bo‘yicha, shuningdek ishsizlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sifatli xizmatlar
ko‘rsatishni tashkil etish;
-
yolg‘iz qariyalar, nogironlar, kam ta’minlangan oilalar va aholining boshqa zaif
toifalarini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha amaliy va manzilli chora-tadbirlar amalga
oshirilishini ta’minlash, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirish, tibbiy-
ijtimoiy muassasalarning moddiy bazasini mustahkamlash;
-
mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari
talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni, mehnat munosabatlari, mehnatni moddiy
rag‘batlantirish va muhofaza qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirish.
Ekspertlarning bahosiga ko‘ra, jahonda taxminan 650 million nafar odam nogiron, bu esa
butun dunyodagi mamlakatlar aholisining umumiy sonining 10 foizga yaqinini tashkil qiladi
1
.
Ularning 80 foizdan ko‘prog‘i ishsizlar, vaholanki, 470 millionga yaqini mehnatga layoqat
yoshida va oddiy ishlab chiqarish sharoitlarida yoki ixtisoslashgan korxonalarda mehnat qilish
imkoniyatiga ega
2
.
Statistik ma’lumotlar tahlilini ko‘rsatishicha, O‘zbekiston Respublikasida 780 mingdan
ortiq nogironligi bo‘lgan odamlar istiqomat qiladi. Ulardan I-guruh nogironlari 8,5 foiz, II-guruh
nogironlari 71 foiz va III-guruh nogironlari 20,5 foizni tashkil qiladi. Ular orasida 16 yoshgacha
bo‘lgan bolalar 97 ming nafarni tashkil qiladi. Ishlaydiganlar soni 34 ming nafarga yaqindan
iborat (16 yoshdan katta bo‘lgan nogironligi bor odamlar umumiy sonining besh foizga yaqini).
Shu bilan birga, nogironlikning eng og‘ir ko‘rinishi bo‘lgan odamlar (I-guruh nogironlari) 3,5
foizni, o‘rtacha og‘irlikdagi hayot faoliyatida buzilish bo‘lganlar (II-guruh nogironlari) 55,8
foizni va unchalik katta bo‘lmagan buzilishlilar soni (III-guruh nogironlari) 40,7 foizni tashkil
qiladi
3
. Shu asnoda, nogironligi bo‘lgan odamlarni ijtimoiy ta’minlash, ularni ishga joylashtirish,
ijtimoiy jihatdan muhofaza qilish dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Nogironlar sonining ko‘payishini oldini olish choralari ichida nogiron bolalar tug‘ilishini
nazorat qilish chora-tadbirlari alohida o‘rin egallaydi. Prezidentimiz bu haqda “Mamlakatimizda
nogiron bolalar tug‘ilishining oldini olishdek oliyjanob maqsadni amalga oshirishda
respublikamizning barcha hududlarida faoliyat ko‘rsatayotgan, nufuzi va samarasi tobora ortib
borayotgan skrining markazlarining rolini alohida ta’kidlashni xohlardim. Bugungi kunda ana
shunday o‘ta muhim muammoni echishda bu markazlar tomonidan 20 mingdan ortiq nuqsonli
bola tug‘ilishining oldi olingan”
4
, deb ta’kidlagan edilar.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda aholining ijtimoiy
ta’minotini yaxshilash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, ijtimoiy yordamning aniq manzilli
bo‘lishini ta’minlash, ijtimoiy ta’minot borasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va
mustahkamlash kabi o‘ta muhim tadbirlarning huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va moliyaviy asoslari
yaratilgan va jamiyat oldida turgan ijtimoiy ustuvorliklardan kelib chiqqan holda takomillashib
bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: