Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "davlat xaridi"



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/113
Sana14.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#365883
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113
Bog'liq
Davlat xaridi umk

 
xaridni tashkiliy shakllari
 
shartnomalarni tuzish va ijro etish
 
davlat xaridini nazorat tizimi
 
DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH ELEMENLARI
  
 
 



 
xarajatlar  smetasini  sotib  olinadigan  tovarlar  va  xizmatlar  guruhlari 
buyicha ro’yxatdan o’tkazishni qamrab oladi. 
Bugungi  kunda,  O’zbekistonda  davlat  xaridini  rejalashtirish  amaliyotini 
o’rganadigan bo’lsak, davlat organlari va tashkilotlarning tovarlar va xizmatlarga 
bo’lgan  talabi  haqida    axborot  oqimining  “pastdan-yuqoriga”  mexanizmining 
qonunchilikda  ko’zda  tutlishiga  qaramasdan,  ushbu  ehtiyojlarni  moliyalashtirish 
hajmlarini aniqlash bir tomonlama tartibda “yuqoridan-pastga” ko’rinishda amalga 
oshirilishini  guvohi  bo’lamiz.  Bu  davlat  organlari  va  tashkilotlarining    ehtiyojlar 
ro’yxatidan  “muhim  bo’lmagan”,  “ortiqcha”  va  “asoslanmagan”    xarajat 
bo’limlarini  chiqarib  tashlash  (qisqartirish)  orqali  amalga  oshiriladi.  Bunday 
ko’rinishdagi 
rejalashtirish 
mexanizmi 
asosida, 
byudjet 
mablag’larini 
taqsimlovchilar  ehtiyojlarini  hamda  unga  etarli  miqdordagi  moliyalashtirish 
hajmlarini aniqlashning 
me’yoriy-xarajat
 usuli qo’llaniladi. 
 
Byudjetni  shakllantirishda  asosiy  mezon  bo’lib,  byudjetning  eng  yuqori 
imkoniyatlarini aniqlash, ya’ni tovar va xizmatlarga bo’lgan aniq talabni inobatga 
olmasdan,  xarajatlarning  yuqori  limitini  belgilashdir.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
ajratiladigan moliyaviy mablag’lar real ehtiyojlarga nisbatan etarli miqdorda emas. 
Shundan  kelib,  chiqadigan  bo’lsak,  moliya  yili  oxirida  yuzaga  keladigan  profitsit 
davlat  organlarining  moliyaviy  ehtiyojlarini  to’la  qondirilganligini  va  ushbu 
resurslar ortiqchaligini bildirmaydi. 
Davlat  xaridini  rejalashtirish  mamlakat  byudjetini  tayyorlash  jarayonida 
amalga  oshiriladi  (investitsion  dasturni  tayyorlash  jarayoni  bundan  mustasno 
bo’lib, u Vazirlar Mahkamasining 2003 yilning 12 sentyabrida 395-sonli qaroriga 
asosan tayyorlanadi). Davlat ehtiyojlari uchun sotib olinadigan tovar va xizmatlar, 
davlat  organlari  va  tashkilotlarining  xarajatlar  bo’limlarida  mos  ravishda  aks 
ettiriladi.  Ushbu  xarajatlar  va  ular  uchun  zaruriy  moliyaviy  manbalar  choraklar 
bo’yicha taqsimlangan holda rejalashtiriladi. 
Byudjetni  shakllantirish  pastdan-yuqoriga,  ya’ni  tumandan  respublika 
darajasiga  byudjet  so’rovnomalarini  taqdim  etish(tuzish)  va  uni  umumlashtirish 
orqali birlamchi byudjet loyihasini tuzish bilan amalga oshiriladi. Shundan so’ng, 
byudjet  loyihasini  tuzishda  chegaralovchi  omillar  qo’llaniladi.  Eng  asosiy 
chegaralovchi  omil  –
  kelgusi  yil  uchun  davlatning  iqtisodiyotga  xarajatlarining 
makroiqtisodiy  ko’rsatkichlari  va  davlat  byudjeti  daromadlari  prognozining 
so’ralgan  xarajat  moddalarini  moliyaviy  ta’minlash  imkoniyatlari  hisoblanadi. 
Ma’lumki,  ushbu  mezonlarning  qo’llanilishi,  byudjet  loyihasida  xarajatlarni 
qisqartirishga qaratilgan sezilarli tuzatish kiritishga olib keladi. 
Bunday  qisqartirish  xarajatlarni  maqsadga  muvofiqligini  baholash  orqali 
amalga oshiriladi: 

 
davlat byudjetining xarajatlar qismida u yoki bu moddalarni saqlab qolish; 



 
u  yoki  bu  xarajat  moddalarini  so’ralgan  hajmlarda  moliyalashtirish,  hamda 
boshqa mezonlar. 
Xarajatlarni  qisqartirish,  birinchi  navbatda,  quyidagi  yo’llar  bilan  amalga 
oshiriladi: 

 
o’tgan  yildan  qolgan  va  to’la  tugallanmagan  hamda  kelgusi  moliya  yilida 
davlat  ustuvor  yo’nalishlar  dasturida  bo’lmagan  loyihalarni  moliyalashtirishdan 
voz kechish; 

 
har  yil  uchun  tuziladigan  davlat  ustuvor  dasturiga  kirmaydigan  yangi 
loyihalarni moliyalashtirishdan voz kechish; 

 
xarajat  moddalarining  tarkibiga  tegmagan  holda,  uning  umumiy  summasini 
qisqartirish. 
Davlat  xaridini  samarali  bo’lishini  ta’minlash  nuqtai  nazaridan,  davlat 
xarajatlarini  qisqartirishning  ko’rib  o’tilgan  dastlabki  ikki  usuli  katta  salbiy  tusga 
ega.  Chunki,  ustuvor  yo’nalishlarning  o’zgarishi  va  natijada  loyihani  to’la 
moliyalashtirmaslik,  uning  sifatli  bajarilishiga,  yoki  loyiha  oldiga  quyilgan 
maqsadlarga  erishilmasligiga  olib  keladi.  Bu  o’z  navbatida,  oldin  amalga 
oshirilgan xarajatlarning natijasiz va foydasiz ekanligini bildiradi.  
Xarajatlarni  qisqartirishning  so’ngi  usulini  qo’llashda  esa,  xarajatlar  rejasini 
tuzish  paytida  loyihadan  voz  kechish  va  bo’shagan  mablag’larni  boshqa  samarali 
yo’nalishlarda sarflash maqsadga muvofiq bo’lardi. 
Davlat 
xaridini 
rejalashtirishdagi 
mavjud 
muammolarning 
sabablari 
quyidagilardir: 

 
byudjet tizimining takomillashmaganligi – byudjetni shakllantirish faqat bir 
yil chegarasida bo’lib, unda o’tgan yil byudjetida ko’zda tutilgan va tugallanmagan 
loyihalarni moliyalashtirish majburiyati ko’rsatilmaydi; 

 
davlat  byudjetini  shakllantirishning  uslubiy  asoslarining  etarli  darajada 
takomillashmaganligi, ya’ni daromad va xarajat moddalarini rejalashtrish sifatining 
past darajada ekanligi; 

 
davlat  ehtiyojlari  uchun  xaridni  rejalashtirish  uslubiyotining  mavjud 
emasligi va boshqalar. 
Tumanlar  darajasidan  boshlab,  xarajatlar  smetasi  hajmini  sun’iy  yuqori 
darajada  tuzish  riskining  mavjudligi,  ko’zlanayotgan  xarajat  maqsadlarini 
ko’rsatishning  sifat  darajasining  pastligi,  shuningdek,  smetani  to’g’riligini  va 
ko’rsatilgan  xarajatlarni  asoslanganligini  ob’ektiv  tarzda  tekshirish  usulining 
etishmasligi  kabi  holatlar,  byudjetni  shakllantirishda  me’yoriy-xarajat  usulidan 
foydalanishga  majbur  etadi.  Ushbu  usulni  qo’llashning  salbiy  jihati  shundaki,  u 
xarajat  yoki  loyihani  o’ziga  xosligi,  sharoitlarini  (masalan,  ko’pchilik  hollarda 
ayrim loyihalar ob’ektiv tarzda me’yorda ko’zda tutilgandan ortiq mablag’lar talab 
etishi mumkin) inobatga olmaydi. Natijada, ushbu holat davlat organlari faoliyatini 


etarli darajada moliyalashtirilmay qolishiga, ular faoliyatini va vazifalarini bajarish 
uchun  zaruriy  moddiy  qiymatliklarni  etarli  miqdorda  xarid  etilmasligiga  olib 
kelishi mumkin. 
Davlat  investitsion  dasturini  shakllantirish  tartibi  O’zbekiston  Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  12  sentyabrdagi  395-sonli  qarori  bilan 
belgilanadi.  
Mazkur  yo’riqnomaga  asosan  manzilli  dasturni  tuzish  jarayoni  har  bir  loyiha 
buyicha  to’la  ma’lumot  tayyorlash,  loyihlarni  ustuvorligi  bo’yicha  tanlash  va 
ro’yxatini  shakllantirishni  o’z  ichiga  oladi
26
.  Har  bir  loyiha  (loyihalar  guruhi) 
bo’yicha  ma’lumotlar  buyurtmachi  tomonidan  tayyorlanadi  va  boshqa  hujjatlar 
bilan  bir  qatorda  loyiha  pasporti  taqdim  etiladi.  Loyiha  pasportida  quyidagi 
ma’lumotlar o’z aksini topadi: 

 
loyihaning texnik tavsifi; 

 
atrof-muhitga ta’siri; 

 
ijtimoiy  va  ishlab  chiqarish  nuqtai  nazaridan  amalga  oshirish  imkoniyati, 
samaraligini baholash, tashkiliy tadbirlar miqiyosi; 

 
mahsulotga talabning hajmi va xarakteri; 

 
muqobil  echimlarning  mavjudligi,  jumladan  mavjud  korxonalarni  qayta 
tiklash; 

 
asosiy material va ishchi kuchi resurslarining etarliligi; 

 
investitsion xarajatlarni amalga oshirish tartibi. 
Loyihani tanlab olish  ikki bosqichda amalga oshiriladi: 

 
ma’lum  hudud  yoki  sohani  rivojlantirish  ustuvorligidan  kelib  chiqib, 
loyihani birlamchi baholash; 

 
hudud  yoki  iqtisodiyotning  ayrim  sohalarini  rivojlantirish  ustuvorligidan 
loyihani tanlash. 
Bu erda shuni nazarda tutish lozimki: 

 
loyihani  investitsion  dasturga  kiritiladigan  ma’lumotlarni  tayyorlash  uchun 
har  bir  bo’lim  bo’yicha  aniq  va  oydin  talabni  aks  ettiradigan  uslubiyotini 
etishmasligi  sababli,  turli  xil  buyurtmachilar  tomonidan  tayyorlangan  loyihalar  - 
ma’lumotlar mazmuni, aks ettirish formati, sifati va ob’ektivligi bilan bir- biridan 
farq qilishi mumkin; 

 
loyihalarni  baholash  uslubiyotining  mavjud  emasligi,  investitsion  dasturga 
kiritish taklif etilgan loyihani tahlil etish sifatini inson omiliga (tajriba, ko’nikma, 
tahliliy qobiliyat, xolis yondoshuv, vijdonan ishlashga motivatsiyaning mavjudligi 
kabi) qaram qilib qo’yadi; 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish