245
17-MAVZU. BYUDJETNING MADANIYAT XARAJATLARI
REJA:
17.1. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida madaniyat xarajatlarining tutgan
o„rni va jamiyatning ma‟naviy-ma‟rifiy rivojlanishidagi ahamiyati
17.2. Davlat madaniyat muassasalarining guruhlanishi, ular xarajatlarini
rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish tartibi
17.3. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida sport xarajatlarining tutgan o„rni
va ahamiyati. Sport xarajatlarini moliyalashtirishda respublika
byudjeti va mahalliy byudjetlarning ishtiroki
Tayanch so„z va iboralar:
madaniyat xarajatlari; sport xarajatlari;
ma‟naviy-ma‟rifiy qadriyatlar; madaniy-ma‟rifiy sohalar, teatrlar, muzeylar,
ma‟naviyat markazlari,ko„rgazma zallari, teatr-tomosha tashkilotlari,
madaniyat uylari.
17.1. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida madaniyat xarajatlarining tutgan
o„rni va jamiyatning ma‟naviy-ma‟rifiy rivojlanishidagi ahamiyati
Islohotlarning yangi davriga qadam qo‗yar ekanmiz, madaniy-ma‘rifiy
sohalardagi ishlarimiz, ma‘naviyatimizni rivojlantirish vazifalarini ham belgilab
olishimiz kerak.
Milliy istiqlol mafkurasini, ma‘naviy-ma‘rifiy qadriyatlarini, jamiyat va
xalq xayotida tutgan o‗rni beqiyos ekanini hammamiz bilamiz. Xalqimiz azaldan
o‗z ma‘naviy qadriyatlarini, diniy e‘tiqodini, madaniyatini yuksak qadrlab kelgan.
Shuning uchun eng mushkul damlarda am o‗zligini yuqotmadi.
Arabcha madina ya‘ni shahar keng so‗zidan kelib chiqqan bo‗lib,
umuminsoniy xodisa. Madaniyat atamasi keng ma‘noda qullanilib, jamiyatning
ishlab chikarish, ijtimoiy va ma‘naviy xayotida qo‗lga kiritilgan yutuqlar
ma‘lumki, har bir xalqning davrlarda erishgan yutuqlari darajasini, ziyolilik,
ma‘rifatlikni hamda turmushning ma‘rifatli yangi extiyojlarga mos keladigan
sharoitlari majmuini bildiradi.
Taraqqiy taqdirini ma‘naviy jihatidan etuk odamlar xal qiladi. Texnikaviy
bilim murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma‘naviy ma‘naviy barkamollik
bilan, mustaqil tafakkur bilan birga berishi kerak. Biz iqtisodiy o‗nglanish,
iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishining ma‘naviy yuksalish harakatlar bilan
tamomila uyg‗un bo‗lishini istaymiz.
Faqat bir halqning tegishli faqat bir halqning o‗zigina yaratish sof
madaniyat bo‗lmaydi. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millat
yaratgan bo‗lsada, unda jaxon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning
ulushi va ta‘siri bo‗ladi, albatta. Har bir xalq qaysi xalqlar bilan aloqa qilsa, unga
madaniy ta‘sir ko‗rsatadi va o‗zi ham ulardan madaniy ta‘sirlanadi.
246
Do'stlaringiz bilan baham: |