5.4. Biznes faoliyatida marketing axborotlarining asosiy elementlari. Marketing tadqiqotlari
Marketing bo’yicha adabiyotlarda bozorni o’rganish, marketing tadqiqotlari, sotuvjarayonini tadqiq etish kabi tushunchalar ko’p uchraydi. Bular bir-biriga o’xshash sinonim tushunchalarga o’xshab, gohida ularni chalkashtirib yuborishadi. Bular ichida marketing tadqiqotlari juda keng tushuncha bo’lib, u firma marketing qarori qabul qilishi uchun axborot yig’ish, uni tizimga solish, tahlil etish umumlashtirish asosida marketingqarorlarini qabul qilish va biznes faoliyatini asoslashdan iboratdir. Bozorni o’rganish esatizimli vauslubiy jihatdan, joriy holatda bozorniizlash, uni o’rganish va unda qandayharakat qilish kerakligini hal qilishdir. Firmalar faoliyatida har qanday qaror qabul qilish jarayoni turli omillarga, tashqi va ichki ta’sir kuchlariga bog’liq. Marketing faoliyatiqarorlari ham juda ko’p axborot manbalarini tahlil qilish asosida qabulqilinadi. Shuning uchun marketolog samarali marketing qarorlari qabul qilishi uchun marketingga oid terminlarni tub mohiyatini bilishi va har birining maqsadidan kelib chiqqan holdatahlillarga asoslanishikerak.
Har bir marketing tadqiqoti, u iste’molchini o’rganishga yo’naltirilgan bo’lsin yoki bozorni o’rganishga yo’naltirilgan bo’lsin uning o’ziga xos usullari, izlanish sxemasi, axborotlar bankiga ega bo’lishi kerak. Masalan, iste’molchilar haqidagi ma’lumotlar ular yoshi, jinsi, millati, ish faoliyati, moliyaviyta’minlanganligi va h.k.
F. Kotler marketing tadqiqotlari o’tkazish usullarining shakllanishini, vaqt o’tishi bilan ularning rivojlanishini va zamonaviy iqtisodiy-matematik usullar bilan amalgaoshirilishini evolyutsiyasini ko’rsatibo’tgan. (1974 yilda)
Tadqiqot maqsadi – aniqlangandan so’ng tegishli axborotlarni masalan, bozorulushi, bozor konyunkturasi, raqobatchilar potensiali va boshqalar haqidama’lumotlar yig’iladi. Har qanday marketingtadqiqotigaijodiy yondoshish kerak. Ma’lumotlar ba’zasida har birko’rsatkich bir-biriga bog’liq bo’lib, o’zgaruvchi va o’zgarmas kattaliklarni tahlil qilishda ularga ta’sir etuvchi tashqi omil kuchlarini to’g’ri aniqlash muhimdir. Tadqiqot tarkibini to’g’ri belgilash,ketma-ketlikka rioya qilish zarur.
Marketing faoliyatinig asosiy elementi, bu marketing tadqiqoti bo’lganligi uchun, optimal tuzilgan dizayn, zarur axborotlar bazasini yaratish, informatsion axborotlar tizimi, internetdan foydalanish tadqiqot samarasini kafolatlovchimuhimomildir.
Marketing tadqiqotlari bu – axborot mavxumligini, tijorat riskini kamaytirish va marketing qarorlari qabul qilish maqsadida marketing faoliyatining turli jabhalari bo’yicha ma’lumotlarni muntazam yig’ib borish, aks ettirish va tahlil qilishdir.
Marketing tadqiqotlari bu – bozorshunoslarni (marketologlarni) marketing tashqi muhiti barcha unsurlari – bozor, iste’molchilar, raqobatchilar bilan axborot orqali bog’lovchi marketing funksiyalaridan biridir. Marketing tadqiqotlarining maqsadi aniqlangan muammolardan kelib chiqadi. Bu maqsadlarga erishish ushbu muammolarni halqilish zarur bo’lgan axborotlarni olish imkonini beradi. Ular menejerlarga marketing muammolarini hal qilish imkonini berish maqsadida yo’qotilishi lozim bo’lgan axborot bo’shlig’ini ta’riflaydilar. Maqsadlar aniq va ravshan shakllangan, yetarli darajada batafsil shakllantirilgan, ularni o’lchash imkoniyati va ularga yetishish darajasini baholash imkoniyati mavjud bo’lishi lozim. Marketing tadqiqotlari maqsadlarini “Mazkur muammoni hal qilish uchun qanday axborot zarur?” degan savolningjavoblari tadqiqot aniqlab beradi.
Tadqiqot madsadlari va usullariga qarab marketing tadqiqotlari quyidagi turlarga ajratiladi: o’rganish (razvedka), ta’riflash, sabablarni aniqlash.
O’rganish (razvedka) tadqiqoti – ilgari surilayotgan muammoni va taxminlarning yaxshiroq aniqlash uchun zarur bo’lgan birlamchi axborotni yig’ish maqsadida olib boriladi. Masalan, sotuvning past darajasiga sabab yomon reklama, deb taxmin qilingan, ammo o’rganish tadqiqoti yetarli darajada bo’lmagan sotuvning asosiy sababi tovar taqsimlash tizimining yomon ishlashi ekanligini, uni marketing tadqiqotlarining keyingi bosqichlarida yanada batafsilroq o’rganish lozimligini ko’rsatdi.
Tariflovchi tadqiqot– marketing muammolarini ta’riflashga yo’naltirilgan, masalan, demografik holat, kompaniya mahsulotiga iste’molchilarning munosabati kabi. Bunday turdagi tadqiqotlarni olib borishda odatda kim, nima, qaerda, qachon, va qanday degan so’zlardan boshlanuvchi savollarga javob izlanadi. Masalan, firma mahsuloti iste’molchilari kim ekanligi aniqlanadi. Firma mahsulotini qaerda xarid qilishadi? Ushbu mahsulotni xaridorlar qachon faol xarid qilishadi? Sotib olingan mahsulotdan qanday foydalaniladi?
Sabablarni aniqlashga yo’naltirilgan tadqiqotlar – sabab-oqibat aloqalariga tegishli taxminlarni tekshirish uchun olib boriladi. Mazkur tadqiqot asosida birorbir hodisani “agar X, unda U” ko’rinishdagi mantiqiy bog’lanish asosida tushunishgaintilish yotadi. Sabab-oqibat bog’lanishi maxsus tajribalar o’tkazish yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Tajribalar o’tkazishda mustaqil o’zgaruvchilar (narxlar, reklama xarajatlari va h.k.) almashtiriladi va bu o’zgarishlarga bog’liq o’zgaruvchilar (sotuv hajmi, bozor ulushi ko’rsatkichi va h.k.) qanday javob qaytarishi aniqlanadi.
Marketing tadqiqotlari quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi:
bozorni o’rganish (uning hajmi, dinamikasi, rivojlanish yo’nalishi);
istemolchilar xatti-xarakatini o’rganish;
raqobatchilar faoliyatini o’rganish;
talablarni qondirish bo’yicha firma ichki imkoniyatlarini o’rganish; – marketing majmuasi unsurlarini o’rganish (tovar, baho, sotuv, reklama); – marketing faoliyati huquqiy jabhalarini o’rganish.
Ko’rinib turibdiki, “bozorni o’rganish” tushunchasi umuman marketing faoliyatining asosiy jabhalarini aniqlab bersa ham, “marketing tadqiqotlari” tushunchasi “bozorni o’rganish” tushunchasidan ancha kengroq. Marketing faoliyatini tashkil qilishda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmidan emas, bozor istemolchilar talablaridan kelib chiqib marketing taqiqotlarini olish borish zaruratinimantiqani aniqlab beradi. Ko’pchilik yirik chet elfirmalari (80 foiz atrofida) o’z xususiy marketing tadqiqoti bo’limlariga ega. Bunday bo’limlar tarkibida sotsiologlar, psixologlar, statistiklar, dasturchilar va sh.k. xizmat qiladilar.
Marketing tadqiqotlari jarayoni quyidagi bosqich va harakatlarni o’z ichiga oladi:
Muammo va tadqiqot maqsadlarini aniqlash.
Marketing tadqiqotlari o’tkazish zaruratini aniqlash.
Muammo va tadqiqot maqsadlarini shakllantirish.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqish.
Tadqiqot turini aniqlash.
Talab qilinayotgan axborot turini, uni olish manbalarini va zarur axborotlarni yig’ish usullarini aniqlash.
Ma’lumotlarni yig’ish shakllarini loyihalash.
Tanlanma rejani ishlab chiqish va tanlov hajmini aniqlash.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqish.
Ma’lumotlarni yig’ish.
Ma’lumotlarni tahlil qilish.
Olingan natijalarni talqin qilish va ularni rahbariyatga yetkazish – yakuniy hisobotni tayyorlash va taqdim qilish.
Вазифаларни белгилаш. Фирма олдида турган муаммоларни аниқлаш
Маркетинг изланиш мақсадларини аниқлаш
|
Потенциал ахборот манбаларини белгилаш
|
Ахборот тўплаш ва классификациялаш
Тўпланган маълумотларни таҳлил етиш
|
|
Керакли тавсияларни бериш
|
Do'stlaringiz bilan baham: |