Interoperabel bilet
– barcha turdagi transportga yagona bilet.
Insoniy kapital–
kishi va jamiyatning turli-tuman ehtiyojlarini
qondirishda foydalaniladigan bilim, mahorat va tajribalar yig‘indisi. Ta’lim,
sog‘liqni saqlash va boshqainvestitsiyalar kattaligi bilan o‘lchanadi. Bu atama
amerikalik iqtisodchi G. Bekker (1930-2014 yillar)tomonidan kiritilgan va
ushbu nazariya uchun u 1992-yilda Nobel mukofotini olgan.
Institusional xulq
–
inson tomonidan o‘zlashtirilgan jamiyat me’yorlari
bilan belgilanadigan axloqiy qoidalardir. Etika (axloq-odob)ga oid jamiyat
me’yorlari ustunlik qiluvchi institusionallashtirish darajasi qanchalik yuqori
bo‘lsa, insonning aniq tanlash ishidagi maqsadi jamiyat maqsadi bilan
shunchalik ko‘pmos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |