xosildorligini va sifatini oshirish, chorvachilik mahsulotlarining samaradorligini
ko’paytirish, qishloq xo’jalik ekinlarini kasallik va zararkunandalardan
himoyalash, turli hildagi o’simliklarning rivojlanishiga tashqi ta’sir etuvchi nobop
faktorlarning oldini olish, qishloq xo’jaligining zamonaviy usullarini tadbiq qilish
mamlakatimiz qishloq xo’jaligiga yuqori texnologiyalarni tadbiq qilishga va
xo’jalik yuritishning raqamli usullarini keng miqyosda qo’llashga qaratiladi. Ushbu
maqolada esa mualliflarning taklif etilayotgan kontseptsiyaga nisbatan tanqidiy
fikrlari, uni rivojlantirish bo’yicha takliflari va bu yo’nalishdagi bir qancha
kontseptsiyasini to’laqonli tadbiq etishning eng asosiy masalalari sifatida
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Mavjud suv, energetika, mineral, material va texnik resurslardan foydalanishnig
eng yangi va tejamkor raqamli texnologiyalaridan foydalanish;
Zamonaviy raqamli information texnologiyalar va boshqaruv tizimlari yordamida
ochiq va yopiq yer maydonlarida tomchilab sug’orish tizimlarini keng miqyosda
ishlatish;
Jahonning turli mamlakatlarida ishlab chiqilgan zamonaviy texnologiyalar
yordamida ochiq, yopiq va yarim yopiq yer maydonlarida hamda teplitslarda
mahalliy va turli xildagi tropik o’simliklar yetishtirishni yo’lga qo’yish;
Sun’iy substratlardan foydalangan xolda perlitlar va aeron texnologiyalari
yordamida mahsulotlar yetishtirish hamda ularni yaqin va uzoq mamlakatlarga
eksport qilish;
Zamonaviy aeroponika va gidroponika usullaridan foydalangan xolda aqlli
teplitslarda jahon bozorida talabgor bo’lgan ekologik toza qishloq xo’jalik
mahsulotlari yetishtirish;
Respublika uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan oziq-ovqat havfsizligini ichki
va tashqi investitsiyalar jalb qilish orqali ta’minlash maqsadida qishloq xo’jaligini
boshqarish uchun perspektiv raqamli texnologiyalarni qo’llash;
Qishloq xo’jaligiga turli xildagi zamonaviy resursni tejaydigan texnologiyalarni
qo’llash, shu jumladan, aniq ekuvchi mexanizmlardan foydalanish, xar bir birlik
ekin maydoniga qancha mineral o’g’it ketishini aniq bilgan xoldaturli xildagi
o’g’itlarning sarfini kamaytirish;
Turli xildagi qishloq xo’jalik ishlarini amalga oshirish xamda ularning hisobini
aniq yuritish uchun navigatsion GPS-qurilmalar bilan ta’minlangan qishloq
xo’jalik mexanizmlari va texnologik jihozlardan foydalanish;
Qishloq xo’jalik texnikasini va jihozlarini boshqarish, chorva mollariga qarash,
sut sog’ish va shu kabi ishlarni amalga oshirish uchun robototexnika vositalaridan
foydalanish;
Yer resurslaridan foydalanishni hisobga olish, qishloq xo’jalik ekinlarining
holatini nazorat qilish, ularni kasallik va zararkunandalardan himoyalash hamda