Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "ijtimoiy ta



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/180
Sana11.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#350885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
Ijtimoiy taminot

 
I BO’LIM. 
O’QUV MATERIALLAR 
 
1.1. 
MA’RUZALAR MATNLARI 
 
1-MAVZU: IJTIMOIY TA’MINOTNING MOHIYATI, ZARURLIGI VA AHAMIYATI
 
 
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI: 
 
1.1.
 
Ijtimoiy  ta’minotning  mohiyati,  zarurligi,  ijtimoiy  ta’minot  bo‘yicha 
konsepsiyalar, ularning mazmuni 
1.2.
 
Ijtimoiy ta’minot xizmatlarining turlari 
1.3.
 
Ijtimoiy ta’minotning funksiyalari 
 
Tayanch so’z va iboralar: 
ijtimoiy yordam; ijtimoiy sug’urta; ijtimoiy siyosat; ijtimoiy 
ta’minot; ijtimoiy himoya. 
 
1.1.
 
Ijtimoiy ta’minotning mohiyati, zarurligi, ijtimoiy ta’minot bo‘yicha konsepsiyalar, 
ularning mazmuni
 
Ijtimoiy  ta’minot  doimo  davlat  va  jamiyat  hayotida  markaziy  va  hal  qiluvchi  o‘rinni 
egallab  kelgan.  Mamlakatda  yashaydigan  fuqarolarda  o‘z  hayot  faoliyatining  ma’lum 
bosqichlarida  va  alohida  holatlarda  ijtimoiy  ta’minot  tizimi  xizmatlariga  ehtiyojlari  yuzaga 
keladi.  Uning  holati  mamlakat  iqtisodiy  rivojlanish  darajasiga,  mamlakatda  olib  borilayotgan 
ijtimoiy  siyosatga,  shuningdek,  mehnatkashlarning  hamda  ma’lum  sabablarga  ko‘ra 
ishlamaydigan aholi qatlamlarining ijtimoiy ahvoliga bog‘liq.  
“Ijtimoiy  ta’minot”  tushunchasining  mazmuni,  uning  holatini  belgilab  beruvchi  omillar 
bizning  mamlakatimizda  ijtimoiy  ta’minot  tizimining  rivojlanishi  bilan  shakllanib  bordi. 
Iqtisodiy  ta’limotlar  va  fanda  “ijtimoiy  ta’minot”  tushunchasining  turlicha  talqin  etilganligini 
ko‘rish mumkin. Masalan, tarixan ancha ilgari yaratilgan rus izohli lug‘atida
1
 ijtimoiy ta’minotga 
“jamiyat tomonidan u yoki bu shaxsga hayot uchun etarli bo‘lgan moddiy mablag‘larni taqdim 
etish” deb ta’rif berilgan, ushbu ta’rifda jamiyat a’zolariga jamiyat tomonidan taqdim etiladigan 
yordamnnig turli shakllari ijtimoiy ta’minot hisoblanadi, degan fikr ilgari surilgan. Lekin bunday 
yordamning  shakllari  va  turlari  turli-tuman  bo‘lishi,  turli  toifadagi  aholi  qatlamlarini  qamrab 
olishi,  turli  manbalardan  mablag‘  bilan  ta’minlanishi,  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyotning  har  bir 
bosqichida  o‘zgarib  turishi  mumkin.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  fanda  ijtimoiy  ta’minot 
tushunchasi  mazmunini  yoritish  bo‘yicha  ikkita  konsepsiya  shakllanganligini  ko‘rish  mumkin: 
iqtisodiy va huquqiy.  
Iqtisodiy  konsepsiya  tarafdorlari  ijtimoiy  ta’minotga  jamiyat  a’zolari  uchun  ijtimoiy 
iste’mol fondlaridan taqdim etiladigan yordamning barcha turlarini (shu jumladan, bepul ta’lim, 
uy-joy  bilan  bepul  ta’minlash,  madaniyat  muassasalarini  saqlash,  pensiya  va  nafaqalarning 
barcha  turlari,  ayrim  fuqarolarga  ijtimoiy,  tibbiy  yordam  ko‘rsatish  va  turli  imtiyozlar  berish) 
kiritadilar.  Bu  konsepsiyaning  asosini  moddiy  va  moliyaviy  ne’matliklarni  ijtimoiy  iste’mol 
fondlari orqali taqsimlash usuli tashkil etgan. 
Huquqiy konsepsiya vakillari ijtimoiy ta’minot jamiyatning barcha a’zolariga emas, balki 
uning  faqat  alohida  qatlamlariga  –  davlat  tomonidan  muhofaza  qilinishi  lozim  bo‘lgan 
guruhlariga  qaratilishi  kerakligini  e’tirof  etganlar.  Aholining  bunday  guruhlariga  jamiyat 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida turli toifadagi fuqarolar kiritilgan. Xususan, 
sovet  hukumati  davrida  ijtimoiy  ta’minot  bilan  avval  yollanib  ishlovchi  ishchi-xizmatchilar, 
keyinroq kolxoz a’zolari, bolalar, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz onalar qamrab olingan.  

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish