5-BOB. BIZNESNI RIVOJLANTIRIShNING AXBOROT MANBALARI BILAN TA’MINLASh USULLARI
5.1. Axborot – marketingning poydevoridir. Axborot tizimi
Bozor nima, uning turlari, bozor mexanizmi qanday amal qiladi, talab, taklif nima, bozor muvozanati qay tarzda o’rnatiladi – bu savollarga marketing nuqtai nazaridan murojaat qilamiz. Marketing bo’yicha mutaxassislar axborot bu bozorga zarurat va talablari umumiy bo’lgan, ularni qondirish maqsadida ayirboshlashga tayyor bo’lgan mavjud va bo’lajak xaridorlar to’plami, deb ta’rif berishadi. Marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularnitashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Marketinga axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi.
Xaridorlarga ishlab chiqarish (tarmoq) vakillari bo’lgan xaridorlarga o’z tovarlarini ko’proq foyda keltiradigan shartlarda sotishni maqsad qilib qo’ygan birbirlari bilan raqobatlashuvchi sotuvchilar to’plami qarama-qarshi turadi.
Sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi munosabatlar quyidagi sxema bo’yicha amalga oshiriladi:
Marketing sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida axborot almashinuviga, to’g’ri va teskari aloqalardan foydalanishga asoslanadi.
AXBOROT (ingl. news) — taqdim etilishi shaklidan qat’i nazar shaxs,ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega bo’lgan tushunchalarni ichiga oluvchi, voqea, hodisa, jarayonlar,dalil, bilim,tushunchalarva taqdimot kabi obyektlar haqidagi ma’lumotlardir.Shundayekan, axborotdan foydalanish ko’lamlari jamiyat rivojlanishi darajasini belgilaydi.Marketing faoliyatiga xos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va uzluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi.
Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi.
5.1-rasm. Bozor va ishlab chiqarishning o’zaro munosabati
Marketingni boshqarish bozorni barcha tashkil etuvchilarni (qismlarini) (xaridorlar, ularning talabi, tovarlar, narxlar, raqobatchilar) tahlil qilishdan va baholashdan boshlanadi. Maqsad – olingan axborot asosida firmaning bozorda o’zini qanday tutishi kerakligini ishlab chiqish. Axborotning bozordan ishlab chiqaruvchilar tomon xarakatlanishi marketing tadqiqotlari jarayonining mazmunini tashkil qiladi. Keyinchalik ishlab chiqariuvchilar va bozorlar o’rtasidagi axborot almashinuvi marketing kommunikatsiyalarining turlicha – reklama, shaxsiy sotuv, public relations kabi shakllarida davom etadi.
Tijorat dunyosi – murakkab hodisa. Tadbirkor qanchalik boy tajribaga ega bo’lmasin, qanchalik beqiyos intuitsiyaga ega bo’lmasin har qanday holatda ham unga dinamik tarzda rivojlanib borayotgan tovar va xizmatlar bozori to’g’risida to’liq va obyektiv axborot zarur bo’ladi. Kim marketing axborotiga egalik qilsa o’sha bozorda muvaffaqiyatga erishadi.
Uzoq vaqt va katta mablag’ talab qiladigan menejerlar tomonidan yangi tovar ishlab chiqarish, uni bozorga olib chiqish, raqobatbardoshligini kuzatish va nihoyat, ishlab chiqarishni to’xtatish to’g’risida qaror qabul qilish jarayoni, odatda, ishonchli va o’z vaqtida taqdim etilgan marketing axborotiga asoslanadi.
Zamonaviy marketing axborotga tayanadi.
Marketing faoliyati ikki oqim bilan bevosita bog’liq bo’lib, birinchi oqim -
firma faoliyati natijalari to’g’risida axborot, ikkinchisi bozor va atrof-muhit to’g’risidagi axborot oqimidir. Marketing faoliyati ana shu ikki oqimga ta’sir ko’rsatib, iste’molchilar talabini maksimal darajada qondirish va firmalar foydasini ta’minlashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |