oshirilgan yirik loyihalarning birida tizimning katastrofaga chidamliligiga aktiv va
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
imkoni bo’lmaganda
Citrix NetScale Global
balansirovkachi foydalanuvchilari
rezerv
SOD
ga ulab turgan. Boshqa bir loyihada esa
SOD
lar parallel ishlganlar,
eng kritik ish joylarining katastrofalarga chidamliligi esa taqsimlangan klaster
yordamida amalga oshirilgan. Foydalanuvchilar ham o’z navbatida yangi
texnologiyaning afzalliklarini tushuna boshladilar.
VDI
ishlatilishi tufayli bulutli
platformalarni yaratish va yangilashni bir namunadan foydalangan xolda amalga
oshirish, ish joylarini tashkil qilishni soddalashtirish va bir qancha fizik ish
stantsiyalarini nozik mijozlar uchun ajratish mumkin bo’ldi. Bu ayniqsa, bir
qancha moliyaviy tashkilotlarni o’ziga integratsiya qilgan va meros sifatida turli-
tuman texnikalarga hizmet ko’rsatishi kerak bo’lgan banklar uchun mo’ljallangan
loyihada muhim ahamiyat kasb etdi.
VDI
lardan foydalanish bir qancha
muammolarni hal qilish imkonini yaratdi va kompaniyaga yangidan qo’shilgan
tashkilotlarning xodimlari qiyinchiliklarsiz standart ish joylariga o’tdilar.
VDI
larning yaqin kelahakda o’zgarishiga ilib keladigan tendentsiyalar jumlasiga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Ularning birinchisi, virtual stantsiyalar ichdagi
grafikaning tezlashishi, unga 3D-tizimlarning, grafik tahrirlagichlarning,
mul’timediya uskunalarining, HD imkoniyatlarning markaziy protsessorga ishni
kamaytirish maqsadida qoshilishi. Bular katta hisoblash resurslarini talab qiluvchi
dasturlar ishga tushirilganda vujudga keladigan muammolarni hal qilishga yordam
beradi. Ikkinchi tendentsiya – mobil qurilmalar soning ko’payishi va ularni
ishlatish uchun bulut (
cloud
) dan foydalanilishi. VDI texnologiyasi yordamida
mobil qurilmalar eskirib qolgan ilovalar bilan ham ishlash imkoniyatiga ega
bo’ladilar va o’zlari ham dunyoning istalgan nuqtasidan korporativ ilovalarga kira
oladigan nozik mijoz bolib qoladilar. Uchinchi tendentsiya – hisoblash resurslari
va ma’lumotlarni saqlash tizimlaridagi hususiyatlarni bir vaqtning o’zida amalga
oshira oladigan giperkonvergent tizimlarga bo’lgan qiziqishning ortishi. Chunki bu
hususiyat
gorizontal
chiziqli
mashtablashtirishni
kafolatlab
beradi.
Giperkonvergent tizimlar biznesning o’sish bosqichida hisoblash quvvatlarini tezda
ko’paytirish imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida shaxsiy va gibrid bulutlar yaratish
uchun juda qulaydir.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Shaxsiy, korporativ va ommaviy bulut (
cloud)
larning o’ziga yarasha
koamchililari va afzalliklari mavjud bo’lib, ularning har brining o’z ishlatilish
joylari bor albatta. Jahon miqyosida esa ommaviy bulutlar ko’proq rivojlanayapti.
Konvergent tuzilmalarda hosil qilinadigan gibrid bulutlarning rivojlanishi
an’anaviy ilovalarda ko’proq ishlatilayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: