8.2. Kon’yunkturani tashkil qiluvchi omillar, asosiy ko’rsatkichlar va ularni tahlil qilish va istiqbollash usullari.
Ayrim bozorlarda muayyan holatlarning mavjudligi bozor konyukturasini anglatadi. Bozor konyukturasi muayyan davrdagi bozor holati bozorda muvozanatning mavjudligi yoki buzilganligi bilan xarakterlanadi. Shunga ko’ra bozor konyukturasi ijobiy va salbiy, qulay va noqulay bo’lishi mumkin. Bozor konyukturasi talab oshishi bilan xarakterlansa, u sotuvchi uchun qulay, chunki u tovarni qimmatga sotib, ortiqcha daromad ko’radi. Agar bozorda taklif ortiqlik qiladigan bo’lsa konyuktura xaridor uchun qulay bo’ladi, tovarni arzonga olib bundan naf ko’radi. Bozor konyukturasi ayrim tovarlarga nisbatan ham sodir bo’lishi mumkin. Bozor konyukturasi ayrim tovar ishlab chiqarilishiga va sotib oluvchilarning xarid qobiliyatiga, narx-navoga, modaning o’zgarishiga qarab har xil bo’ladi. Bozorning kelajakdagi holatini ishlab chiqarishning texnikaviy ahvoli, unga sarflangan qo’shimcha resurslar va ularning qaytara berish muddatlari tovar zahiralari dinamikasi, eksport-import, shuningdek narx-navodagi o’zgarishlar tendentsiyasiga qarab aniqlash mumkin. Bu bilan tovarlar taklifi o’rganiladi. Investitsiya summasi va tarkibiga mehnat predmetiga bo’lgan talab va korxona, tashkilotlar pul sarfining yo’nalishiga qarab, shuningdek, aholi xarid qobiliyatiga, uning tovarlar bilan ta’minlanishi darajasini hisobga olib talab o’rganiladi. Bozor konyukturasi ehtimollari milliy, regional va jahon bozorlariga, ayrim tovarlarga nisbatan aniqlanadi. Bozor konyukturasi oldingisidan ko’ra bilish, iqtisodiy tanglikka yo’liqmaslik, bozor muvozanatini ta’minlab berish sharti hisoblanadi. Bozorning umumiy holatini o’rganishda, uning geografik joylashish hajmi, tovarlar va firmalar tarkibi, raqobatning shiddati, konyukturasi va uning istiqboliga ahamiyat beriladi. Ma’lum davrda tovarlar va xizmatlar sotilishdagi imkoniyatni ifodalovchi iqtisodiy shart – sharoitlar majmui bozor konyukturasini bildiradi. U aniq iqtisodiy ko’rsatkichlar talab va taklif muvozanati, baholar darajasi, bozor hajmi v boshqalar bilan ifodalanadi. Bozor konyukturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Bozor va eng avvalo butun bozor konyukturasini kompleks tadqiq etish, ishbilarmon doiralar fikricha, biznesmenga xatolarga yo’l qo’ymaslik, xo’jalik masalalarida bir qarorga kelishda tavakalchilikni kamaytirishga yordam beradigan muhim omil hisoblanadi. Iqtisodiy konyuktura tadqiqoti tovar ayiriboshlash sohalarida va ularning takror ishlab chiqarish jarayoni boshqa bosqichlari bilan o’zaro aloqalarni rivojlantirish umumiy qonunlarni o’rganish bilangina cheklanmaydi, balki u yoki bu tovar bozorida tarkib topgan ahvolni har tomonlama chuqur tahlil etishga, yuz berishi mumkin bo’lgan vaziyatni oldindan tahmin qilishga qaratilgandir.
Tovar bozori o’zida, birinchidan, muayyan tovarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi ikkinchidan, ishlab chiqaruvchi va iste’mol qiluvchi guruhlar ichidagi iqtisodiy aloqalar tizimini aks ettiradi. Birinchi hol aloqalarning asosiy shakli bo’lib, harid qilish va sotish hisoblanadi. Ikkinchi shakli esa o’zaroraqobat shakli hisoblanadi. O’ziga xos tarkib topish sharoitlari va iqtisodiy konyuktura rivojining qanday omillarga asoslanishiga ko’ra milliy xo’jaliklar va tovar bozorlari g’oyat xilma-xil hisoblaniladi. Har bir bozor va uning konyukturasi rivoji har bir bosqichi uchun muayyan xususiyatlarni va uzoq muddatli yo’nalishlar qo’lamini o’tkinchi va nisbatan davomli o’zgarishlarni hamda bularning ahamiyatini o’zaro hamkorlik darajasini aniqlashdagi tutgan o’rnini belgilab beruvchi omillarni qanchalik uyg’unlashtira olishi muhimdir.
Iqtisodiy konyukturani tadbiq etish metodologiyasi bozorlar turlanishini o’tkazish zarurligini taqozo qiladi. Konyukturaviy tadqiqotlarning amaliy yo’nalishi ularga qanday yondashish va qanday uslubdan foydalanish kerakligini ham aniqlab beradi. Boshqacha aytganda tadqiqotlarning maqsadi o’tkaziladigan turlanish zaminida nimalar yotganligini belgilaydi.
Bozor konyukturasi mamlakat iqtisodiy holatiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Shuning uchun tovar bozorining tahlili quyidagi ikki yo’l bilan olib borilishi mumkin:
Agar konyukturaning o’zgarish darajasi va tendentsiyalarini bilish ko’zlansa, u holda uning belgilangan dinamikasi o’rganiladi;
Agar konyukturaning ma’lum muddatga bo’lgan ahvolini bilish zarur bo’lsa, unda tovarning bozordagi hayotiy yo’li o’rganiladi, aniq bosqichi belgilanadi va tahlil qilinadi.
Butun yig’ilgan axborotlar uch qismga bo’linadi. Birinchisiga, konyukturani oldingi davrda tasvirlangan ma’lumotlari kirib, hozir ularning hech qanday aloqasi yo’q. Ikkinchisiga, konyukturaning hozirgi ahvolini bildiradi, ammo u istiqbolga ta’sir ko’rsata olmaydi. Uchinchisi, konyukturaning kelajakdagi o’zgarishini aniqlaydi. Konyukturaning tahliliy bozorning ayrim tomonini ifodalovchi ko’rsatkichlargina emas, balki uning kompleks holatini tasvirlovchi barcha axborotlar va statistika ma’lumotlariga asoslanishi kerak.
Konyuktura axborotnomasi – konyukturaning tahliliy shakli hisoblanadi. Bu xujjat bozorning holatiga ta’sir etuvchi barcha omillar to’g’risidagi, ularning o’zaro aloqalari hamda konyukturaning umumiy o’zgarishini ifadolovchi qonuniyatlarini o’zida mujassamlashtiradi. Mamlakat iqtisodiy doirasida konyukturani tahlil qilish quyidagi ko’rsatkichlarga asoslanadi:
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, qishloq xo’jaligi investitsiya, transport, tovar muomalasi ko’rsatkichlari, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar sotilish hajmi, pul muomalalari kapital aylanishi, baholar dinamikasi, ishsizlik va inflyatsiya darajalari. Mikroiqtisodiy ko’rsatkichlarga tovar bozorlari holati, talab va taklif, baho, talbning qondirilish darajasi, tovar ishlab chiqarish, yangi korxonalar qurilishi va boshqalar kiradi. Yuqoridagi ko’rsatkichlarning umumiy tomoni shundaki, ular bir-biri bilan bog’liq va davlat iqtisodiyoti bir bosqichdan ikkinchisiga o’tganda ularda o’zgarish ro’y beradi. Yalpi milliy mahsulot, shaxsiy iste’mol, davlat buyurtmalari, yalpi kapital qurilishi, tovar va xizmatlarni eksport va import qilish ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. Bu ko’rsatkichlarni hisoblashda noaniqliklar ro’y bersa ham oxirgi talab hajmi har doim mamlakat iqtisodiyoti holatini baholashda muhim o’rinni egallaydi. Mamlakat iqtisodiyoti konyukturasida ro’y beradigan barcha o’zgarishlar manbai bo’lib ishlab chiqarish sohalari hisoblanadi. Iqtisodiyotda sanoatning ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, uning ko’rsatkichlarining ahamiyati shunchalik yuqori bo’ladi. Sanoat ishlab chiqarishning asosiy ko’rsatkichi.
Do'stlaringiz bilan baham: |