Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

7. 



odob-axloq  kodeksi

:  bu  yerda  «



yovuzlik  qilma

»Google

tamoyili  bilan 

cheklnaib  bo‘lmaydi.  Taqsimlangan  mustaqil  korxonaga  maqbul  keladigan  xulq-

atvor aniq va ravshan ta’riflanishi kerak bo‘ladi. 

Ehtimol,  yaqin  kelajakdataqsimlangan  mustaqil  korxonalar  hali-zamon 

paydo  bo‘lmaydi,  lekin  ular  ortida  turgan  kontseptsiya  biznes-strategiyaga  ta’sir 

etishi  mumkin.  Global  pirring  platformalari  rivojlanishi  bilanshaxsni  tasdiqlash, 

ishonch  asosida  munosabatlar  o‘rnatish,  nufuz  shakllantirish  va  tranzaksiyalar 

o‘tkazish  uchun  ko‘pchilikning  muvaffaqiyatga  erishishiga  hizmat  qilishi  lozim 

bo‘lgan  yangi  firma  tuzilmalarini  yaratish  mumkin.  Yuqoridagilarni  diqqat  bilan 

o’qib  chiqqan  bo’lsangiz,  siz  boylikni  demokratik  ruhda  taqsimlashni 

ta’minlaydigan va tarmoqni muvozanatdan olib chiqishga yordam beradigan yangi 

biznes-modellar  haqida  ancha  narsalarni  bilib  oldingiz.Umuman  olganda,  uzoqni 

ko‘zlab  ish  yuritadigan  kompaniyalarblokcheyn  iqtisodiyotida  ishtirok  etishga 

harakat qiladilar. Rivojlanayotgan dunyoda qiymat yaratishni (

tadbirkorlik tufayli

va  qiymatda  ishtirok  etishni  (



kompaniyadagi  taqsimlangan  mulkchilik  mexanizmi 

orqali

)  taqsimlash  mexanizmi  muvaffaqiyatga  erishish  paradoksini  hal  qilishga 

qodir  deb  o’ylaymiz.Alohida  shaxslar  yoki  markazlashtirilgan  vositachi-ilovalar 

emas,  piring  tarmoqlari  qatnashchilari  tomonidan  jarayonlarni  modernizatsiya 

qilish  va  avtomatlashtirish  yuqorida  qayd  qilingan  qator  ustunliklar  keltirishga 

qodir bo’ladi, shu jumladan: 

•  tezlik o’sishi (

boshdan-oxir avtomatlashtirish

); 


•  harajatlarning  kamayishi  (

amalda  bu  cheksiz  ma’lumotlar  hajmini  qayta 

ishlash  markazlariga  yetkazish  bilan  bog‘liq  vabunda  qimmatga  tushadigan 

vositachilar istisno qilinadi

); 


•  foyda,  natijaviylik  va  yoki  unumdorlikni  oshirish  (

ortiqcha  resurslarni 

ulardan takroriy foydalanish uchun bo‘shatish

); 


•  samaradorlikni  oshirish  (

kiritilgan  nazorat  reglamentlari  va  inson  omilining 

ta’sirini pasaytiradigan boshqa protokollar

); 


•  axloqiylik va havfsizlikni oshirish (

shaxsiy  ishonch  talab  qilinmaydi,  chunki 

ishonch tarmoq arxitekturasiga kiritilgan bo‘ladi

); 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

•  tizimning  ishdan  chiqish  ehtimoli  pastroq  (



zaif  jihatlarni  bartaraf  qilish, 

ishdan chiqishga chidamlilik

); 


•  energiya  iste’moli  pastligi  (

energiya  sarfi  tarmoqning  o‘zi  tomonidan 

yo‘qotishlarni pasaytirish va samaradorlikni oshirish, dinamik narx shakllantirish 

va teskari aloqa sirtmoqlari bilan qoplanadi

); 


•  shaxsiy  axborotlarning  himoya  qilinishini  yaxshilash  (

vositachilar 

blokcheynda berilgan qoidalarni buzishi yoki pisand qilmasligi mumkin

); 


•  «

cheksiz  ma’lumotlar

»  to‘plash  va  tahlil  qilish  tufayli  ularni  yaxshilash 

imkoniyatlari, jarayonlar va qonuniyatlarni yaxshiroq tushunish; 

•  turli  xildagi  ham  salbiy  (



noqulay  ob-havo,  zilzila,  sog‘liq  bilan  bog‘liq 

muammolar

),  ham  ijobiy  (



qishloq  xo‘jalik  ekinlari  ekish uchun  qulay  vaqt,  xarid 

shablonlari

) hodisalarni bashorat qilish imkoniyatlarini yaxshilash. 

Taqsimlangan ochiq biznes model shuni anglatadiki, kompaniya bozorni tark 

etadigan  yoki  ishlab  chiqaruvchi  xonavayron  bo‘ladigan  bo‘lsa  ham,buyumlar 

Interneti  tarmoqlari  o‘zini-o‘zi  qo‘llab-quvvatlab  turishi  mumkin.  Blokcheyn 

texnologiyasiistalgan  shaxsga  o‘zining  rivojlanishi  va  gullab-yashnashiga 

yo’naltirilgan yo‘l xaritasini tuzishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotda ishtirok 

etish  uchun  eng  oddiy  shartlar  –  uyali  aloqa  telefnoi  va  internetga  ulanish 

imkoniyati 

yetarli 


boladi.Yuqorida 

ta’kidlaganimizdek, 

blokcheyn 

texnologiyasihar  bir  kishiga  iqtisodiy  munosabatlar  qatnashchisi  bo‘lish  imkonini 

beradigan  biznes-modellar  yaratishga  imkon  beradi.Blokcheyn  kompaniya 

yaratishning  uchta  tarkibiy  qismi  bor  –  uni  tashkil  qilish,  moliyalashtirish  va  uni 

bozorda  ilgari  surishni  atvomatlashtirish,  soddalashtirish  va  sezilarli  darajada 

takomillashtirish.  Kelejakda  bunday  kompaniyani  tashkil  qilish  qiymati  sezilarli 

darajada  pasayadi,  chunki  blokcheyn  –  korxonani  ro‘yxatdan  o‘tkazishning 

mashhur  va  ishonchli  usuli  hisoblanadi.  Mulk  hamma  uchun  ko‘rinarli,  qaydlar 

yuritish  esa  oson,  bu  ayniqsa,  qonunchilik  bilan  tartibga  solish  qiyin  bo‘lgan 

sohalarda foydali bo’ladi. Ishonchli va o‘zgarmas registrlar tufayli, tadbirkorlar o‘z 

korxonalarini va korporativ aktivlarga egalik qilishni ro‘yxatdan o‘tkazishi, tovar 

zaxiralari  va  majburiyatlarini  boshqarishi,  shuningdek,  uch  karralik  buxgalteriya 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

hisobi  yoki  blokcheyndagi  boshqa  ilovalar  uchun  dasturiy  ta’minot  yordamida 



boshqa  moliyaviy  ko‘rsatkichlardan  foyda  olishi  mumkin,  bu  esa  auditorlar, 

soliqqa  tortish  bo‘yicha  mutaxassislarga  bo’lgan  ehtiyojni  ancha  kamaytiradi. 

Smart-shartnomalar  tufaylitadbirkor  kompaniya  faoliyatining  ko‘plab  jihatlarini 

avtomatlashtirishi  mumkin,  chunonchi:  xaridlar,  mehnatga  haq  to‘lash,  kredit 

bo‘yicha  foiz,  real  vaqt  rejimida  moliyaviy  auditni  amalga  oshirish.  Bizning 

fikrimizcha,  yaqin  kelajakda  blokcheyn  texnologiyasi  yordamida  yakka  tartibdagi 

tadbirkorlikning ikkita yangi biznes modeli yuzaga kelishi mumkin: 

-  ortiqcha  narsalarni  dozalangan  tarzda  ijaraga  olish  va  ijaraga  berish. 

Blokcheyn  texnologiyasi  yordamidagi  biznes  model  individual  shaxslarga 

noan’anaviy qiymat yaratish va daromad olishga imkon beradi. 

-  ma’lumotlarni  mikromonetarizatsiyalashtirish.  Dekret  ta’tilidagi  ota-ona  va 

kichkina  bolalar  yoki  keksa  ota-onaga  qarash  bilan  band  bo‘lgan  boshqa  oila 

a’zolari  nihoyat  o‘z  uy  mehnatini  monetarizatsiyalashtirishi  va  ular  har  soat 

yaratadigan qiymat uchun e’tirofga ega bo‘lishi mumkin.  

-  raqamli  «

aqliy  hujum

».  Muammolar  yoki  qandaydir  ehtiyojlarni  aniqlash 

maqsadida  real  vaqt  rejimida  davlat  amaldorlari  va  oddiy  fuqarolarning  biror  bir 

masala  yoki  muammo  haqidagi  fikrlarini  aniqlaydigan«bitta  odam  –  bitta  ovoz» 

ko’rinishidagi onlayn-sessiyalar tashkil qilish mumkin; 

-  qasamyod  qilgan  onlayn  hakamlar  va  oddiy  fuqarolardan  iborat  bahs-

munozaralar  o’tkazilishi  ham  mumkin.  Hakamlar  axborot  bilan  o‘rtoqlashish, 

savollar  berish,  muammolarni  muhokama  qilish,  dalil-isbotlarni  bilib  olish  uchun 

Internetdan foydalanadilar. Blokcheyn nufuz tizimlari munozara qatnashchilari va 

hakamlar  nufuzi  haqidagi  ma’lumotlarni  va  ularning  tarjimai  holini  bilib  olishga 

yordam beradi. Qarorlar va muhokamalar blokcheynda qayd qilinadi; 

Blokcheyn  texnologiyasihukumatningharajatlari  hajmini  ancha  qisqartirishi 

mumkin,  lekin  buning  uchun  ko‘plab  sohalarda  yangi  qonunlar  kerak  bo’ladi. 

Mualliflik  huquqlari  va  intellektual  mulk  muammolarini  hal  qilish  uchun  ham 

texnologik va biznes-modellar mavjud. Shu sababli, patentlarning ortiqcha himoya 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

qilinishi tufayli innovatsiyalarni nobud qiladigan eski qonunlarni qayta yozish yoki 



ulardan umuman voz kechish zarur. 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish