O‘zbekistonda xam bulutli hisoblash texnologiyalaridan foydalanishning xolati va
Mutaxassislarning fikricha, faoliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri katta axborot oqimlariga
tezkor va samarali ishlov berilishini uzluksiz ta’minlanishiga bog‘liq bo‘lgan
respublikada katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Ma’lumot markazining axborot
saqlash hajmining joriy konfiguratsiyasi 1 petabaytli 160 bleyd-serverdan tashkil
topgan va kelajakda serverlar sonini 10 petabaytgacha kengaytirish mumkin
bo’ladi. Yaratilgan ma’lumotlar markazining asosiy afzalliklari - turli xatoliklarga
nisbatan bardoshlilik va mehnat unumdorligining sezilarli ravishja oshishidir.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yo‘nalishda Huawei Tech Investment Tashkent kompaniyasi tomonidan tashkil
etilgan "
Bulutli hisoblash O‘zbekiston sammiti-2016" xalqaro anjumani bo‘lib
o‘tdi. 2017 yil 21 sentyabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish vazirligi hamda Microsoft kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik
memorandumi imzolanib, bu hujjatda AKT sohasidagi istiqbolli hamkorlik
yo’nalishlari belgilab olindi. IaaS bulut texnologiyalaridan O‘zbekistonda
avvallari xam foydalanilgan, bu esa tashkilotlarni resurs talab qiladigan mijoz va
tarmoq IT-infratuzilmasini xamda ma’lumotlarga ishlov berish moddiy va dasturiy
infratuzilmasini tashkil qilish muammolaridan holi etadi. IaaS infratuzilma
autsorsingidan foydalanib, bulutli xizmatlar iste’molchilari ortiqcha xarajatlardan
xalos bo‘ladilar. PaaS bulutli texnologiyalari O‘zbekistonning yetarlicha moddiy
bazaga ega bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi va xizmat kursatuvchi kompaniyalari
loyihalarini amalga oshirishda foydalanilishi mumkin. SaaS turiga mansub bulutli
texnologiyalar O‘zbekistonda endigina joriy qilinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu
birinchi navbatda, asosan chekka xududlarda, Internet tarmog‘iga ulanish
tezligining pastligi bilan bog‘liq. Biroq kelgusi yillarda SaaS xizmatlari eng ko‘p
talab qilinadigan xizmatlardan biriga aylanadi, chunki so‘nggi yillarda bulutli
yechimlarning qo’llanilish kulami jahon bozorida jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda
va butun dunyo bo‘ylab katta o‘sish sur’atlari ko’payishi aynan SaaS yo‘nalishida
kuzatilmoqda. Ekspertlarning baholashlariga ko‘ra, jahon tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, davlat hukumati muassasalaridagi katta hajmli axborotlar eng
takomillashgan yondashuvlarni talab qilganligidan aynan davlat sektorida SaaS
xizmatlari uchun eng barqaror talab shakllanishi mumkin.
Quyidagi jadvalda O‘zbekistonda tashkil etilgan ma’lumotlar-markazida (data-
center) o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bir qancha kompaniyalar xaqida qisqacha
ma’lumotlar keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: