Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Kontent (mazmuni) bo’yicha esa elektron ma’lumotlar quydagi asosiy turlarga
bo’linishlari mumkin:
o
Ommaviy iste’mol uchun (ommaviy bozor uchun) mo’ljallangan
ma’lumotlar – information agentliklar, yangiliklar portallari, ma’lumotnoma
servislari, ob-havo bashorati, xuzuqiy ma’lumotlar, ommaviy axborot
vositalari;
o
Moliyaviy, birja, statistik va biznesga oid ma’lumotlar, yangiliklar, bozor
haqidagi ma’lumotlar, jahon OAV daydjestlari va turli biznes jurnallaridagi
ma’lumotlar;
o Ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar – universitetlar va ta’lim muassasalari saytlari,
ilmiy jurnallargagi ma’lumotlar, ta’lim protallari va onlayn ta’limga oid
ma’lumotlar.
Zamona zayliga mos ravishda, ishbilarmonlikka oid yangiliklar yetkazib
beruvchilar keyingi yillarda o’quvchilar va elektron hizmatlar iste’molschilari
bilan muloqotni asosan elektron usulda olib bormoqdalar. Bunga ayniqsa o’quvchi
yoshlar juda o’rganib qolib, qog’oz ko’rinishidagi ma’lumotlardan minimal
miqdorda foydalanmoqdalar. Ushbu tendentsiya keyinchalik ham yanada kuchayib
borishi kutilmoqda.
Quyida elektron ko’rinishdagi ma’lumotlarning aylanishiga bir misol sifatida
umumiy ovqatlanish sohasidagi elektron tijoratda elektron ma’lumotarning qanday
ishlatilishini ko’rib chiqamiz. Hozirda ushbu sohadagi rivojlanishning asosiy
tendentsiyasi restoranlardan ovqatlarni xo’randalarga onlayn usulda yetkazib
berish bo’lib qoldi. Bunday hizmat turini restoran va kafelarning o’zlari jam va
faqat shu ish bilan shug’ullanishga mutaxassislashgan kompaniyalar ham amalga
oshira oladilar. AddVenture kompaniyasining ma’lumotlariga ko’ra, Rossiyada
ushbu hizmat turi bozorining hajmi hozirgikunda (2018) $1,8 milliard dollar
atrofida ekan va bu bozor asosan Moskva va Sankt-Peterburgga o’xshash katta
shaxarlarda mavjud ekan. Halqaro bozorda esa ovqatlarni onlayn yetkazib berish
bilan FoodPanda, Lieferheld, Lieferando.de, GrubHub va JustEat kompaniyalari
shug’ullanadilar. Ovqatlarni onayn yetkazib berish bilan shug’ullanadigan
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
kompaniyalarining
biznes-modellari
quyidagiga
asoslangan:
Agregator-
kompaniyalar barcha hamkor restoranlar to’g’risidagi kerakli ma’lumotlarni, shu
jumladan, menyu, baholar, yetkazib berish shartlarini xo’randalarga intenet orqali
taqdim etadilar (https://vc.ru/p/deliveryclub-50). Agregatorlarni ko’rsatgan narxlari
restoranlarning portallarida keltirilgan narxlar bilan bir xil bo’lishi kerak.
Agregator-kompaniya xar bir operatsiyadan oldindan kelishilgan miqdordagi
daromad
oladi.
Bunday
modeldan
foydalanilganda
biznesning
barcha
ishtirokchilari o’z ulushlarini oladilar, ya’ni, agregator masshtab (ko’lamlilik)
effektidan daromad oladi, restoranlar iste’molchilar soni k’paygani tufayli daromad
oladi, xo’randalar esa sifatli va qulay servisdan foydalanadilar. Keyingi yillarga
ovqatni 10-15 daqiqada yetlazib berish servisi ham yo’lga qo’yildi. Bunga misol
bo’lib, UberEATS ni keltirishimiz mumkin. Ko’rib chiqilayotgan bozorda
muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun tanlangan bozordagi iste’molchi-
xo’randalarning xoxish-istaklarini, qaerda va qanday ovqatlarni xush ko’rishlarini
yaxshilab o’rganish kerak bo’ladi. Masalan, Moskvada sushi zakaz qilishi yaxshi
ko’rishsa, Peterbergda pitstsani ma’qul ko’rishdai, Senegalda esa muzqaymoqni
afzal ko’rishsa, Malayziyada Starbucks kofesini, Qozogstonda frantsuz
bulochkalarini, Toshkentda esa oshni ko‘proq zakaz qilishadi. Ovqat zakaq qilish
ba’zi mamlakatlarda onlayn amalga oshirilsa, boshqalarida call-markazlar
vositasida qilinadi. Biznes tashkil qilishda shularni ham hisobga olish kerak
bo‘ladi, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: