olishga qaratilgan irodaviy-ongli harakati, ijtimoiy ta’minotni amalga oshiruvchi organ
tomonidan esa ushbu ta’minotning berilishiga qaratilgan yuridik aktni sodir etilishi sabab
bo’ladi.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar yuzaga kelishiga asos bo’ladigan yuridik
faktlar - yuridik oqibat keltirib chiqarishga layoqatli bo’lgan irodaviy-ongli harakatlar ham,
muayyan voqea-hodisalar ham bo’lishi mumkin. Bunday yuridik faktlar jumlasiga:
a) muayyan davr davomida mehnat munosabatida bo’lganlik - mehnat stajiga egalik fakti;
b) nogiron bo’lib qolganlik fakti;
g) qaramog’ida bo’lganlik fakti;
d) mehnatga yaroqsizlik fakti;
e) kasb kasalligiga chalinganlik yoki ishlab chiqarishda jarohat olganlik fakti va
boshqalar kiritilishi mumkin.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatlar ijti moiy jarayon, voqelikning bir
ko’rinishi sifatida o’z elementlari – tarkibiy qismlariga ega bo’ladi va bu elementlar
quyidagilardan iborat:
1) Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabatning ob’ektlari. “Ob’ekt” - lotincha so’z
bo’lib, mavzu degan ma’noni anglatadi. “Har qanday hukuqiy munosabatning zamirida yotgan
hayotiy hodisalarni, narsa va jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan muayyan vazifani o’taydi.
Shu bois ob’ektsiz, ya’ni hech narsaga qaratilmagan, hech narsaga ta’sir ko’rsatmaydigan
huqukiy munosabat bo’lmaydi”
1
. Hukuqiy munosabat ob’ektlari moddiy boyliklar, nomulkiy-
shaxsiy ne’matlar, muayyan mulkiy yoki nomulkiy huquqlardan iborat bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat ob’ekti bo’lib pensiyalar, nafaqalar va boshqa
ijtimoiy yordam, turli imtiyozlarga nisbatan fuqarolarda bo’lgan hukuqlar sanaladi.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat tarkibining ikkinchi muhim elementi - bu
munosabatning sub’ektlari – qatnashchilaridir. Huquqiy munosabatning sub’ekglari sifatida xar
doim sub’ektiv huquqlar, yuridik majburiyatlarga ega bo’lgan jismoniy va yuridik shaxslar
hamda davlatning o’zi (o’z organlari va muassasalari orqali) ishtirok etadi. Shaxs huquq sub’ekti
sifatida huquqiy munosabatlarda qatnasha olishi uning huquq sub’ekti bo’lish layoqatiga ega
ekanligiga bog’liq bo’ladi. Huquq normasi, huquqiy sub’ektlilik va yuridik fakt huquqiy
munosabatlar vujudga kelishining shart-sharoitlari hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotga oid munosabatlarda munosabat sub’ekti bo’lib quyidagilar
qatnashadilar:
1. Fuqarolar (tegishli hollarda chet el fuqarolari, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar);
2. Yuridik shaxslar (mulkchilik shakli, xo’jalik yuritish usulidan qati nazar);
3. Yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yakka tadbirkorlar, dehqon xo’jaligining
a’zolari;
4. Davlat (o’zining ijtimoiy ta’minotni amalga oshi ruvchi, ijtimoiy ta’minot tizimini
boshqaruvchi organlari, muassasalari orqali);
5. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari;
6. Oila - yaxlit, bir butun holda.
Ijtimoiy ta’minot sohasidagi huqukiy munosabatlarda qatnashuvchi shaxslarning huquq
layoqatlari va muomala layoqatlari, vakolatlari, majburiyatlari hamda javobgarliklari hajmi
fuqarolik qonunlarida, korxonalarning ustav va nizomlarida va boshqa qonunchilik aktlarida
belgilab qo’yiladi.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat mazmuni uchinchi elementni tashkil etadi va
u munosabat ishtirokchilarining huquqlari hamda sub’ektiv majburiyatlaridan tashkil topadi.
Ijtimoiy ta’minotga oid huquqiy munosabat mazmuni qonun hujjatlariga ko’ra uning
sub’ektlariga berilgan huquqlar hamda vakolatlar, yuklatilgan majburiyatlarga ko’ra belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: