Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Ilm va texnologiya xududlari (regionlari) bir butun ma’muriy (administrativ

hududning  chegaralari  bilan  teng  keladigan  kattalikdagi  xududlarni  egallashi 

mumkin.  Bunday  xududning  iqtisodiyotida  texnopark  tuzilmalari  bilan  qo’llab-

quvvatlanib  turiladigan  innovatsion  faoliyat  katta  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Bu 

yerda ilmiy ishlab chiqarish komplekslari bir butun bo’lib ishlaydi, shuning uchun 

ham  ilmiy  markazlarda  yaratiladigan  yangi  texnologiyalar  darhol  ishlab 

chiqarishga va amaliyotga tadbiq qilinadilar. Ilm-fan va texnologiya xududida yirik 

ilmiy  tashkilotlar  va  ishlab  chiqarish  korxonalari  faoliyat  ko’rsatadilar.  Bu 

kompleksga  yana  ishlab  chiqarish  va  maishiy  hizmat  ko’rsatish  infratuzilmalari, 

kichik  va  o’rta  biznes  korxonalari,  moliyaviy  institutlar  va  fondlar,  dam  olish 

zonalari va madaniy tashkilotlar kiradi. Bunday ilm-fan xududining rivojiga tabiiy 

sharoitlar,  madaniy-ma’naviy  holat  va  unga  jalb  etilgan  inson  kapitalining 

hususiyatlari  katta  ta’sir  ko’rsatadi.  Fan  va  texnologiya  xududi  o’z  tarkibiga 

texnopolislarni,  texnoparklarni,  inkubatorlarni  olib,  ilmiy  va  ishlab  chiqarish 

faoliyatini qo’llab-quvvatlaydigan keng infratuzilmaga ega bo’ladi.  

Kichik  innovatsion  firmalar  orasida  alohida  o’rinni  “tavakkalchilik”  asosida 

ishlaydigan  venchur  firmalar  egallaydi.  Ular  juda  moslashuvchan  va  samarali 

kichik korxonalar bo’lib, tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lgan raqamli innovatsion 

loyihalarni  (yangi  ilmiy-texnik  yechimlarni)  tekshirib  ko’rish,  qayta  ishlash  va 

amaliyotga  tadbiq  qilish  uchun  hizmat  qiladilar.  Ba’zi  hollarda  esa  venchur 

firmalar  biror  bir  aniq  muammoni  hal  qilish  uchun  tuziladigan  vaqtinchalik 

tashkiliy  tuzilmalar  ham  bo’lishlari  mumkin.  Bunday  korxonalar  juda  faol 

ishlaydilar, chunki ularning xodimlari va hamkorlari yangi g’oya, texnologiya yoki 

ixtironing  amaliyotga  tadbiq  qilinishiga  shaxsan  qiziqadilar,  ya’ni  ular  buning 

natijasida  kattagina  daromadga  ega  bo’lishlari  mumkin.  Venchur  korxonalar 

chuqur bilim va ilm-fan talab qiladigan iqtisodiyot tarmoqlarida (masalan, quyosh, 

shamol,  mini  suv  va  bioenegetika  sohalarida,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini 

innovatsion  usullar  yordamida  qayta  ishlash,  saqlash  va  yetishtirish  kabilarda

keng  tarqalganlar  va  bu  yerda  ular  aniq  yo’nalishdagi  amaliy  ilmiy  izlanishlar 

hamda katta moliyaviy natija keltirishi mumkin bo’lgan injener-texnik tadqiqotlar 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

olib boradilar. Raqamli iqtisodiyot sohasida venchur biznesning alohida ahamiyati 



quyidagilardan iborat: 

  Venchur biznes yangi innovatsion hayot tarziga moslashgan korxonalar hosil 



bo’lishiga  olib  kelib,  an’anaviy  ilmiy  izlanishlar  tizimiga  ta’sir  qiladi  va 

mamlakatning  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  zamonaviy  ijobiy  o’zgarishlarga 

olib keladi; 

  Yuqori  malakali  mutahassislar,  injener-texnik  xodimlar  va  olimlarning 



bandligini ta’minlab, ularga bo’lgan talabni oshiradi; 

 



Iqtisodiyot  an’anaviy  tarmoqlarining  texnik  va  texnologik  jihatdan  qaytadan 

jihozlanishiga erishish imkonini beradi; 

 

Yirik  korxona,  tashkilot  va  korporatsiyalarga  o’z  tuzilishini,  faoliyat 



yo’nalishini  va  maqsadlarini  zamona  talablariga  mos  ravishda  o’zgartirishga 

namuna sifatida hizmat qiladi; 

 

Venchur  biznesning  turli  hil  mamlakatlardagi  ko’p  yillik  tajribasidan  shu 



ma’lum  bo’ladiki,  mamlakatimizning  uzoq  muddatli  maqsadlarini  amalga 

oshirish  uchun  venchur  kapital  asosida  faoliyat  ko’rsatadigan  maxsus  moliya-

kredit  tizimini  yaratish  zarur  (masalan,  venchur  biznes  korxonalari  uchun 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish