Italiya va Niderlandiya). Uchinchidan, barcha band bo‘lgan aholini pensiya ta’minotini o‘zida
ifoda etuvchi tizim (Frantsiya, Buyuk Britaniya va Shvetsiya).
Fikrimizcha, pensiya ta’minoti tizimini mamlakatdagi pensionerlarni qamrab olishida
ba’zi murakkabliklar yuzaga keladi. Bular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
mehnatga layoqatli aholining o‘lim ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishi;
aholining mehnatga layoqatsiz qismining katta ulushni
tashkil etishi;
davlat majburiy pensiya tizimi bo‘yicha imtiyozlarning (asosan yoshga nisbatan)
sezilarli darajada ko‘p bo‘lishi;
mehnatga layoqatli aholining doimiy ish joyiga ega bo‘lishida muammolarning yuzaga
kelishi;
iqtisodiyotda norasmiy ish haqlarining sezilarli darajada ko‘payib ketishi.
Fikrimizcha, keltirilgan birinchi ikki muammoning vujudga kelishida ijtimoiy sohaning
boshqa bir bo‘g‘ini – sog‘liqni saqlash tizimi muhim rol o‘ynaydi. Boshqacha aytganda, optimal
tibbiy xizmatlarni rivojlantirish natijasida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi uzayadi.
Bu esa o‘z o‘rnida, pensiya ta’minoti tizimida amaliy tadbirlarni joriy etishni taqozo etadi.
Niderlandiyaning salomatlik instituti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, vazni
og‘ir va zararli odat (spirtli ichimliklar iste’mol qilish, tamaki mahsulotlari chekish va shu
kabi)larga ega bo‘lgan kishilar bunday jihatlari bo‘lmagan sog‘lom kishilarga nisbatan
iqtisodiyot uchun mos ravishda 46-91 ming AQSh dollari miqdorida kam xarajatli bo‘ladi.
Sababi, ular pensiya yoshiga etmay vafot etishlari yuqori, davlatning tibbiy xizmatlaridan
foydalanmasligi kabi
omillar bilan izohlanadi
1
.
Ushbu ko‘rsatkich masalaning bir jihati bo‘lsa, ikkinchidan demografik muammolarni
yuzaga keltiradi. Ya’ni mehnatga layoqatlilar bilan pensionerlar o‘rtasidagi nisbatning ortishiga
olib keladi. Mazkur muammolar natijasida Yevropada ushbu nisbat 1:1,5 (mehnatga layoqatlilar
/ pensionerlar)ni tashkil etadi. Uchinchidan, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining bir yilga
uzayishi YaIMga nisbatan xarajatlarni 1 foizga ortishiga sharoit yaratadi. Shu bilan birga, ushbu
mablag‘larning 75 foizi inson umrining oxirgi yillarida tibbiy xizmatlar uchun
sarflanadi
2
.
Fikrimizcha, pensiya ta’minoti tizimining qamrab olish miqyosini oshirish uchun amalga
oshirilgan tadbirlarni keng ko‘lamli shaklda isloh qilishni taqozo etmoqda. Xususan, aholi
sog‘ligi ko‘rsatkichlarini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish byudjet mablag‘larining
oshishi bilan bog‘liq bo‘lsa, buning natijasida umr ko‘rishning 1 yilga uzayishi pensiya yoshiga
etgan aholining soni oshishiga zamin yaratadi. Bu esa o‘z o‘rnida, pensiya yoshidagi aholining
ham moddiy ehtiyojlarini, ham tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabini ta’minlash zaruratini keltirib
chiqaradi.
Qayd etilgan murakkabliklarni barataraf etishda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bir qator
choralarni qo‘llamoqda. Xususan, Buyuk Britaniya 2008 yil fevralda qabul qilingan “Sog‘liqni
saqlash” kodeksiga ko‘ra “mas’uliyat mezoni” joriy qilindi. Unga ko‘ra, zararli odatlar va shu
kabi sog‘liqqa keskin ta’sir o‘tkazuvchi omillar natijasida kasallanganlarga oxirgi navbatda
tibbiy xizmat ko‘rsatilishi tatbiq etildi. Sog‘liqni saqlash tizimida davlat xarajatlarini jismonan
sog‘lom insonlarga yo‘naltirishni nazarda tutdi. Bundan ko‘zlangan maqsad, pensionerlarning
turmush
tarzi sifatini oshirishdir
3
.
Qayd etish lozim, iqtisodiy tangliklar keskinlashayotgan bir vaziyatda mehnat bozorida
nobarqarorliklar yuzaga kelmoqda. Natija ish bilan band bo‘lganlarning doimiy yoki to‘liq ishga
ega bo‘lmayotganligi pensiya ta’minoti fondlariga ijtimoiy to‘lovlar dinamikasiga ham sezilarli
ta’sir ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: