Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "davlat xaridi"



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/113
Sana14.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#365883
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113
Bog'liq
Davlat xaridi umk

8.
 
Xaridni  yagona  yetkazib  beruvchi  (pudratchi,  ish  bajaruvchi)  bilan  amalga 
oshirish. 
Xaridni  yagona  yetkazib  beruvchi  (pudratchi,  ish  bajaruvchi)  bilan  amalga  oshirish 
odatda ma’lum qonunda qat’iy belgilangan holatlarda amalga oshiriladi. 
 
O’zbekiston Respublikasida 
xaridni tashkiliy shakllari
 Vazirlar mahkamasining 
2000  yil  21  noyabrdagi  456-sonli,    tovar  etkazib  beruvchilar  bilan  bir  qatorda, 
mamlakatimiz  korxonalarini,  kichik  biznes  sub’ektlarini  tender  savdolarida  jalb 
etish maqsadida ishlab chiqilgan  qarori bilan belgilanadi. 
Xaridni  tashkiliy  shakllari
  – 
sotib  olish  jarayoni  va  mol  etkazib  beruvchini 
(xizmat  ko’rsatuvchini)  tanlash,  davlat  sotib  oluvchi  organi  tomonidan  mustaqil 
amalga oshiriladi. 
Yuqoridagi  qarorga  muvofiq  tender  savdolari  100  ming  AQSh  dollariga  teng 
miqdordan  ortiq  bitta  shartnoma  bo’yicha  tovarlar  etkazib  berishni  amalga 
oshirishda o’tkaziladi. 
Qiymati  100  ming  AQSh  dollariga  teng  miqdordan  kam  bo’lgan  bitta 
shartnoma  bo’yicha  tovarlar  etkazib  berishni  amalga  oshirishda,  xaridlar  eng 
yaxshi tanlov takliflarini tanlab olish asosida amalga oshiriladi. Ammo, tadqiqotlar 
shuni  ko’rsatadiki,  bugungi  kunda  «eng  yaxshi  tanlov  takliflari”ni  tanlab  olish 
jarayonini  va tartibini aniq belgilab beruvchi, birorta ham tartibga soluvchi hujjat 
mavjud emas. 


Quyidagi  hollarda  tender(tanlov)  o’tkazmasdan  tovar  etkazib  beruvchilar 
(bajaruvchilar, pudratchilar) bilan shartnomalar tuzilishi mumkin: 
1) tovarlar etkazib berish, tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati sohasiga 
tegishli bo’lganda; 
2) tovarlar birja orqali xarid qilinganda; 
3) shartnoma tuzish vaqtida eng kam ish haqining o’n baravaridan oshmagan 
summada tovarlar sotib olinganda; 
4)tarix  va  madaniyat  yodgorliklari  sifatida  davlat  muhofazasiga  olingan 
hamda  davlat  muzey,  kutubxona,  arxiv  fondlarini,  kino-foto-fondini  va  boshqa 
shunga  o’xshash  fondlarni  to’ldirish  uchun  mo’ljallangan  tarixiy,  badiiy  yoki 
boshqa  madaniyat  ahamiyatiga  molik  madaniy  boyliklar  (sur’atlar,  haykallar, 
adabiy  asarlar  va  boshqalar),  shu  jumladan,  muzey  predmetlari  va  muzey 
to’plamlari,  shuningdek,  nodir  va  qimmatli  nashrlar  va  qo’lyozmalar,  arxiv 
hujjatlari, jumladan ularning nusxalarini etkazib berishni amalga oshirganda; 
5) tovarlarni sotishga alohida huquqi bo’lgan faqat bitta etkazib beruvchidan 
tovarlar xarid qilish mumkin bo’lganda; 
6) 
tuzilgan 
shartnomaning 
shartlari 
dastlabki 
shartnoma 
umumiy 
summasining 20 foizidan oshmaydigan summaga teng qo’shimcha ishlarni bajarish 
maqsadida o’zgarganda; 
7)  bajarish  yoki  xizmat  ko’rsatishni  amalga oshirish  faqat davlat  hokimiyati 
va  boshqaruv  organlari  tomonidan  yoki  ularga  bo’ysunuvchi  davlat  muassasalari 
va  korxonalari  tomonidan  ularning  vakolatlariga  muvofiq  mumkin  bo’lgan  ishlar 
yoki xizmatlarga ehtiyoj tug’ilganda; 
8) engib bo’lmas kuchlar (tabiiy ofatlar, yong’inlar, falokatlar, avariyalar va 
hokazolar)  oqibatlarini  bartaraf  etish  (oldini  olish)  uchun  zarur  bo’lgan  muayyan 
tovarlarga tezkor ehtiyoj tug’ilganda, buning natijasida vaqtning yo’qotilishi talab 
qilinadigan boshqa buyurtmani joylashtirish usullarini qo’llash maqsadga muvofiq 
bo’lmaganda (tegishli moliya organlari kelishuvi bo’yicha); 
9)etkazib beruvchilarning  yoki  shartnomada  ularning  manfaatdorligi  yo’qligi 
sababli  buyurtmachi  tomonidan  tender  (tanlov)  bo’lib  o’tmagan  deb  hisoblash 
natijasida; agar buyurtmachi uzoq tumanlarda joylashgan  bo’lsa, buyurtmachining 
faoliyat  ko’rsatish  hududida  va  yaqin  joylashgan  tumanlarda  faqat  bitta  etkazib 
beruvchi  mavjud  bo’lsa;  shuningdek,  boshqa  joylardan  narx  kotirovkalarini  olish 
hech  qanday  foyda  olish  yoki  iqtisod  qilish  aniqlanganda;  transport  xarajatlari 
uchun  narxlar  oshib  ketishiga  olib  kelganda.  Bunda  yagona  etkazib  beruvchiga 


buyurtmalarni joylashtirish tegishli moliya organlari bilan kelishgan holda amalga 
oshiriladi
27
.  
Engib  bo’lmas  kuchlar  oqibatlarini  bartaraf  etish  (oldini  olish)  uchun 
tovarlarga shoshilinch ehtiyoj vujudga kelgan taqdirda yoki  shartnomada ularning 
manfaatdorligi yo’qligi sababli tenderni bo’lib o’tmagan deb hisoblash natijasida, 
buyurtmachi  tender  o’tkazmasdan  yagona  etkazib  beruvchiga  buyurtmani 
joylashtirish  to’g’risidagi  qarorni  kelishish  uchun  tegishli  moliya  organlariga 
yozma murojaat yuboradi. 
Birja    savdolari  platformasida  faqatgina  birja  tovarlari  savdoga  chiqariladi. 
“Birja tovari” tushunchasiga - o‘z sifati, tuzilishi bilan bir turdagi xususiyatga ega 
bo‘lgan,  o‘zining  asosiy  va  aniqlovchi  parametrlari  bilan  xuddi  shunday  boshqa 
ishlab chiqaruvchining yoki boshqa partiyadagi tovar bilan o‘zaroalmashinuvchan-
lik  xususiyatiga  ega  bo‘lgan  tovar  kiradi  va  u  doimiy  ravishda  savdolarga 
chiqarilishi shart. 
Ko‘rgazma-yarmarka  savdo  tovarlariga  xususiyatlaridan  qat’iy  nazar, 
fuqarolik muomalasida bo‘lgan tovarlar, shu jumladan, individual xususiyatga ega 
bo‘lgan  va  savdolarga  muntazam  ravishda  chiqarilmaydigan  yoki  kamdan-kam 
chiqariladigan tovarlar kiradi. 
Savdolar internet orqali real vaqt rejimida olib boriladi, savdo bo‘yicha hisob-
kitoblar ham on-layn rejimida amalga oshiriladi. 
Elektron xaridlar birja savdolari tarkibiga kirib, davlat va korporativ xaridlar 
bo‘yicha boshlang‘ich narxni pasaytirishga qaratilgan auksion savdolardan tashkil 
topgan.Elektron  savdolar  O‘zbekiston  bo‘ylab  internet  orqali  real  vaqt  rejimida 
olib boriladi. 
Elektron  katalog  -  davlat  xaridlarini  amalga  oshirish  usuli  bo‘lib,  unda 
buyurtmachi tizimlashtirilgan elektron katalogdan yetkazib beruvchilar tomonidan 
joylashtirilgan  tovarni  tanlaydi.  Elektron  katalog  birjaning  maxsus  axborot 
portalida  yetkazib  beruvchilar  tomonidan  buyurtmachilarga  yo‘naltirilgan 
takliflardan shakllanadi. 
To’g’ridan-to’g’ri  shartnomalarni  tuzish  holatlariVazirlar  Mahkamasining 
456-sonli  “Tender  savdolarini  tashkil  etishni  takomillashtirish  chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi Qarorida keltirilgan. 
Shartnomani  ijrosining  sifati  va  muddatlarini  baholash  sotib  oluvchi 
tomonidan  mustaqil  amalga  oshiriladi.  Shartnomalar  bo‘yicha  to‘lovlar 
g’aznachilik organlarida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng amalga oshiriladi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish