Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "ijtimoiy ta



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/180
Sana11.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#350885
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   180
Bog'liq
Ijtimoiy taminot


§ 1. Umumiy qoidalar 
1.  Mazkur  Nizomda  ko’zda  tutilgan  tartibda  byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasi 
mablag’lari hisobidan ijtimoiy sug’urta bo’yicha quyidagi nafaqalar beriladi: 
homiladorlik va tug’ish uchun; 
bola tug’ilgani uchun; 
qo’shimcha dam olish kuni uchun; 
dafn etish marosimi uchun. 
2007 yil 1 yanvardan boshlab vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlarga nafaqa to’lash bilan 
bog’liq xarajatlar: 
Byudjet  tashkilotlari  tomonidan  —  mehnat  haqi  jamg’armasiga  ajratiladigan  byudjet 
mablag’lari doirasida; 
Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  tomonidan  —  foyda  solig’ini  hisoblashda  mazkur 
xarajatlar  soliqqa  tortiladigan  bazadan  chiqarib  tashlangan  holda  shaxsiy  mablag’lari  hisobidan 
amalga oshiriladi. 
2.  Nizomning 
1-bandida 
ko’rsatilgan  nafaqalar  ijtimoiy  sug’urta  joriy  qilinadigan 
xodimlarga,  shuningdek  O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  ko’zda  tutilgan  hollarda 
boshqa fuqarolarga ham beriladi. 
Ish  beruvchining  davlat  ijtimoiy  sug’urtasi  bo’yicha  badal  to’lamaganligi,  sug’urta 
qilingan  xodimni  davlat  ijtimoiy  sug’urtasi  nafaqalari  bilan  ta’minlanish  huquqidan  mahrum 
qilmaydi. 
3.  Umumiy  qoidaga  ko’ra  xodimga  nafaqa,  agar  uni  olish  huquqi  ish  beruvchi  bilan 
mehnat  munosabatlarida  bo’lgan  davrda  (sinov  davri  hamda  ishdan  bo’shatilgan  kunni  ham 
qo’shib) paydo bo’lsa beriladi. 
Yuridik  shaxs  bo’lmasdan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi  jismoniy 
shaxslarga  hamda  dehqon  xo’jaligi  a’zolariga  nafaqa,  agar  uni  olish  huquqi  ular  tomonidan 
belgilangan tartibda sug’urta badalini to’lash davrida paydo bo’lsa, beriladi. 
4.  Ayrim  hollarda,  ya’ni  mehnat  shartnomasi  alohida  asoslarga  ko’ra  bekor  qilingandan 
(Mehnat  kodeksining 
67-moddasi
)  keyin  bir  oy  ichida  vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  yoki 
homiladorlik  va  tug’ish  ta’tili  boshlangan  bo’lsa,  nafaqa  yashash  joyidagi  tuman  (shahar) 
ijtimoiy ta’minot bo’limi tomonidan to’lanadi. 
Ushbu  tartib  O’zbekiston  Respublikasi  Qurolli  kuchlaridagi  muddatli  xizmat  safidan 
bo’shatilgan sobiq harbiy xizmatchilarga ham qo’llaniladi. 
5.  Nafaqa,  mehnat  qobiliyati  tiklangan,  nogironlik  belgilangan,  homiladorlik  va  tug’ish 
ta’tili  tugagan,  vafot  etgan  yoki  bola  tug’ilgan  kundan  boshlab  6  oy  muddat  ichida  murojaat 
qilinganda  to’lanadi.  Bunda,  vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsizlik  nafaqasi  uni  olish  uchun 
murojaat qilingan kungacha bo’lgan 12 oydan oshmagan davr uchun beriladi. 


6. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik (homiladorlik va tug’ish ta’tili) kunlari xodimning 
ishdan  noqonuniy  bo’shatilgani  to’g’risida  nizo  ko’rilayotgan  davrga  to’g’ri  kelgan  hollarda,  u 
ishga tiklangan taqdirdagina (barcha mehnatga qobiliyatsiz kunlar uchun) nafaqa olish huquqiga 
ega bo’ladi. 
7. Nafaqa oyiga bir marta — oyning ikkinchi yarmi uchun beriladigan ish haqi bilan birga 
to’lanadi. 
8. Ijtimoiy ta’minot bo’limlari tomonidan ijtimoiy sug’urta bo’yicha nafaqalarning to’g’ri 
hisoblanishi  ustidan  nazorat  O’zbekiston  Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza 
qilish  vazirligi,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish 
vazirligi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  mehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  bosh 
boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Korxona,  muassasa,  tashkilot  (bundan  buyon  korxona)lar  tomonidan  ish  joyida 
byudjetdan  tashqari  Pensiya  jamg’armasi  mablag’larining  ijtimoiy  sug’urta  bo’yicha  nafaqalar 
uchun  maqsadga  muvofiq  sarflanishi  ustidan  nazorat  qilish  Davlat  soliq  xizmati  organlari 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 
Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish