Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "ijtimoiy ta



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/180
Sana11.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#350885
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   180
Bog'liq
Ijtimoiy taminot

                                           
1
 O‘zbekiston raqamlarda / Узбекистан в цифрах. – 2014. Statistik to‘plam. O‘zbekiston Respublikasi davlat 
statistika qo‘mitasi. B.76 


Tuman  yoki  shahar  bo‘yicha  Uyda  ijtimoiy  yordam  ko‘rsatish  xizmatida  qayd  etilgan 
yolg‘iz fuqarolarga ushbu bo‘linmaning ijtimoiy xodimlari tomonidan bevosita quyidagi ijtimoiy 
xizmatlar ko‘rsatiladi: 
-
 
zarur oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga etkazib berish; 
-
 
uy-joy  ashyolari  va  kiyim-kechaklarni  yuvish,  kimyoviy  tozalashga  topshirish, 
ta’mirlash va ularni etkazib berish; 
-
 
zarur  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  ishlarida,  uy-joyni  tozalashda,  xonadon  ichidagi 
santexnik jihozlarni ta’mirlashda ko‘maklashish; 
-
 
qarindosh va do‘stlar bilan yozishmalar olib borish bilan bog‘liq iltimoslar va boshqa 
turdagi bir martalik topshiriqlarni bajarish. 
Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari 
o‘zlarida ro‘yxatda turuvchi yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ishlari bo‘yicha 
har  haftalik monitoring  olib  boradi  va ijtimoiy  xodimlarning  xizmat  ko‘rsatish  faoliyatiga baho 
beradi. Shuningdek, Markazlar yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha har 
chorak  yakunida  tegishliligiga  ko‘ra  Qoraqalpog‘iston  Respublikasi  mehnat  va  aholini  ijtimoiy 
muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
qilish bosh boshqarmalariga, ular esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini 
ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ma’lumot taqdim etib boradi. 
O‘zgalar  parvarishiga  muhtoj  yolg‘iz  fuqarolarga  uyda  ijtimoiy  yordam  ko‘rsatish 
haqidagi  Nizom
1
  bilan  Ijtimoiy  yordam  ko‘rsatish  xizmati  tomonidan  xizmat  ko‘rsatiladigan 
yolg‘iz fuqarolar toifalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra yolg‘iz fuqarolarning quyidagi toifalari 
uyda xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilinadi: 
-
 
sog‘lig‘iga  ko‘ra  o‘zgalar  parvarishiga  muhtoj,  farzandlari  (jumladan  farzandlikka 
olingan  bolalar)  va  yaqin  qarindoshlari  bilan  birga  yashamaydigan  pensiya  yoshidagi  (erkaklar 
60 yosh va undan  yuqori, ayollar 55  yosh va undan  yuqori) shaxslar,  I  va  II-guruh nogironlari, 
keksa yoki I va II-guruh nogironi bo‘lgan er-xotinlar; 
-
 
o‘zgalar parvarishiga muhtoj, voyaga etmagan yoxud I va II-guruh nogiron farzandlari 
bilan birga yashaydigan pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va 
undan  yuqori) shaxslar, I va II-guruh nogironlari, keksa  yoki I va II-guruh nogironi bo‘lgan er-
xotinlar; 
-
 
o‘zgalar  parvarishiga  muhtoj,  farzandlari  jazo  muddatini  o‘tayotgan  yoki  uzoq 
muddatli  davolanishda  bo‘lgan  (ruhiy,  sil  va  boshqa  kasalliklar)  davri  mobaynida  pensiya 
yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaxslar, I va II-
guruh nogironlari, keksa yoki I va II-guruh nogironi bo‘lgan er-xotinlar; 
-
 
farzandlari  (jumladan  farzandlikka  olingan  bolalar)  va  yaqin  qarindoshlari  hamda 
homiylari  yoki  vasiylari  bo‘lmagan  va  qonunchilikka  asosan  bepul  eng  zarur  mollarni  olish 
imtiyozidan foydalanayotgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar. 
Ikkinchi  jahon  urushi  qatnashchilari  va  nogironlari  hamda  ularga  tenglashtirilgan 
shaxslar, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, front ortida xizmat qilgan shaxslar 
uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga birinchi navbatda qabul qilinadi. 
Yuqumli  hamda  ruhiy  kasalliklarga  chalingan  shaxslar  uyda  ijtimoiy  xizmat  ko‘rsatish 
uchun qabul qilinmaydi. 
Yolg‘iz  fuqarolarning  shaxsiy  ro‘yxatlari  tuman  (shahar)  Bandlikka  ko‘maklashish  va 
aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  markazlari  tomonidan  fuqarolarning  o‘zini-o‘zi  boshqarish 
organlari  ishtirokida  aniqlanib  ro‘yxatga  olinadi  va  tuman  (shahar)  hokimlari  tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati ijtimoiy xodimlari lavozimi ushbu bo‘linmaning shtat 
jadvalida: 
-
 
qishloq joylarida - 6-8 nafar yolg‘iz fuqaroga 1 ta lavozim; 

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish