SAP
va
IBM
kabi kompaniyalarda kompyuter tizimlari yaratuvchilar xulq-
atvori va texnologiyalar o‘rtasida muvozanat topishning o‘xshash muammolariga
e’tiborni qaratadilar, biroq ular o‘z korporativ mijozlarining markazlashtirilgan va
nazorat qilinadigan muhitlarida ishlaydilar. Bunga qarama-qarshi ravishda,
kriptovalyutaishlab chiquvchilar foydalanadigan laboratoriya butun dunyoni
ifodalaydi va uning ravnaqi faoliyat ko‘rsatiladigan butun insoniyatni qamrab
oladi. Alohida shaxslar tanlovini korporatsiyanng umumiy maqsadlari bilan barcha
boshqaruv darajalarida majburiy bo‘lgan yo‘l-yo‘riqlar to‘plami yoki korporativ
qoidalarning birontasi bog‘lamaydi. Odamlar optimal xulq-atvorining dastur
dizayni ularning fikrlash tarziga qanchalik ta’sir etishi va unga qanchalik
muvaffaqiyatli stimullar tizimi kiritilganiga bog‘liq bo‘ladi. Shuni yoddan
chiqarmaslik kerakki, bitkoin va boshqa kriptovalyutalar bilan bog‘liq
muammolarni hal qilish ustida jahon miqyosida misli ko‘rilmagan quvvatga ega
bo‘lgan jamoaviy intellekt mehnat qilmoqda. Kriptoolam ochiq kodga va
markazlashmagan modelga ega bo‘lib, bu texnologiyalar byurokratik tashkilotlar
va beso‘naqay ulkan korporatsiyalar duch keladigan cheklovlarga uchramaydi.
Kriptovalyutalar sohasida nafaqat ularninghavfsizligini ta’minlash bilan, balki
ularni jamiyat uchun foydaliroq qilish yo‘llarini izlab topish bilan ham bog‘liq
bo‘lgan juda ko‘p sonli innovatsiyalar paydo bo‘layapti. Shunday qilib, bu
masalada juda katta istiqbollar yashiringan, lekin rivojlanayotgan davlatlarda ham,
rivojlangan davlatlarda ham kriptovalyutalar tarqalishi yo‘lida jiddiy to‘siqlar
mavjud. Ayrim mamlakatlarda bitkoin bilan firibgarlik operatsiyalari riski yuqori
bo‘lsa, boshqa mamlakatlarda – uni joriy qilishga mavjud an’analar va ijtimoiy
muammolar xalal beradi. Agar odamlarda shundoq ham pul ko‘p bo‘lmasa, ular
hamma joyda ham qabul qilinavermaydigan, ko‘pchilik esa bu haqida umuman
eshitmagan valyutada hisob-kitoblarning yangi, riskli shakllaridan havfsiraydilar.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Ko‘pchilik moliyaviy beqarorlikning oldini olish borasida amaliyotda sinov va
tekshiruvlardan o‘tgan usullarni – taxmondagi naqd pullar, oltin, qimmatbaho
toshlar va nihoyat, dollarniafzal ko‘radilar. Qarindoshlarga okean ortiga pul
o‘tkazish uchunWesternUnionga 11%gacha to‘lash, albatta, qimmat, lekin
ishonchli. Bundan tashqari, qonunchilik novatsiyalari ham mavjud. Rivojlangan
mamlakatlarda bo‘lgani kabi, amaldorlar kriptovalyutalar bilan bog‘liq
operatsiyalarni, shuningdek, kriptovalyutalarning umumiy pul tizimiga silliqroq
integratsiyasini ta’minlaydigan boshqa hizmatlarni litsenziyalashni joriy qilgan
holda to‘siqlar yaratishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |