Hususiy bulut (Cloud) ni tashkil qilish
Lekin shuni ham alohida ta‘kidlash kerakki, bir necha kun davomida raqamli
transformatsiyaga erishish juda murakkab masala va fors-major holatlardagina
muvaffaqiyatli amalga oshishi mumkin. Katta kompaniyalarda esa raqamli
transformatsiya asta-sekinlik bilan amalga oshadi.
Accenture
kompaniyasining
texnologik strategiya amaliyoti bo’yicha menejeri A.Stepanov korporativ bulutli
platforma yaratish talribasi bo’yicha o’z tajribasini o’rtoqlashgan. Bir oyda
hizmatiga 25 mingdan ko’proq talab bo’lgan kompaniyada quyidagi muammolar
bo’lgan: kompaniyaning 60% dan ortiq jihozlari ishlab chiqaruvchi tomonidan
qo’llab-quvvatlanmay qolgan, kompaniya biznes yuritishi uchun hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo’lgan tizimlar texnik jihatdan qo’llab-quvvatlanmay qolingan,
texnik jihozlar ko’p davr mobaynida yangilanmagan va shuning uchun ham
biznesning ko’payib ketgan vazifalarini eplay olmay qolgan. Huddi shu sabablar
tufayli kompaniyaga yangi infratuzilma tashkil qilish zarur bo’lib qolgan.
Kompaniya o’z rivojlanishining optimal vektoriga ega bo’lish maqsadida joriy
faoliyatiga bulutli (
Cloud
) platformani tadbiq qilish va uning vositasida biznesning
va informatsion texnologiyalarning o’zaro aloqasini o’zgartirishga qaror qildi.
Bulutli texnologiyani tadbiq qilish qarori ushbu holda
IT
-resurslarni qayta ishlash
jarayonining tezlashishi, iste’molchilar orasida quvvatlarning dinamik
taqsimlanishi mumkinlgi, aktual masalalar uchun
IT
-resurslarni qaytadan ishlatish
mumkinligi
va
servis
sifatini
buzmadan
turib,
hisoblash
resurslarini
mashtablashtirish mumkinligi tufayli qabul qilindi. Bulutli platformani
tanlashning iqtisodiy afzalliklariga biznes tarkibiy qismlari o’zaro hisob-
kitoblarining shaffofligini, aniq billing qilish imkoniyatlarini,
IT
-infratuzilmaga
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo’lgan sarf-harajatlarning ishlatilganiga qarab to’lanishi (
pay as you go
) kabilarni
ko’rsatishimiz mumkin. Bu bilan bog’liq ishlar 2016 yil oktyabirda boshlangan
bo’lib, texnik-iqtisodiy asoslash va jihozlarni tanlash uchun bir yarim oy muddat
ketgan, chunki biznesga bulutli texnologiyalarga o’tishning afzalliklarini yotiqlik
bilan tushuntirish kerak bo’lgan. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, bu ish juda ham
muhim hisoblanadi, chunki ko’pchilik
IT
-loyihalar biznes uchun afzalliklar
borligiga ishonch yo’qligi tufayli amalga oshmaydi. Texnik xujjatlarni, sarf-
harajatlarni va resurslarni hisobga olish modelini tuzish uchun to’rt oy talab
qilingan. Shulardan so’nggina jihozlar yetkazib berilgan va o’rnatilgan, xususiy
bulut ishga tushirilgan hamda informatsion tizimlarning unga joylashtirilishi
boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |