qarama qarshilik kurashiga, eskini tugashi va yangi ilg’orjarayonlarni paydo
bo’lish xususiyatiga ega bo’ladi.
“Davlat xaridi” fanining boshqa iqtisodiy fanlar singari o’ziga xos tadqiqot
usullari xam mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:
A)
ilmiy abstraktsiya usuli
- voqea-hodisalarning tahlil paytida xalal berishi
mumqin bo’lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib,
o’rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga, tegishli belgilarga e’tiborini
qaratishdir .
B)
taxlil va sintez us
uli – taxlil bu o’rganilayotgan bir butunni alohida
qismllarga ajratish va ularni izchillik bilan tahlil qilish, sintez esa - hodisa va
jarayonlarni qismlarga bo’lish asosida umumiy xulosa chiqarishdir.
S)
mantiqiylik va tarixiylikning birligi
usuli -tarixiylik dalili iqtisodiy
fanlarda ham tarixiy nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib
qo’yadi.Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida
ro’y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas,
shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog’lanishlar bo’yicha xam tahlil qilinadi.
“Davlat xaridi” fanini o’rganishda shuningdek,
induktsiya va deduktsiya
,
taqqoslash, iqtisodiy-matematik usul
lardan ham foydalaniladi. Ta’kidlash joizki,
bugungi kunda amaliyotda davlat xaridi tizimini boshqarishda iqtisodiy-matematik
usullardan keng foydalanilmoqda. Iqtisodiy-matematik usullarga korrelyatsion va
regratsion tahlil usuli, integral usuli, chiziqli programmalashtirish, grafik usullar
kabi
usullar
kiradi.
Iqtisodiy-matematik
usullar
iqtisodiy
axborotlarni
kompyuterlarga kiritish, hisoblash va qayta ishlash, chuqur tahlil qilish, tegishli
hisobot ma’lumotlarini tayyorlash, hamda bu ma’lumotlarni qisqa fursatda mas’ul
idora va tashkilotlarga yuborishda qo’llaniladi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar
va hodisalarning mazmuni, ularda
yuz berayotgan o’zgarishlar, ularning kelib chiqish sabablari aniqlanib va
zaruriy xulosalarga
kelinadi
.
Hozirgi kunda davlat moliyasini isloh qilish sharotida iqtisodiy jarayonlar
va munosabatlardagi o’zgarishlar har bir fan mazmunini sifat jihatdan yangilashni,
tubdan qayta ko’rib chiqishni taqazo qilmoqda.
“Davlat xaridi” fani mazkur ob’ektiv talabdan kelib chiqqan aniq iqtisodiy
fan bo’lishi bilan bir qatorda, boshqa fanlardagi umumiy qonuniyatlar, tartiblarga
rioya qiladi. Ya’ni, ko’pgina iqtisodiy fanlar bilan o’zaro bog’likda bo’ladi.
Jumladan, “Davlat xaridi” fani “Iqtisodiyot nazariyasi” fani bilan
chambarchars bog’liqdir. “Iqtisodiyot nazariyasi”da iqtisodiy kategoriyalar va
atamalarning mazmuni va mohiyati ochib berilsa, “Davlat xaridi” fanida ushbu
iqtisodiy kategoriyalar va atamalarning amal qilish mexanizmi o’rganiladi.
Masalan, “Iqtisodiyot nazariyasi” fanida “bozor” degan atamaning mazmuni nima
oshirilib turilishi, “Davlat xaridi” fanining “Moliyaviy nazorat” fani bilan bevosita
bog’liqligini ko’rsatadi.
Shuningdek, “Davlat xaridi” fanida davlat xaridi tizimini baholash,
o’tkazilgan savdolar, undagi iqtisodiy ko’rsatkichlarni ma’lum bir davr bilan
taqqoslash, solishtirish, natijalarni puxta tahlil qilish uchun “Iqtisodiy matematika”
va “Iqtisodiy tahlil” fanlaridan yaxshigina xabardor bo’lish talab etiladi.
Va nihoyat, “Davlat xaridi” fanida elektron auktsion savdolar va elektron
katalog orqali savdolarini amalga oshirish va o’tkazishning tashkiliy
mexanizmlarini yaxshi tushunish uchun “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”
fanidan etarli ko’nikmaga ega bo’lish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: