106
investitsiya loyihalari bo‗yicha yangi qurilish, kapital rekonstruktsiya va kapital
ta‘mirlash maqsadlari uchun ishlab turgan yoki yangidan parpo qilinadigan
korxonalar,
tashkilotlar va muassasalarga, shuningdek, alohida tadbirlarga
ajratiladigan moliyaviy mablag‗lar kiradi.
Funksional tayinlanishiga (vazifa jihatidan) ko„ra
davlat byudjeti xarajatlari
quyidagi guruhlar bo‗yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi (ularning tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 69-moddasi bilan belgilab
qo‗yilgan):
1.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash xarajatlari.
2.
Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik
jamiyatining boshqa
institutlarini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash xarajatlari.
3.
Iqtisodiyot xarajatlari.
4.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.
5.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura
organlarini saqlab turish xarajatlari.
6.
Sudlarni saqlab turish xarajatlari.
7.
Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari.
8.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‗iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar
viloyat byudjetlarining va
Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira
jamg‗armalari.
9.
Boshqa xarajatlar.
Sanab o‗tilgan har bir guruh xarajatlar, o‗z navbatida,
mahkamaviy va
maqsadli belgisiga ko„ra
guruhlanadi. Mahkamaviy belgisiga ko‗ra xarajatlar
byudjet mablag‗larini
oluvchi vazirlik, davlat qo‗mitasi yoki boshqa davlat
boshqaruv organining xarajatlariga bo‗linadi. Xarajatlar tarkibini ushbu belgiga
ko‗ra tahlil qilishda ularning qaysi tarmoq va sohalarga yo‗naltirilayotgani haqida
xulosa qilish mumkin bo‗ladi. Masalan, davlat byudjetidan funksional
tayinlanishiga ko‗ra ta‘lim sohasiga ajratilgan pul mablag‗lari Oliy va o‗rta maxsus
ta‘lim
vazirligi, Xalq ta‘limi vazirligi, Maktabgacha ta‘lim vazirligi kabi
mahkamalar tomonidan tasarruf etiladi. O‘z navbatida, har bir vazirlik, davlat
qo‗mitasi, idorasi yoki alohida byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‗lari
maqsadli belgisiga ko‗ra xarajatlarning aniq turlari bo‗yicha aniqlashtiriladi/
Masalan, byudjet tashkilotiga ajratilgan byudjet mablag‗lari
ish haqi, kommunal
xizmatlar haqini to‗lash, joriy ta‘mirlash, asbob-uskunalar va jihozlar, oziq-ovqat,
dori-darmon sotib olish kabi xarajat turlari (muassasaning xarajatlar smetasiga
kiritilgan xarajatlar turlari) bo‗yicha rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi.
Hududiy belgisiga ko„ra
byudjet xarajatlari umumdavlat xarajatlariga va
mahalliy hokimiyat organlarining xarajatlariga bo‗linadi. Umumdavlat xarajatlari
odatda davlat byudjetining respublika byudjetidan
amalga oshiriladi va davlat
ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishga safarbar etiladi. Mahalliy hokimiyat
organlari esa hududiy va mahalliy ehtiyojlardan kelib chiqib, byudjet xarajatlarini
Qoraqalpog‗iston Respublikasi byudjeti, Toshkent shahar va viloyatlar byudjetlari,
shuningdek, shahar/tuman byudjetlari mablag‗laridan amalga oshiradilar.
107
Umuman olganda, mamlakat miqyosida davlat byudjeti xarajatlari davlat
tomonidan olib borilayotgan islohotlarning tom ma‘nodagi ifodasini o‗zida aks
ettiradi. Buni quyidagi ma‘lumotlardan ko‗rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: