To'rtinchidan, insoniy rivojlanish faqat iqtisodiyotni emas, balki
butun jamiyatni qamrab oladi. Siyosiy, madaniy va ijtimoiy omillarga,
iqtisodiy omillarga kabi e ’tibor beriladi.
Beshinchidan, odamlar rivoj lanishning maqsadi va erishish omili
ekanligi tan olinadi. Odamlar materialistik mashina uchun qulay yem
emas, balki rivoj lanishning oxirgi maqsadi ekanligi doim yodda bo‘lishi
312
kerak. Odamlar tovar ishlab chiqarishning «insoniy kapital» niqobi
ostidagi quroli emasligi ko‘zda tutilishi kerak.
Xo‘sh,
mamlakatning
insoniy
rivojlanish
darajasi qanday
baholanadi? Bu muammoning zamonaviy yechimlariga bir oz
to‘xtalamiz. Mamlakatning rivojlanganlik darajasini baholashning
yaqingacha yagona usuli jon boshiga YaMM bo‘lganligi sababli
mukammalroq ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichni kashf qilish davr talabi
edi. Izlanishlar natijasida insoniy rivojlanish indeks (IRI) ko‘rsatkichi
kashf etildi. IRI inson rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi uch asos -
umrboqiylik,
ta’lim
va
yashash
darajalaridan
iborat
integral
ko‘rsatkichdir. Uzoq umr ko‘rish kutilayotgan hayot davomiyligi orqali
o‘lchanadi. Ta’lim darajasi ko‘rsatkichning 2/3 qismini tashkil etuvchi
katta yoshlilar savodxonligi va 1/3 qismini hosil qiluvchi ta’limning
o‘rtacha davomiyligi ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi. Yashash
hayotning mahalliy qiymati (sotib olish pariteti yoki RRR - «purchasing
power parity») ga nisbatan to ‘g ‘rilangan jon boshiga real yalpi ichki
mahsulot (YalM) orqali baholanadi. Nimaga faqat uch ko‘rsatkich? -
degan savol tug‘ilishi tabiiy. Inson hayotining hamma jabhalarini aks
ettirish a’lo bo‘lar edi. Ammo ma’lumotlaming to‘liq emasligi bir oz
cheklanishlar tug‘diradi va bu ma’lumotlarga ega bo‘linganda, balki
ulami ham hisobga olish ayni muddao bo‘lar edi. Ammo ko‘proq
ko‘rsatkichlami qo‘shish har doim ham yaxshiroq natijalarga olib
kelavermaydi. Ulaming ba’zi birlari ishlatilayotgan ko‘rsatkichlar bilan
korrelyatsiya qilingan bo‘lishi mumkin. Bolalar o‘limi darajasi, masalan,
kutilayotgan hayot davomiyligida o‘z aksini topgan. 0 ‘zgaruvchilaming
ko‘proq sonini qo‘shish umumiy manzarani xiralashtiradi va asosiy
yo'nalishlardan chalg‘itadi.
Insoniy
rivojlanish tushunchasi
so‘nggi
yillarda
barqaror
rivojlanish g ‘oyasi bilan to‘ldirildi. Buning ma’nosi shuki, hozirgi
avlodning insoniy rivojlanish jarayoni kelajak avlod insoniy rivojlanishi
hisobiga ro‘y bermasligi darkor. Barqaror rivojlanish konsepsiyasi
313
dastlab, atrof-muhitni muhofaza qilish harakati tomonidan kiritildi, bu
harakat namoyandalari rivojlanish tushunchasi «avlodlar o ‘rtasidagi
munosabatlar» kabi g ‘oyani ham o ‘z ichiga olishini himoya qilmoqdalar.
Tabiiy resurslaming kamayib borishi kelajak avlodlar rivojlanishi
muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. «Barqaror rivojlanish»
konsepsiyalari atrof-muhit va tabiiy resurslar doirasidagina qo‘llanilishi
mumkin bo‘lmay, balki insoniy imkoniyatlar, «insoniy kapitabga
qo‘yiladigan investitsiyalarga ham tegishlidir.
Insoniy rivojlanish konsepsiyasi BMT Taraqqiyot Dasturi (FNDP)
tomonidan izchil targ‘ib qilinib kelmoqda. Bu sohadagi izlanishlar yillik
«Insoniy rivojlanish bo ‘yicha hisobotlar» (Human Development Report)
ko‘rinishida chop etilmoqda. 1988-yilda boshlangan o ‘n yillik BMT
Taraqqiyot Dasturi tomonidan barqaror ijtimoiy rivojlanish o‘n yilligi,
deb e’lon qilingan. Bu o‘n yil davomida ijtimoiy masalalaming ko‘pgina
jabhalariga
tegishli
o ‘nta
butunjahon
anjumanlari
o ‘tkazilishi
mo‘ljallangan. 1995-yil mart oyida Kopengagenda o‘tkazilgan oliy
martabali ijtimoiy rivojlanish konferensiyasi va 1995-yil sentabr oyida
Pekinda
o‘tkazilgan
ayollar
muammolariga
bag‘ishlangan
konferensiyalar (1995-yilgi «Insoniy rivojlanish bo‘yicha hisobot» erkak
va ayollar orasida tenglikka erishish masalalariga bag‘ishlangan) ana
shular jumlasidandir. Har ikkala anjumanda o‘ta muhim zamonaviy
masalalarga javob topishga harakat qilindi. Xususan, Kopengagen
anjumanida 160 ga yaqin davlat boshliqlari ishtirok etdi (unda
Respublikamiz Brinchi Prezidenti I.A.Karimov ham ishtirok etdi). Unda
Butunjahon Ijtimoiy Deklaratsiyasi qabul qilindi va harbiy sohaga sarf
qilinayotgan harajatlami insoniy rivojlanish maqsadlariga safarbar qilish
yo‘llari muhokama qilindi.
1995-yildan boshlab BMT Taraqqiyot Dasturi milliy darajada ham
«Insoniy rivojlanish bo‘yicha hisobot»lami nashr qilishda yangi
mustaqil mamlakatlarga ko‘mak bera boshladi.
314
0 ‘zbekistondagi ijtimoiy rivojlanish konsepsiyasining asosini
aynan inson va uning manfaatlari tashkil etadi. U insonni pirovard
maqsad va rivojlanish asosi, deb qaraydi. Hozirgi davrdagi mavjud
konsepsiyalar
xoh
markazlashtirilgan
iqtisodiyotda
moddiy
mahsulotning yoki bozor iqtisodiyotida ichki mahsulotning o‘sishi
bo‘lsin tovar ishlab chiqarishni eng asosiy maqsad, deb bilgan. Undan
tashqari, bu asosiy maqsad, ya’ni jon boshiga tovar ishlab chiqarishning
o‘sishi, jismoniy kapitalni jam g‘arish hisobiga erishilgan. Ya’ni eskicha
fikrlash doirasida qo‘shimcha o ‘sish pirovard maqsad bo‘lsa,
investitsiyalar esa unga erishish vositasi hisoblangan.
Har qanday jamiyatlaming rivoj lanishida ulaming bir holatdan
boshqasiga o‘tish davrlari eng mushkul, og‘ir bo‘lib hisoblanadi. Bu bir
hayot tarzining buzilishi va yangisining yaratilishi vujudga keladigan
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy harakatiardagi murakkabliklar bilan
bog‘liq.
Jamiyatni bunday tubdan o ‘zgartirish beozor o‘tishi mumkin emas.
Bu o‘sish istar-istamas yuzlab va minglab odamlar, oilalar, milliy va
jamoat gumhlari, butun davlatning ijtimoiy ahvoli, moddiy farovonligi,
taqdirlariga daxldor bo'ladi.
0 ‘zbekiston hukumati islohotlaming insonlar hayoti va farovonligiga
salbiy ta’sirini imkoni boricha kamaytirish maqsadida yangi iqtisodiy va
ijtimoiy tizimga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lini tanladi.
0 ‘zbekiston uchun hozirgi bosqichda birinchi va muhim vazifa bu
bozor
islohotlarini
o‘tkazishda
jadallashtirishga
asos
bo‘lgan
makroekonomik barqarorlikni ta’minlashdir. Chunki bu aholi turmush
darajasini yetarli ta’minlashning tabiiy asosini tashkil etuvchi kelgusi
iqtisodiy
o‘sish
zaminidir.
Masalaning murakkabligi
shundaki,
makroekonomik
siyosatning
kuchaytirilishi
sharoitida
ijtimoiy
ehtiyojlarga xarajatlami keskin kamaytirishga yo‘l qo‘yilmasligi kerak,
chunki insoniy resurslarga qo‘yilgan mablag‘lar ulaming kelajakda
barqaror rivojlanish asosigina bo‘lib qolmay, hozirgi davrda osoyishta
315
ijtimoiy sharoitning kafolotlanishini ham ta’minlaydi. 0 ‘zbekiston
uchun bu juda muhimdir, chunki u qo‘shni mamlakatlarda harbiy
to‘qnashuvlar davom etayotgan mintaqada joylashgan. Davlat o‘tish
davrining murakkabliklarini hisobga olgan holda o‘z oldiga aholining
iste’mol darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, mavjud
ta’lim tizimini qo‘llab-quvvatlash, aholini sog'liqni saqlash xizmatlari
bilan ta’minlash, yangi bozor munosabatlari sharoitlariga moslashishi
qiyinroq bo‘lgan aholi qatlamlarini qo‘shimcha ijtimoiy yordam bilan
ta’minlash, mamlakatning har bir mehnatga layoqatli fuqarosi o‘z ijobiy
kuchlarini namoyon etishi, mustaqil ravishda o ‘zi va oilasi uchun yaxshi
hayotni ta’minlashi uchun sharoit yaratish vazifasini qo‘ygan.
0 ‘tishning dastlabki bir necha yilida talay qiyinchiliklar qayd
etildi, ammo Hukumat iqtisodiy va ijtimoiy siyosat yurgizish yo‘li bilan
aholini tushkunlik sharoitida shak-shubhasiz ro‘y beradigan asosiy
larzalardan himoya qila oldi.
Mamlakat shuningdek, boy tabiiy resurslardan foydalanishning puxta
o‘ylangan yondashuvi asosida kattagina mablag‘larni jalb qilishga
erishdi. Natijada ishlab chiqarishning pasayishi MDH mamlakatlariga
nisbatan ancha kam bo‘ldi, 1996 yildan o‘sish boshlandi. Undan tashqari
davlat ishlab chiqarish hajmlari pasayishiga qaramay, aholini ish bilan
ta’minlashning yuqori darajasiga erishish uchun barcha tadbirlami
qo'lladi. Ishlab chiqarishning pasayishi va inflyatsiyaning ko‘tarilishi
tufayli real ish haqi keskin pasaydi, ammo respublika ijtimoiy qo‘llab-
quvvatlashning keng qamrovli hukumat dasturi yo‘li bilan aholining
iste’mol darajasini qo‘lladi.
Albatta, aholini qo‘llovchi keng qamrovli dasturni uzoq vaqt
mobaynida ta’minlash qiyin masala hisoblanadi. Ammo islohotning
dastlabki bosqichida bu madad kelajakda islohotlaming amalga oshishi
uchun siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni saqlash va milliy birdamlikka
erishishda nihoyatda muhimdir. Respublika amalda muhim ustunliklarga
316
ega va oqilona iqtisodiy siyosat amalga oshirilganda o‘tishni
muvaffaqiyatli yakunlashi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |