Toshkent moliya instituti sh. Abdullaeva pul, kredit va



Download 1,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/100
Sana21.06.2022
Hajmi1,7 Mb.
#688738
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100
Bog'liq
7-y-PUL-KREDIT-VA-BANKLAR-darslik-Sh-Abdullaeva-T-2003

2. Kreditning muddatliligi.
Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o’z vaqtida qaytarib berish 
muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga berilganligi bilan xarakterlanadi. 
Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko’ra kredit uzoq va qisqa muddatli kreditlarga 
bo’linadi.
Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo’lgan har qanday 
vaqtda emas, balki kredit bitimida ko’rsatilgan malum muddatda kreditning 
qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, 
kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o’z vaqtida 
qaytib olsa, uni egasiga o’z vaqtida qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga 
ega bo’ladi. Qarz oluvchi kreditni samarali ishlatib, uni o’z vaqtida kreditorga 
qaytarish 
va 
shu 
bilan 
shartnomadagi 
jazo 
choralaridan 
qutilishidan 
manfaatdor.Kreditning muddati bo’yicha kredit shartnomada ko’rsatilgan shartlarning 
buzilishi natijasida qarz beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar ( jarimalar 
shaklida, kredit bo’yicha foiz darajasini oshirish, kreditning muddatini qisqartirish va 
boshqa ) ni qo’llashi mumkin.Bu choralar ham yordam bermagan hollarda qarz 
beruvchi moliyaviy talablarni xo’jalik sudi orqali undirib olishi mumkin. Kreditning
243


muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish muddatiga, ishlab 
chiqarilgan mahsulotni jo’natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard 
natijada aylanma fondlarining doiraviy aylanishining tezligiga bog’liqdir.
3. Kreditning tovar - moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi.
Bu tamoyil yordamida xalq xo’jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy 
shilab chiqarish o’rtasida bo’lishi zarur bo’lgan proportsiyalarining bir me’yorda 
bo’lishi rag’batlantiriladi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo’jalik 
oborotida ishtirok etuvchi bank mablag’larining har bir so’miga muayyan moddiy 
boyliklarning bir so’mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xo’jaligi 
tarmoqlariga berilgan kreditlar to’liq tovar moddiy boyliklari va malum xarajatlar 
bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning 
berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o’z 
navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga katta tasir ko’rsatadi. Shuning 
uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning 
tovar moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishiga muhim e’tibor 
berilmoqda. Yoozirgi sharoitda bu jarayonning amalga oshirilishini quyidagicha 
ifodalash mumkin.
Kredit olayotgan korxona bankka tovar yoki tovar hujjatlarini,boshqa biror 
shakldagi mulkini garovga qo’yadi. Agarda bank bergan kredit qarz oluvchi 
tomonidan o’z vaqtida bankka qaytarilmasa bank tovarni sotish hisobidan qarz 
o’rnini qoplash huquqiga ega bo’ladi. Bazida kredit varrant asosida ham berilishi 
mumkin. (Varrant - garov uchun xizmat qiluvchi hujjat). Bunda kreditor berayotgan 
krediti tovar - moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Bank ssudalarini tovar - moddiy boyliklar bilan to’liq ta’minlanganligi pul 
muomalasini barqarorligini ta’minlaydi, chunki bank oborotidagi pullar naqd pulga 
va aksincha transfomatsiyalanib turadi.
Xulosa qilib aytganda, kreditning ta’minlanganlik tamoyili qarz oluvchi o’ziga 
olgan majburiyatlarni buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini 
himoya qilishni ta’minlaydi va o’zining amaliy aksini kreditni biror garov yoki
244 


moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiy barqarorlik davrida 
ayniqsa muhimdir.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish