Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


 Elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet342/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

11.4. Elektron tijoratning rivojlanish istiqbollari 

 

Hozirgi  davrda  ko’pchilik  mutaxassislar  elektron  tijorat  rivojlanishining  



kelajak istiqbollari bilan juda ham qiziqadilar, chunki agar bunga e’tibor berilmasa, 

har qanday biznes ham kelajakda yangi turdagi biznes modellarning tezkorlik bilan 

rivojlanishi  oqibatida  norentabel  bo’lib  qolishi  yoki  barbod  bo’lishi  mumkin.  Bu 

masala  bo’yicha  eng  ishonchli  manba  soha  perofessionallarning  fikrlarini 

o’rganishdir. Compo agentligining B2B e-commerce bo’yicha agentligi analitiklari 

Rossiya  e-commerce  bozori  ekspertlaridan  2018  yildan  so’ng  elektron  tijoratda 

kutiladigan trendlar bo’yicha so’rov o’tkazishdi va olingan natijalar «What Is the 

Future  of E-commerce  in 2018  and  Beyond?  10 Trends  Transforming  How 

We Shop  Online»  deb  nomlangan  Gerbert  Lui  ning  maqolasida  keltirilgan. 

Mahsulotlarni  ikki  soatda  yetkazib  berish,  sun’iy  intellektdan  hamda  dronlardan 

foydalanish  kabi  alohida  muvaffaqiyatlarga  qaramay,  bu  sohadagi  uzoq  muddatli 

muvaffaqiyat  tezkor  rivojlanishni  ta’minlab  beradigan  bozor  imkoniyatlarini 

tushunishga asoslangan bo’ladi. Shopify kompaniyasining xodimi Gerbert Lui bu 

sohadagi quyida tavsif etilgan o’nta asosiy trendni ko’rsatib o’tdi: 

 

Elektron tijorat tez sur’atlar bilan rivojlanishiga qaramay,  elektron savdoga 



chakana  savdoning  bor-yo’g’i  9,1%  to’g’ri  kelar  ekan.  Demak, 

yo’nalishning tezkorlik bilan rivojlanishi kutilmoqda; 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 



  On-layn  bozorda  odatiy  B2C  bilan  bir  qatorda  B2B  deb  atalgan  gigant 

biznes ham rivojlana boshlaydi; 

 

Elektron  tijoratning  yanada  ko’proq  avtomatlashuvi  hozirgi  zamon 



biznesining real rivojlanish yo’nalishi deyish mumkin; 

 



Iste’molchilarning  turli-tumanligi  elektron  tijoratga  katta  o’zgarishlar  olib 

kelishi kutilmoqda; 

 

Ertangi kunning yana bir yechimlaridan biri ko’p kanalli elektron savdodir; 



  Halqaro  elektron  savdo  imkoniyatlari  yanada  kengayadi  va  uning  yangi 

usullari kashf qilinadi; 

  Elektron  savdoda  mobil  qurilmalardan  foydalanish  ko’lami  yanada 



ko’payadi va bu amalning murakkablik darajasi biroz ortadi; 

  Ijtimoiy tarmoqlar va media vositasidagi sotuvlar hajmi yanada ortadi; 



  Google  ning  mikro-momentlari  jarayonlarni  optimallashtirish  uchun  bir 

vosita sifatida ishlatilina boshlaydi; 

 



Elektron  tijoratda  iste’molchi  bilan  ishlab  chiqaruvchi  o’rtasidagi  o’zaro 

muloqotda content katta ahamiyat kasb eta boshlaydi. 

 

Oxirgi  besh  yilda  chakana  savdoning  umumiy  savdodagi  hajmi  5,4%  dan 



9,1% gacha o’sdi. Demak, bu sohada amaliy jihatdan cheklanmagan imkoniyatlar 

mavjud ekan. Tezkorlik bilan rivojlanayotgan kompaniyalar yangi raqobatchilarni 

aniqlab,  ularning  muvaffaqiyatlari  sirlarini  aniqlashlari  va  o’zlari  uchun  yangi 

imkoniyatalar  izlab  topishlari  zarur  bo’lib  qoladi.  Masalan,  keyingi  yillarda 

internet-korxonalarda yangi trend paydo bo’la boshladi  – ular oflaynda ishladigan 

savdo  nuqtalari  sotib  olib,  ularni  ishlata  boshladilar.  Online  to  Offline(O2O

turidagi tijorat odatiy raqamli texnologiyalarga yangi hayot bag’ishlashi mumkin. 

Boshqa  tomondan  esa  chakana  savdo  gigantlari  ham  iste’molchilarga  raqamli 

dunyoda  an’anaviy  magazinlarga  o’xshash  bo’lgan  imkoniyatlar  taqdim 

etayaptilar. Yuqoridagi ikki jarayonni bir so’z – omnikanallilik deb atash mumkin. 

2018-yildan boshlab Ozon, Wildberries, Globus va Ashan kompaniyalari online 

riteyl  orqali  mahsulotlar  savdosini  boshlaganlar.  Compo  kompaniyasining  B2B 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

loyihalar bo’yicha rahbarining bildirishicha, online chakana savdo hajmi haridorlar 



ko’payishi  tufayli  o’sib  bormoqda,  chunki  uch-to’rt  yillar  avval  online  harid 

qilayotgan katta avlod vakillari ham offlaynda ishlashga ancha o’rganib qolganlar. 

Agarda  onlayn  va  offlayn  bir-biriga  o’zaro  birikib  ketsa,  u  xolda  omnikanallilik 

onlayn  savdoda  potentsial  xosil  qilishi  mumkin.  Oflayn  magazinlar  esa  onlayn 

zakazlar  topshiriladigan  punktlar  rolini  o’ynay  boshlaydi.  Alibaba  Group 

kompaniyasining  tajribasiga  ko’ra,  omnikanallilik  xossasi  kompaniyaning 

sotuvdan  bulutli  yechimlargacha  hamda  o’z  mustaqil  to’lov  tizimigacha  bo’lgan 

butun bir ekotizimdir. Masalan,  Wildberries da bir necha yillardan buyon har bir 

registratsiya qilingan foydalanuvchining ichki  elektron hamyoni mavjud. U orqali 

zakaz  pulini  to’lash  va  tovar  qaytarilgan  taqdirda  pullarni  qaytarib  olish  ham 

mumkin.  Ammo  omnikanallilik  ham  tarix  sahifalaridan  o’rin  olib,  yangi,  new 

retailga  asta-sekin  o’z  o’rnini  bo’shatib  bermoqda.  Bunda  kompaniya  uchun 

sotuvchi  haridorga  tovar  yoki  hizmatni  qaerda,  qanday  va  qachon  taklif  qilishi 

muhim emas, chunki barcha hollarda ham onlayn offlaynga xizmat ko’rsatadi.  

 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   338   339   340   341   342   343   344   345   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish