Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "davlat xaridi"



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/113
Sana14.01.2022
Hajmi1,58 Mb.
#365883
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
Bog'liq
Davlat xaridi umk

                                           
1
 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimovning  mamlakatimizni  2015  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 
yakunlari  va  2016  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo’nalishlariga  bag’ishlangan 
Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.www.press_service.uz 
2
  Karimov  I.  A.  Erishgan  marralarimizni  mustahkamlab,islohotlar  yo’lidan  izchil  borish  –  asosiy  vazifamiz.  
T.:«O’zbekiston», 2004, 4-bet.
 


foydalanish  yuzasidan  davlat  xaridi  moliyaviy  barqarorlik  uchun  shart-sharoitlar 
yaratishga qaratilgan davlat moliyaviy siyosatini ifodalaydi. Davlat davlat xaridining 
bosh  maqsadi  byudjet  mablag’laridan  samarali,  hamda  oqilona  foydalanishni 
ta’minlashdan iborat.  
Shuningdek,  davlat  moliyaviy  nazoratining  oldida  turgan  eng  asosiy  vazifa 
davlat  byudjeti  oldidagi  majburiyatlarning  o’z  vaqtida  va  to’liq  bajarilishini  hamda 
byudjet mablag’laridan tejamli foydalanishni ta’minlashdan iborat. 
Davlat  xaridi  davlat  organlari  (tashkilot,  muassasalari)ning    davlat 
funksiyasini amalga oshirish uchun qiladigan xarajatlarning asosiy qismini tashkil 
etib, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi va investitsiya oqimini ta’minlash 
uchun  qulay  shart-sharoitlar  shakllanishining  muhim  omillaridan  biri  hisoblanadi. 
Davlat xaridi investitsiya salohiyatini samarali taqsimlash va davlat uchun strategik 
ahamiyatli  bo’lgan  tarmoqlarning  rivojlanishi  uchun  qulay  shart-sharoitlar 
yaratilishining,  shuningdek,  ilmiy  tadqiqotlarni  o’tkazish  va  natijalarini  ishlab 
chiqarish  jarayonlariga  jalb  qilishning  muhim  vositasi  sanaladi.  Shuning  uchun 
davlat  xaridlarini  tashkil  etish  bilan  bog’liq  muammolar  doim  dolzarb    bo’lib, 
barcha  davlatlarda  davlat  xaridi  tizimini  takomillashtirishga  qaratilgan  uzviy  va 
davomli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2011  yil  7  fevraldadagi  “Davlat 
xaridlari  tizimini  muqobillashtirish  va  ularga  kichik  biznes  sub’ektlarini  jalb 
qilishni  kengaytirish  to’g’risida”gi  PQ-1475  sonli  Qarorini  qabul  qilinishi  bilan 
davlat  xaridlarini  takomillashtirishning  yangi  davri  boshlandi.  Mazkur  qaror 
ijrosini  ta’minlash  yuzasidan  mamlakatimizda  bir  qator  muhim  chora-tadbirlar 
amalga  oshirildi.  Ochiqlik,  shaffoflik  va  raqobatga  asoslanga  davlat  xaridi 
tiziminini  joriy  etish  va  takomillashtirish  yuzasidan  qarayb  5  yil  davomida  shu 
qadar keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.  
Bozor  iqtisodiyotining  muhim  talablaridan  biri  ishlab  chiqarilayotgan 
mahsulotga  erkin  narx  shakllanishidir.  Bozor  sharoitida  korxona  talab  va  taklif 
nisbatidan kelib chiqib mustaqil narx belgilash imkoniga ega bo’ladi. 1994 yildan 
boshlab  respublikada  xarajatlarni  shakllantirishning  o’ziga  xos  tartibi  amal  qilib, 
unga ko’ra korxona tomonidan narx belgilashda ishlab chiqarish tannarxi va davr 
xarajatlari  hisoblab  chiqiladi.  Bunda,  joriy  xarajatlar,  ma’muriy  va  boshqa  ayrim 
xarajatlar  davr  xarajatlari  (yalpi  foyda)ga  kiritila  boshlandi.  Mahsulotning  “to’liq 
tannarxi”  iborasi  narx  belgilash  bo’yicha  uslubiy  qoidalardan  umuman  chiqarilib 
tashlangan edi. Natijada mahsulotning ishlab chiqarish samaradorligini belgilovchi 
to’liq  tannarxiga  nisbatan  rentabelligi  ko’rsatkichini  aniqlash  mumkin  bo’lmay 
qoldi.  Ko’pchilik  korxonalar  o’z  xarajatlarini  tahlil  qilishga  rasmiy  qaray 
boshlashdi. Faqat tabiiy monopoliyalar va qonunchilikka muvofiq o’z mahsulotlari 
narxini vakolatli organlarda deklaratsiyalashi lozim bo’lgan monopolist-korxonalar 


bundan  mustasnodir.  Ayni  paytda,  ayrim  korxonalar  o’z  xarajatlarini  faoliyat 
turlari  bo’yicha  ham,  iqtisodiy  elementlar  bo’yicha  ham  hisoblashni  davom 
ettirdilar.  Mazkur  usullardan  foydalanish  korxonalarga  talab  va  taklifdan  kelib 
chiqqan  holda  sotuv  hajmlari  va  narxlar  nisbatini  aniq  hisobga  olishga  imkon 
beradi,  bu  esa  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotning  raqobatbardoshligini  oshiradi. 
Narx  belgilashning  bunday  tartibidan  hozirgi  paytda  birmuncha  o’zgartirishlar 
bilan foydalanilmoqda.   
Amalga  oshirilayotgan  islohotlardan  ko’zlangan  maqsad  davlat  byudjeti  va 
byudjetdan tashqari jamg’armalarining mablag’lari hisobidan byudjet tashkilotlari, 
byudjet va byudjetdan tashqari jamg’armalardan mablag’ oluvchilarning ehtiyojlari 
uchun tovar(ish,xizmat)larni muqobil variantda sotib olishga erishishdir. 
Shuningdek,    bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  narxlar  va  narx  tizimini  davlat 
tomonidan  tartibga  solish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Jumladan,  iqtisodiyotda 
narx  tizimini  tartibga  solish  orqali  makroiqtisodiy  barqarorlikka  erishiladi,  bozor 
raqobat  natijasida  sifatli  mahsulot,  ish  va  xizmatlarga  to’yinadi.    Korxonalar 
tomonidan ishlab chiqaladigan strategiyalar bevosita narx siyosatiga bog’liq bo’lib, 
raqobat  kurashi  kuchaygan  sharoitda  oqilona  narx  siyosati    korxona  moliyaviy 
natijalariga  sezilarli  ta’sir  ko’rsatadi.  Qolaversa,  davlat  xaridi  tizimida  raqobatni 
rivojlantirish  maqsadida  optimal  narxda  tovar(ish,xizmat)  etkazib  beruvchi 
korxonalar  va  kichik  biznes  sub’ektlarining  elektron  katolog  va  elektron 
savdolarda  ishtiroklari ko’lamini kengaytirish dolzarb masalalardan biridir. 
Bu  maqsadga  erishish  uchun    bo’lajak  moliya  tizimidagi    mutaxassislarda, 
ya’ni  talabalarda  davlat  xaridi  va  narx  siyosatining  mohiyati,  uni  tashkil  etish 
jarayoni va  mexanizmi, davlat  xaridini tashkil  etishdagi  va   ayrim  turdagi turdagi 
Tovar  va  xizmatlar  narxini  tartibga  solishdagi  mavjud  muammolar  hamda  ularni 
bartaraf  etishning  istiqbol  yo’nalishlari,  xorijiy  davlatlarning  Davlat  xaridini 
tartibga  solish  tizimini  o’rganish  va  taqqoslash  asosida  tegishli  xulosalar  ishlab 
chiqish,  ularning  ilg’or  tajribalarini  o’zimizning  amaliyotga  tadbiq  etish  borasida 
nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. 
Oliy  ta’limning  5230600-“Moliya”  yo’nalishida  ta’lim  olayotgan  talabalar 
kelajakda  moliya  tizmi  organlari  (moliya,  g’aznachilik,  pensiya  bo’limlari)da, 
byudjet  tashkilotlarida,  yoki  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalardan 
mablag’  oluvchi  boshqa  tashkilotlarda  mehnat  faoliyatini  yuritgalarida  davlat 
xaridi tizimining bevosita  yoki bilvosita ishtirokchisi bo’ladilar. Shu bois, bo’lajak 
mutaxassislarni  mazkur  tizim  bo’yicha  etarlicha  nazariy  va  amaliy  bilimlarini 
shakllantirish  maqsadida  mazkur  ta’lim  yo’nalishi  o’quv  rejasiga  “Davlat  xaridi” 
fani kiritilgan. 
Bu  fanni  o’qitishni  zaruriyatini  davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari 
jamg’armalarining  mablag’laridan  oqilona  va  tejamkorlik  asosida  foydalanishni 


ta’minlash,  davlat  tomonidan  ayrim  turdagi  tovar  va  xizmatlar  narxini  tartibga 
solishning zaruriyati bilan izohlash mumkin. 
“Davlat  xaridi”  fani  davlat  byudjeti  va  byudjetdan  tashqari  jamg’armalar 
mablag’lari hisobidan tovar(ish,xizmatlar)ni sotib olish va  ayrim turdagi tovar va 
xizmatlar  narxini  tartibga  solish  mexanizmini  chuqur  o’rganish  asosida  xulosalar 
chiqarib,  ularni  amaliyotga  samarali  tadbiq  etish  yo’llarini  o’rgatadi.  “Davlat 
xaridi”  fani  Davlat  xaridini  tartibga  solish  amaliyotidagi  eng  to’g’ri,  eng 
mukammal  va  eng  progressiv  usul  va  mexanizmlarni  nazariy  o’rganib,  yana 
amaliyotga eng to’g’ri, amalda ijobiy samara bergan usullar va  ilg’or tajribalarni 
umumlashtirib  beradi,  amaliyotga  yo’l  ko’rsatish  uchun  zarur  bo’ladi.  Zero, 
mashhur  iqtisodchilar  ta’kidlaganlaridek  “Nazariyasiz  amaliyot  yo’q,  amaliyotsiz 
nazariya yo’q”.  

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish