Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


 Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliya-bank tizimining transformatsiyasi



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

3.3. Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliya-bank tizimining transformatsiyasi 

Hozirgi  kunda  jahon  moliya-bank  tizimida  birinchi  navbatda,  raqamli 

iqtisodiyotning  elektron  to‘lov  tizimlari,  kriptovalyutalar  va  vositachilarsiz 

kreditlash  kabi  elementlarning  bozordagi  ulushi  shiddatli  o‘sishi  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan  inqilobiy  o‘zgarishlar  ro‘y  bermoqda.  Birinchi  navbatda,  mobil  to‘lovlar 

(

2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan

) va bir-birini (

peer-

to-peer – P2P

) kreditlash (



oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015 

yil aylanmasi $78 mlrd dollarga etgan

) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma’lumki, 

an’anaviy  faoliyat  sohalaridan  farqli  ravishda,  internet-kompaniyalarning  bozor 

bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali 

ma’lumotlar to‘plagan  bo‘lsa,  mahsulot  (

yoki  hizmat

)  ishlab  chiqarish  shunchalik 

arzonlashadi.Hozirgi  kunda  o‘zining  ofislari  va  bankomatlariga  ega  bo‘lmagan 

raqamli  banklar  va  moliyaviy  muassasalar  sonining  jadal  sur’atlar  bilan  o‘sishi 

kuzatilmoqda. Raqamli banklarning (

digitalbanking

) asosiy konsepsiyalari qatoriga 

mijozlarga 

yo‘naltirilganlik,    konsortsium  konsepsidanraqamli  banking 

kontseptsiyasiga  o’tish, 

CRM

  (


Customer  Relationship  Management

)  ning 


rivojlanishi, mijozlarga bo’lgan ishonchning o’sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va 

harakatchanlik  hususiyati  kiradi.  Raqamli  banklar  hizmatlari  zamonaviy  insonlar 

hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy 

tarmoqlar,  axborot  servislari,  elektron  tijorat,  internet-savdo  va  boshqalarga  kirib 

borishda kuzatiladi. Raqamli bank o‘z mijozlarigaraqamli kanallardan foydalangan 

holda  turli  xildagi  raqamli  ko‘rinishdagi  mahsulot  va  hizmatlarni  taklif  qiladi. 

Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan 

bo‘lib,  hozircha  raqamli  texnologiyalarning  tez  almashinuviga  unchalik  tayyor 

emas.  Bunday  banklarning  asosiy  vazifalari  qatoriga  mijozning  hisobraqamlari 

holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan habardor qilish, 

uning  uchun  eng  yaqin  bo’lgan  bank  bo‘linmasi,  bankomat,  almashinuv  punkti 

yoki  avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan  tashqari, raqamli  bank  o’z  mijozlariga 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

shunday  onlayn-servis  taqdim  etishi  lozimki,  ubarcha  platformalarda  ishlay  olsin 



va  o’z  faoliyatini  asosanmobil  qurilmalarga  yo‘naltirilsin.Banking  raqamli 

modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko’rsatishimiz mumkin: 

 

omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish; 



 

axborotni  boshqarishning  yangi  usullari  va  vositalarini  ishlab 



chiqish; 

 



ochiq API tizimidan foydalanish; 

 



moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat; 

 



mobil to‘lovlarning rivojlanishi; 

 



banking  sohasidagi  innovatsiyalarni  boshqarish  strategiyasini  ishlab 

chiqish va amaliyotga joriy qilish; 

 



faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish. 

Raqamli  hizmat  ko‘rsatishga  to‘la-to’kis  o‘tish  nafaqat  banklarga,  balki 

xilma-xil  bank  hizmatlaridan  tezkor  va  qulay  tarzda  foydalana  oladigan 

iste’molchilarga ham foyda keltiradi (



masalan,  harajatlarning pasayishi, muloqot 

doirasini  qamrab  olish  imkoniyati,  moslashuvchanlik,  mijozni  yaxshiroq 

bilish

).Respublika  bank  tizimida  zamonaviy  AKT  dasturiy-texnik  vositalariga 

asoslangan  innovatsion  texnologiyalar  faol  joriy  qilinmoqda.  O‘zbekiston 

Respublikasi  Markabiy  bank  Boshqarmasining  bank  tizimi  faoliyati  yakunlari 

bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya hizmatlari strukturasida 

bank  hizmatlarining  ulushi  88%ni  tashkil  qilgan  va  oldingi  yillar  bilan 

taqqoslaganda 1,2 baravarga o‘sgan. Bundan tashqari, 2019 yil uchun bank tizimi 

hizmatlari  sonini  kengaytirish  va  sifatini  yaxshilash,  bu  sohaga  zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  jadal  joriy  qilish  bo‘yicha  muayyan 

vazifalar  belgilab  berilgan.Respublikada  masofadan  turib  ko‘rsatiladigan  bank 

hizmatlaridan  muntazam  foydalanadigan  mijozlar  ulushi  ko‘plab  qulay  omillar 

tufayli og’ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi va 

naqdsiz  hisob-kitoblarga  ishonmaslik  bank  hizmatlari  ko‘rsatishning  raqamli 

kanallari  tez  tarqalishiga  to‘sqinlik  qilaypati.  Shuningdek,ta’kidlash  joizki, 

banklarning 

raqamli 


hizmatlarga 

o‘tishiuzoq  muddatli  va  serharajat, 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

aksiyadorlarlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlashni, katta miqdordaпш mablag‘lar 



ajratishni  talab  qiladigan  jarayon  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  banklar  o‘z 

mijozlariga  bir  qator  onlayn-hizmatlar  va  masofaviy  bank  hizmatlarini 

ko‘rsatmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankio‘z mijozlariga 

quyidagi onlayn-hizmatlar taklif qilmoqda: 

1) bank operatsiyalari haqida SMS orqali xabardor qilish; 

2)  amalga  oshirilgan  amallar  to’g’risida  elektron  pochta  (



e-mail

)  orqali 

xabardor qilish; 

3) mijozlar uchun personal 



IVR

-kabinet tashkil qilish. 

Mijozlarga  masofaviy  bank  hizmatlari  ko‘rsatish  va  onlayn-hizmatlar  taklif 

qilish  amaliyotining  ko‘rsatishicha,  mahalliy  banklarcheklangan  turdagi  onlayn-

hizmatlartaklif  qilmoqda,  shuningdek,  bank  faoliyatini  iste’molchilar  talablariga 

nisbatan ommalashtirish jarayoni juda sekinlik bilan ro‘y bermoqda. Agar mahalliy 

banklarraqamli  kanallar  bo‘yicha  xilma-xil  moliyaviy  hizmatlar  taqdim  etadigan 

bo‘lsa,  iste’molchilarbank  servislaridan  istalgan  vaqtda  va  istalgan  joyda 

foydalanish  imkoniga  ega  bo‘lgan  bo’lar  edilar.  Mijozlarga  masofaviy  bank 

hizmatlari  ko‘rsatish  va  onlayn-hizmatlar  ko‘rsatishni  rivojlantirish  maqsadida 

quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi: 

1)  yangi  texnologiyalar  yordamida  banklar  bilan  iste’molchilar  o‘rtasidagi 

masofani qisqartirish; 

2) mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini munazam 

maslahat asosida tashkil qilish va rivojlantirish; 

3)  an’anaviy  banklar  va  professional  tashkilotlar  o‘rtasida  raqamli  

texnologiyalarni  joriy  qilish  bo‘yicha  kollaborativ  munosabatlar  ishlab  chiqish  va 

ularni hayotga tadbiq etish; 

4) 

mijozlarni 



bank 

operatsiyalari 

o‘tkazishda 

yangi 


raqamli 

texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish. 

Bank  hizmatlarining  innovatsion  turlarini  bank  tizimiga  faol  joriy  qilish 

uchun respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish 

zarur  bo‘lib,  buning  uchunnafaqat  investitsiyalar,  balki  raqamlashtirish  sohasida 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

bizdan o‘zib ketgan rivojlangan mamlakatlar tajribalarini yaxshilab o’rganish ham 



zarur.Bank  sanoati  –  shiddat  bilan  raqamli  rivojlanishga  bo’lgan  yorqin 

misollardan  biri  bo‘la  oladi. 




Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish