
umumiylik  mavjud.  Ulaming  umumiyligi  shundaki,  bu  yoilam ing 
hammasi  bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tishni  maqsad  qilib  qo‘yadi  va  mazkur 
iqtisodiyotning  qonun-qoidalari,  amal  qilish  mexanizmi  ko‘p  jihatdan 
umumiy  boiadi.  Shu  bilan  birga  har  bir  yoining  o‘ziga  xos 
xususiyatlari  ham  bor,  bu  esa  bozor  munosabatlarini  shakllantirishning 
ijtimoiy-iqtisodiy,  tarixiy,  milliy  sharoitlari  har  xil  boiishidan  kelib 
chiqadi.  Masalan,  bozor  munosabatlariga  o‘tishning  rivojlangan 
mamlakatlar y o iid a oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan 
klassik  yoki  erkin  bozor  iqtisodiyotiga  va  undan  hozirgi  zamon  bozor 
iqtisodiyotiga oiiladi.
Jahon  tajribasi  ko‘rsatishicha  bozor  iqtisodiyotiga 
revolyutsion 
yo‘l 
bilan,  ya’ni  bosqichma-bosqich  o‘tish  mumkin.  Birinchi  holda,  tub 
islohotlami  o‘tkazish,  avvalgi  tizimni  va  tarkib  topgan  iqtisodiy 
munosabatlami  birdaniga va batamom  sindirish talab etilib, «karaxt qilib 
davolash»  usuli  («shokovaya  terapiya»),  deb  ataladi.  Eski  iqtisodiy 
munosabatlami 
bosqichma-bosqich  yangi 
bozor  munosabatlariga 
aylantira borib,  samarali  bozor iqtisodiyotini  shikastsiz vujudga keltirish
320


mumkin.  Islohotlar tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  evolyutsion yo‘l kamroq 
ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga  solinadigan  bozor  iqtisodiyotiga  o ‘tish  yo‘llarigina  emas, 
balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor 
iqtisodiyoti 
vujudga 
keltirilayotgan 
va 
amal 
qilib 
turgan 
mamlakatlaming milliy xususiyatlari  va an’analari bilan farq qiladi.  Shu 
bois  bozor  iqtisodiyotining  ma’lum  andozalari  ulami  amalga oshiruvchi 
muayyan 
mamlakatga  mansubligiga 
qarab 
ajratiladi. 
Masalan, 
Germaniya,  Janubiy  Koreya,  Turkiya,  Argentina,  Polsha  andozalari  va 
hokazo.
Ma’muriy-buyruqbozlik  iqtisodiyotidan  hozirgi  zamon  bozor 
iqtisodiyotiga  o‘tishning  zarurligi  iqtisodiy  o‘sish  ekstensiv  omillaridan 
foydalanish 
imkoniyatlarining 
tugab 
borishi 
bilan 
notovar 
iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi. 
M a’muriy-buyruqbozlik tizimining ikkita muhim kamchiligi mavjud:
1)  uning  moslashuvchan  emasligi,  ro‘y  berayotgan  o‘zgarishlarga 
juda sekinlik bilan moslashib borishi;
2)  xo‘jalik  yuritish  tashabbuskorligini  «yo‘qotib  yuborish» 
oqibatida samaradorlikning о 4a darajada pasayib ketganligi.
Ma’muriy-buymqbozlik  iqtisodiyotidan  bozor  iqtisodiyotiga o‘tish 
ko‘plab  mamlakatlarda  umumiy  tendensiyaga  ega.  Bu  jarayon 
iqtisodiyotni 
erkinlashtirish, 
chuqur 
institutional 
(eng 
avvalo, 
mulkchilik  munosabatlarida)  o ‘zgarishlami  o‘z  ichiga  oladi,  biroq  bir 
vaqtning  o ‘zida  moliyaviy  barqarorlashtirish  chora-tadbirlarini  amalga 
oshirilishini  taqozo  etadi.  Ma’muriy-buymqbozlik  tizimini  o‘zgartirish 
mazkur  tizim  asosining  o‘zgarishini  hamda  uni  sifat  jihatidan  farq 
qiluvchi  bozor  tizimiga  almashtirilishini  anglatar  ekan,  bunday  turdagi 
o ‘zgarishlami 
tizimiy islohotlar, 
deb atash maqsadga muvofiq boladi.
0 ‘tish  davrida  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirishning  asosiy 
yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
321


1.  Iqtisodiyotni  erkinlashtirish.  Erkinlashtirish  bu  xo‘jalik 
hayotining 
barcha 
sohalaridagi 
to‘siq 
hamda 
cheklovlarni, 
shuningdek,  davlat  nazoratini  keskin  ravishda  qisqartirish  yoki 
bekor  qilishga  yo‘naltirilgan  chora-tadbirlar  tizimidan  iborat.  U
butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilami o‘z ichiga oladi:
-xo‘jalik  faoliyatini  amalga  oshirishda  davlat  monopoliyasini  bekor 
qilish;
-resurslaming markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
-narxlaming  asosan,  talab  va  taklif  nisbati  asosida  shakllantirilishiga 
o‘tish;
-ichki  va tashqi  bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini 
pasaytirish.
2.  Iqtisodiyotni  monopoliyadan  chiqarish  va  raqobat  muhitini 
yaratish. 
Bu  yo‘nalish  quyidagi  jarayonlaming  amalga  oshirilishini 
taqozo etadi:
-barcha  iqtisodiy  agentlaming  ish  faolligi  uchun  teng  imkoniyat  va 
sharoitlar yaratilishi;
-bozorga xorijiy raqobatchilaming ham kirishi uchun imkon berilishi; 
-kichik  biznesning  rivojlanishiga  xalaqit  bemvchi  ma’muriy  to‘siqlami 
olib  tashlash,  imtiyozli  kreditlar  berish  orqali  qo‘llab-quvvatlash  va 
tarmoqqa kirishidagi to‘siqlami pasaytirish;
-tabiiy  monopoliyalaming  narx  va  mahsulot  sotish  siyosatini  tartibga 
solish va boshqalar.
3.  Institutsional  o‘zgarishlar. 
Mazkur  o ‘zgarishlar  quyidagi 
sohalami qamrab oladi:
-mulkchilik  munosabatlarini  o‘zgartirish,  jumladan,  xususiy  sektomi 
yaratish;
-bozor  infratuzilmasini  (tijorat  banklari,  tovar  va  fond  birjalari, 
investitsiya fondlari va h.k.) shakllantirish;
-iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  yangi  tizimini 
yaratish;
322


-bozor  sharoitlariga  mos  tushuvchi  xo‘jalik  qonunchiligini  qabul  qilish 
va boshqalar.
4.  Tarkibiy o‘zgarishlar. 
Tarkibiy  o‘zgarishlar birinchi  navbatda, 
iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan 
nomutanosibliklami  yumshatish  yoki  bartaraf  etishga  yo‘naltirilgan. 
Iqtisodiyot tarkibiy  tuzilishini  qayta  qurishdan  asosiy  maqsad -ichki  va 
tashqi  bozorlarda to‘lovga qodir talabga  ega  bo‘lgan  mahsulotlar  ishlab 
chiqarilishini rivojlantirishdan  iborat.
5.  Makroiqtisodiy,  asosan,  moliyaviy  barqarorlashtirish. 
Aslini 
olganda bu jarayon tizimiy  islohotlar qatoriga kirmaydi,  chunki  u bozor 
iqtisodiyoti  barqaror  amal  qilayotgan  mamlakatlarda  ham  tez-tez 
o ‘tkazib  turiladi.  Bu  yo‘nalishning  muhim  ahamiyati  shundan  kelib 
chiqadiki,  ma’muriy-buyruqbozlik  tizimining  inqirozi  eng  avvalo  va 
kuchli  ravishda  moliyaviy  sohada,  ayniqsa,  yuqori  inflyatsiya  shaklida 
namoyon  boMadi.  Inflyatsiyaning  uzoq  vaqt  mavjud  bo‘lishi  bozor 
munosabatlarining  me’yorda  qaror  topishiga  to‘sqinlik  qiladi,  shuning 
uchun  uni  bartaraf  etish  o‘tish  davri  iqtisodiyoti  uchun  o‘ta  muhim 
hisoblanadi.  Makroiqtisodiy  barqarorlashtirish  chora-tadbirlari  tizimiga 
pul  emissiyasini  cheklash,  davlat  byudjeti  taqchilligini  qisqartirish, 
ijobiy foiz stavkasini ta’minlash va boshqalar kiradi.
6
.  Aholini  ijtimoiy  himoyalashning  bozor  xo‘ja!igiga  mos 
boMgan  tizimini  shakllantirish. 
Bu  tizim  aholining  nisbatan  muhtoj 
qatlamini aniq ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga o ‘tishga yo‘naltirilgan. 
Bozor  tizimining  ko‘rsatib  o ‘tilgan  asosiy  unsurlari  shakllanishining 
yakuniga etishi o‘tish davri tugaganligidan darak beradi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish