I variant
kkreditning chiqarilishi
P - ICh
3
. . . TICh . . . TM - JT - P aylanishi k
kiritilishi
II variant
k1 k2 k3 k4 kreditning chiqarilishi
P - ICh
3
. . . TICh . . . TM - JT - P aylanishi k1
k2 k3 k4 kiritilishi
III variant
σ
k
σ
k
σ
k
σ
k kreditning chiqarilishi
P - ICh
3
. . . TICh . . . TM - JT - P aylanishi
σ
k
σ
k
σ
k
σ
k
kiritilishi
P - dastlabki pul mablag’lari
ICh
3
- ishlab chiqarish zaxiralari
TICh - tugallanmagan ishlab chiqarish
TM - tayyor mahsulot
JT - jo’natilgan tovarlar
P - aylanishdan bo’shagan pul mablag’lari
165
K - kredit
Yuqoridagi hollardan ko’rinib turibdiki, har bir korxona o’z faoliyati davomida
kredit resurslariga muhtoj bo’lishi mumkin.
166
3-§. Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi
Kreditga bo’lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan qondirilishiga
va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va shakllarga
bo’linadi.
Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo’llanilib kelinmoqda.
1.
Qisqa
muddatli
kreditlash;
2.
O’rta
muddatli
kreditlash;
3.
Uzoq
muddatli
kreditlash.
Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha bo’lgan
muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari va muomala
fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi.Bizga malumki,
aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ijtimoiy ishlab chiqarish
sohalarida bir yil va
undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar
aylanishining tabiiy o’lchovi sifatida xizmat tiladi. Shuning uchun ham bir yil qisqa
va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo’lib xizmat qiladi. Qisqa muddatli
kreditlar o’z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:
1.
kreditlash
ob’ektlarining
iqtisodiy
mohiyatiga
qarab:
*tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;
*ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o’zlashtirish, mavsumiy
xarajatlarni amalga oshirish bilan bog’liq xarajatlarni) uchun beriladigan kreditlar;
*hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkrediv
ochilganda, tayyor mahsulotni jo’natganda va boshqa hollarda).
2.
To’lash
muddatiga
qarab:
*muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o’tib ketgan kreditlar.
3.
Kreditni
to’lash
manbalariga
qarab:
*qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobidan;
*garant mablag’lar hisobidan;
*yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.
4.
Ta’minlanganlik
tamoyilining
amal
qilishiga
qarab:
167
*to’g’ridan-to’g’ri ta’minlanganlikka ega bo’lgan kreditlar;
*egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta’minlanganlikka ega bo’lgan
kreditlar;
*ta’minlanmagan kreditlar.
5.
To’lanadigan
foiz
darajasiga
qarab:
*o’rtacha (normal) foiz stavkali;
*yuqori foizli;
*past foiz stavkali;
*foizsiz kreditlarga bo’linadi.
O’rta muddatli kreditlar asosan bir yildan besh yilgacha bo’lgan muddatga
beriladi.
Uzoq muddatli kreditlashda kreditlar besh yildan ortiq muddatga beriladi.
Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ular bilan
bog’liq sohalarni ta’minlashga ishlatiladi. Yoozirgi davrda uzoq muddatli kreditlar
banklar tomonidan juda kam miqdorda berilsada, ular kapital qo’yilmalarini,
loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida davlatimiz iqtisodini
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar xo’jalik
tashkilotlari tomonidan quyidagi ob’ektlar uchun jalb qilinishi mumkin:
•
qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun;
•
harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va moderinizatsiya qilish bilan
bog’liq xarajatlar uchun;
•
yangi qurilish va qo’shimcha yuqori samarali tadbirlar bo’yicha xarajatlarni
amalga oshirish uchun;
•
yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqodlar olib borish va yutuqlarini
ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar.
Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektiga, foiz stavkasiga va
kreditning harakat doirasiga qarab, kreditning quyidagi mustaqil shakllari amaliyotda
qo’llanilishi mumkin. Bular bank krediti, tijorat krediti, ist’emol krediti, davlat
krediti, xalqaro kredit. Amaliyotda kreditning har bir shakli ham bir necha
bo’laklarga bo’linishi mumkin.
168
Do'stlaringiz bilan baham: |