38
Ushbu Kodeks O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi byudjetlarini
shakllantirish, tuzish, ko‗rib chiqish,
qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat
tomonidan mablag‗ jalb qilish va byudjet to‗g‗risidagi qonun hujjatlari ijrosini
nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
O‗zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi 2013 yil 26 dekabrda qabul
qilingan bo‗lib, 9 ta bo‗lim, 28 ta bob, 192 moddadan iborat. Ushbu Kodeks:
-
O‗zbekiston Respublikasining byudjet tizimi
tuzilishi va uni boshqarish
asoslarini;
-
O‗zbekiston Respublikasining davlat byudjetini tuzish prinsiplari va uning
tuzilmasini;
-
davlat byudjetini tuzish, ko‗rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibini;
-
davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‗armalari daromadlarini
shakllantirish va ularning xarajatlarini amalga oshirish prinsiplarini;
-
davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar o‗rtasidagi o‗zaro
munosabatlarni;
-
davlat byudjeti mablag‗lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida
hisobga olish, hisobot va nazorat qilish tartiblarini belgilab beradi.
Kodeksda byudjet tizimi va byudjet tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar tarkibi,
davlat byudjetining daromad va xarajatlari tarkibi,
respublika va mahalliy
byudjetlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi va ularning byudjet bo‗g‗inlari
o‗rtasida taqsimlash tartiblari, byudjet jarayonini tashkil qilish tartiblari; byudjet
taqchilligini moliyalashtirish manbalari, davlat maqsadli jamg‗armalari, ularni
tashkil qilish va ular mablag‗laridan foydalanish tartibi kabilar belgilab berilgan.
Yangi Byudjet Kodeksi byudjet jarayonini xalqaro
amaliyot tajribalaridan
kelib chiqqan holda tartibga solish, byudjet amaliyotida mavjud bo‗lgan
ziddiyatlarni bartaraf etish, eskirgan tartib-qoidalarni bekor qilish, byudjet
jarayonini tashkil etishdagi me‘yorlar, nizomlar va byudjet jarayoni
ishtirokchilarining vakolatlarini tizimlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.
Byudjet Kodeksining alohida
boblarida byudjet tizimi, uning tamoyillari,
byudjet tizimini boshqarish organlarining byudjet sohasidagi vakolatlari, byudjet
tizimi tarkibiga kiruvchi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari kabilar belgilab
berilgan.
Umuman olganda Byudjet kodeksi 50 ga yaqin qonun hujjatlari va qonun
osti hujjatlarini o‗z ichiga oladi. Moliya-byudjet tizimida mazkur huquqiy
hujjatning qabul qilinishi bilan O‗zbekiston Respublikasi
Mustaqil Davlatlar
Hamdo‗stligi davlatlari orasida o‗z Byudjet kodeksiga ega bo‗lgan davlatlar safiga
qo‗shildi (4.1-jadval).
Xalqaro tajribada Byudjet kodeksi – ma‘lum bir mamlakat byudjet
tizimining asoslarini, uning tuzilishi, umumiy prinsiplarini, turli darajadagi
byudjetlar
va ularning vakolatlarini, byudjet jarayoni asoslari va byudjetlararo
munosabatlarni, byudjet qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini
belgilovchi
qonun
hujjati
hisoblanadi.
O‗zbekistonda mazkur Kodeks
mamlakatimizning mustaqillik davridagi qonunchilik faoliyatida qabul qilingan
o‗n oltinchi kodeks bo‗lib, u ko‗pqirrali moliyaviy munosabatlarni tartibga