Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 6 .3 .  Q iy o s iy   u s t u n lik   n a z a r iy a si



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

1 6 .3 .  Q iy o s iy   u s t u n lik   n a z a r iy a si
A.Smitdan  farqli  oMaroq, 
David  Rikardo 
mamlakatlar  o ‘rtasidagi 
tovar  ayirboshlashda  mutlaq  xarajatlardagi  farq  muhim  emas,  deb 
hisobladi.  Yuqorida  qayd  qilib  oMganimizdek  xarajatlarda  mutlaq 
ustunlikka  ega  boMmagan  mamlakatlar  nima  qilishlari  kerak?  Bir  qator 
misollar  bilan  D.Rikardo  “xarajatlardagi  mutlaq  ustunlik”  mamlakatlar 
o‘rtasidagi  tovar ayirboshlashning  zarur sharti  emasligini  isbotlab  berdi.
295


Savdo  qilayotgan  mamlakatlar  o ‘rtasida  qiyosli  xarajatlar  farq  qilishi 
kifoya.
Shu  asosda  D.Rikardo  qiyosiy  ustunlik  nazariyasini  yaratdi.  Bu 
nazariya  butun  dunyo  ilm-fani  va  savdosida  hamma  tan  olgan  nazariya 
hisoblanadi.  Mazkur  nazariyaning  asosiy  qoidasi  shundan  iboratki,  har 
bir  mamlakat  o‘zining  muayyan  tovami  ishlab  chiqarishga  ketadigan 
xarajatlari  bilan  uni  sotib  olishga ketadigan  xarajatlari  o‘rtasidagi  farqni 
qiyoslab  ko‘rgan  holda  tashqi  savdoda  ishtirok  etadi.  Muayyan  tovami 
ishlab  chiqarish  bir  mamlakat  uchun  boshqa  mamlakatlarga  nisbatan 
qulayroq  bo ‘ 1 ish i  mumkin.  Shu bois qiyosli  ustunlik nazariyasiga binoan 
mamlakatlar  xarajatlami  hisobga  olgan  holda  u  yoki  bu  mahsulotlami 
ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak.
D.Rikardo  shunday  misol  keltiradi.  Portugaliyada  muayyan 
miqdordagi  vinoni  tayyorlash  uchun  80  kishilik  mehnat,  gazlama  ishlab 
chiqarish  uchun  esa  90  kishilik  mehnat  talab  qilinadi  (bir  yilga). 
Angliyada  shu  miqdordagi  vinoni  ishlab  chiqarish  uchun  120  kishilik 
mehnat,  gazlamani  ishlab  chiqarish  uchun  100  kishilik  mehnat  sarflash 
zarur.  Garchi  olib  kelingan  gazlama  Portugaliyaning  o ‘zida  Angliyaga 
nisbatan  kam  xarajat  evaziga  ishlab  chiqarilishi  mumkin  bo‘lsa  ham,  bu 
sharoitda Portugaliya uchun vinoni  gazlamaga ayirboshlash foydali.  Gap 
shundaki,  resurslami  gazlama  ishlab  chiqarishdan,  Angliyaga  nisbatan 
katta  qiyosiy  ustunlikka  ega  bo‘lgan  vino  tayyorlash  tarmog‘iga 
o‘tkazib,  Portugaliya  vinoni  ayirboshlash  yo‘li  bilan  80  kishilik  mehnat 
sarflari  hisobiga,  ya’ni  10  kishilik  mehnatni  tejash  evaziga,  gazlama 
olishi  mumkin.  Bunday ayirboshlash Angliya uchun ham  foydali,  negaki 
u  o‘z  kuchini  gazlama  ishlab  chiqarishga  sarflab,  gazlamani  sotish  yo‘li 
bilan  muayyan miqdordagi  vinoni  120  kishining mehnati  hisobiga emas, 
balki  faqat  100  kishilik mehnat evaziga olishi  mumkin (ya’ni  20  kishilik 
mehnatni  tejash  hisobiga).  Bu  misoldan  shu  narsa  ko'rinadiki,  qiyosiy 
ustunlik  mavjud  bo‘lsa,  ixtisoslashuv  va  ayirboshlash  ikkala  mamlakat
296


uchun  ham  foydalidir.  Bundan  mamlakatlar  o ‘rtasida  mehnat  taqsimoti 
va ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi zarurligi kelib chiqadi.
Qiyosli  xarajatlar  g‘oyasi  bu  o ‘zaro  foyda  ko‘rish  g ‘oyasidir.  Unga 
ko‘ra 
Fransiya  va  Portugaliyada  vino  tayyorlanishi,  Amerika  va 
Polshada  don  yetishtirilishi,  Angliyada  metall  buyumlari  va  boshqa 
tovarlar  ishlab  chiqarilishi  kerak”.  Lekin  qiyosli  xarajatlar  nazariyasida 
bir  qator  soddalashtirishlar  mavjud  bo‘lib,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarda 
boiadigan  qiyinchiliklar  aks  ettirilmagan.  D.  Rikardo  modeli  bu  ikki 
mamlakat  o ‘rtasidagi 
savdo  modelidir.  Mazkur  model  qiyosli 
xarajatlaming 
o ‘zgarishini, 
savdo 
qilayotgan 
mamlakatlaming 
unumdorlik imkoniyatlaridagi farqlami ham hisobga olmaydi.
QIYOSIY USTUNLIK
Xalqaro  savdoga  doir  qiyosiy  ustunlik  nazariyasi  Rikardoning 
naqadar  donishmand  ekanligini  namoyon  etadi.  Mazkur  nazariya  orqali 
u  erkin  savdoning  shart-sharoitlarini  yengillashtirdi,  Adam  Smitning 
xalqaro  chegaralardan  tovarlar  o‘tishidan  olinadigan  samara  tahlilini 
kengaytirdi.  Agar  A  mamlakati  В  mamlakatiga  nisbatan  arzonroq  tovar 
ishlab  chiqarsa,  В  mamlakati  esa  boshqa  tovami  A  mamlakatga 
qaraganda  arzonroq  ishlab  chiqarsa,  ikkala  mamlakat  ham  hududiy 
ixtisoslashuv va savdo orqali samara olishi mumkin.
Xalqaro  savdo  terminologiyasida  aytilganidek,  agar  bir  mamlakat 
biron-bir  tovami  ishlab  chiqarishda  mutlaq  ustunlikka  ega  bo‘lsa, 
boshqa  mamlakat  esa  boshqa  tovami  ishlab  chiqarishda  mutlaq 
ustunlikga  ega  boisa,  ulaming  har  biri  tovar  ixtisoslashuvi  orqali 
boshqalarga  qaraganda  arzon  narxda  ishlab  chiqarib  samara  olishlari 
mumkin. 
Iqtisodiy 
ta’limotlar 
tarixchilari 
qiyosiy 
ustunlik 
nazariyasining  asoschisi  kimligini  aytishda  bir  to‘xtamga  kelganlari 
yo‘q.  Asosiy nomzodlar ichida Rikardo, Robert Torrens  (1780-  1864) va 
Djeyms  Mill  (1773-1836)lar joy  olganlar.  Qanday  bo‘lmasin bu  keyingi 
iqtisodiy  ta’limotlariga  ta’sir  ko‘rsatgan  Rikardoning  qarashlaridan  biri 
edi.
297


MUTLAQ USTUNLIK
Rikardoning  qiyosiy  ustunlik  nazariyasini  davom  ettirishdan  avval, 
ikki  mamlakat  va  ikki  tovar  asos  qilib  olingan  xalqaro  savdo  modelini 
ko‘rib  chiqamiz,  bunda  har  bir  mamlakatda  tovarlardan  bittasini  ishlab 
chiqarishda  mutlaq  ustunlik  bo‘ladi.  16.1-  jadvaldagi  ma’lumotlarga 
ko‘ra  Angliya  Portugaliyaga  nisbatan  mato  ishlab  chiqarishda  mutlaq 
ustunlikka  ega.  Ma’lumotlar  bu  ustunlikni  mahsulot  hajmi  bo‘yicha 
ifodalab  berayapti,  lekin  bu  ustunlikni  qiymat  jihatdan  ham  ko‘rib 
chiqish  mumkin.  Shunday  qilib,  mehnat  vaqti  birligida o ‘lchangan  mato 
ishlab  chiqarish  qiymati  Portugaliyaga  nisbatan  Angliyada  kam 
chiqayapti.  Xalqaro  savdoni  amalga  oshirish  mumkinligini  ko‘rsatish 
uchun  eng  avvalo,  bu  ikki  mamlakat  ushbu  savdodan  foyda  olishi 
muqarrarligini  ko‘rsatish  zarur.  Vino  va  matoni  yalpi  ishlab  chiqarish 
ixtisoslashuv  asosida  ko‘payadigan  bo‘lsa  va  bunda  ikkala  mamlakatga 
ham  naf  keltira  oladigan  vino  va  mato  xalqaro  narxlariga  va  savdo 
sharoitlariga  erishiladigan  bo‘lsa,  xalqaro  savdo  uchun  asos  vujudga 
keladi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish