Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Ethereum

  deb  nom  berilgan.Kriptovalyuta  texnologiyalari  kelajagiga  optimistik 

qarashlar  ko‘plab  to‘siqlarga  duch  keladi.  Kriptovalyutalar  haqidahatto  bir 

daqiqaga  esdan  chiqaradigan  bo‘lsak,  normarkazlashuv  trendi  haqiqatda  katta 

salohiyatga  ega  ekanligini  tan  olmaslik  juda  qiyin.  Agar  uni  inqirozdan  keyingi 

davrda  Uoll-Strit  va  Vashington  doirasida  tobora  ko‘proq  kuch-qudrat 

markazlashuv  trendi  bilan  taqqoslaydigan  bo‘lsak,  bu  ikki  egizak  yonma-yon 

ketayotgan  emas,  balki  bir-birining  qarshisidan  kelayotgan  poezdlarni  eslatib 

yuboradi.  Ehtimol,  biz  global  ijtimoiy  o‘zgarishlar  –  uyg‘onish  davrida  bank  ishi 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

va milliy davlatlar keyinchalik ularning atrofida jamiyatning pul va iqtisodiy tizimi 



vujudga kelishi lozim bo‘lgan ikkita asosiy hukumat markazi sifatida shakllangan 

XVI  asrdan  keyingi  tarix  davomida  eng  kuchli  o‘zgarishlar  bo‘sag‘asida 

turgandirmiz.Darhaqiqat,  buyumlar  interneti  asridaan’anaviy  pul  tizimiga 

asoslangan texnologiyalarfoydalanuvchilarni to‘lov  tizimlaridagi takomillashtirish 

bilan  hayron  qoldirishning  har  xil  usullarini  izlaydilar.  Mobil  bitkoin  hisob-

kitoblarining  ustuvor  vositasiga  aylangan  smartfon,  shu  bilan  bir  vaqtda,hisob-

kitoblarni amalga oshirish usullarida inqilob qilishga intilayotgan moliyaviy-texnik 

kompaniyalarining  diqqat-e’tibori  markaziy  o‘rin  olmoqda.Kredit  kartalari  bilan 

hisob-kitob  qilish  an’anaviy  texnologiyalrida  ham  global  o‘zgarishlar  ro‘y 

bermoqda. 



Square

kompaniyasidan kontakt kartalari o‘qish uchun portativ qurilma 

millionlab kichik biznes vakillari – masalan, taksichilar yoki xot-dog sotuvchilarga 

o‘z smartfon va planshetlarini mobil protsessing qurilmalariga aylantirish imkonini 

berdi.  Bitkoynchilar  odatda  kredit  va  debet  kartalar  havfsizlik  darajasi  yetarli 

emasligidan asosli ravishda shikoyat qiladilar, chunki ularning tizimifoydalanuvchi 

shaxsi  haqida  axborot  uzatishga  bog‘liq  bo‘ladi,  biroq  ta’kidlash  joizki,  hozirgi 

paytda tarmoqda bunday ma’lumotlar havfsizligi sezilarli darajada o‘sgan.Biroq bu 

yerda yana bir muammo mavjud: yangi texnologiyalar huquqiy tizimga kiritilgani 

sababli, ular uning ichidagi barcha pul tranzaksiyalari  harajatlarini o‘z zimmasiga 

oladi.  Yangi  texnologiyalar  provayderlarikredit  riskini  o‘z  zimmasiga  olish  va 

to‘lovlarni  qayta  ishlash  uchun  banklar  va  an’anaviy  tizimning  boshqa 

o‘yinchilariga  komission  to‘lovlar  to‘lashdan  bo‘yin  tovlash  uchun  ozgina  ham 

imkoniyatga ega emas.Yangi hisob-kitob shakllari, texnik jihatdan ilg‘or bo‘lsada, 

avvalgidek  500  yillik  tarixga  ega  bo‘lgan  markazlashgan  moliyaviy  menejment 

modeli  doirasida  qolavermoqda.  Oddiy  mijoz  uchun  bu  ikkiyoqlamalik  hech 

qanday  ahamiyatga  ega  emas,  bu  hattoki  kelajakdagi  hamkorlik  iqtisodiyoti, 

qolgan  barcha  sohalarda  insonlarning  individual  imkoniyatlarini  takomillashtirish 

yo‘nalishida rivojlanishda davom etadigan bo‘lsada, an’anaviy pullarga uzoq umr 

va’da  qiladi.  Biroq  bujon  saqlash  normarkazlashuv  yo‘nalishidagi  boshqa 

o‘zgarishlar  bilan  bog‘liq  emas.  Bu  trendlarning  barchasi  bugun  bo‘lmasa  ham, 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

taxminan  10  yildan  keyin    kriptovalyutalar  asri  kirib  kelishi  muqarrar  ekanligini 



ko‘rsatadi degan fikrdan uzoqlashish qiyin.Bu asr kelgach, kredit manbasi sifatida 

banklarning  ahvoli  nima  kechadi deb  o‘ylashga  majbur  qiladi. Ularning bu  roliga 

har  qanday  tahdid  innovatsion  texnologiyalar  vakillari  bilan  bozor  ulushi  uchun 

kurashda muzokaralar predmetiga aylanadi. Ularning ma’lum qilishicha, an’anaviy 

qog‘oz shaklidagi pullar o‘rniga keladigan kriptovalyuta tizimi banklarning kredit 

berish  qobiliyatiga  putur  yetkazishi  va  shu  tariqaxususiy  pullar  emitentlari 

funksiyasini bajarishi mumkin bo‘ladi. Agar bunday havf yuzaga keladigan bo‘lsa, 

hammamiz  kabi  jon  saqlashdan  manfaatdor  bo‘lgan  milliy  davlat  qanday  javob 

qaytarish kerakligini hal qilishi lozim. So‘nggi 500 yil ichida milliy davlat o‘zining 

moslashuvchanlik qobiliyatini  isbotlab  berdi, shu sababli,  biz  bu  safar ham  omon  

qolish va moslashish imkoniyatiga shubha bildirmaymiz.  Hulosa tariqasida davlat 

kriptovalyutasi  chiqarish  moslashuv  strategiyalaridan  biriga  aylanishi  mumkin 

ekanligi  haqida  gaplashamiz. Milliy  davlatlarning  yana  bir  shunday  strategiyasi  – 

birlashish va pul muomalasi sohasida hamkorlikni mustahkamlashdir. Biz bu nima 

bilan  yakun  topshi  haqida  tasavvurga  ham  ega  emasmiz.  Hech  nima  bilan 

tugamagasligi  ehtimoli  ham  bor.  Lekin  bunday  savollar  yuz  yilliklar  davomida 

birinchi  marta  qo‘yilmoqda.


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish