O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlari asosida muallf tomonidan shakllantirildi.
57
ko’rsatadi. Chunki O’zbekiston Respubliksida aholining iste’mol tovarlarini xarid
qilish bilan bog’liq bo’lgan to’lovlarning katta qismi hamon naqd pullarda amalga
oshirilmoqda.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda plastik kartochka va pullik cheklarga
asoslangan to’lov tizimining rivojlanganligi naqd pullarga bo’lgan talabni keskin
qisqartirish imkonini beradi.
3. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning pul massasini boshqarishda
qo’llaniladigan ochiq bozor siyosatini takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan
muammolar.
Respublikamiz tijorat banklarining O’zbekiston hukumatining qimmatli
qog’ozlariga qilingan investitsiyalari ularning brutto aktivlari hajmidagi salmog’i
pastligicha qolmoqda. Mazkur holatlar respublikamiz Markaziy bankining ochiq
bozor operatsiyalarining rivojlanish darajasining past ekanligidan dalolat beradi.
Ushbu operatsiyalarni hukumat qimmatli qog’ozlarining emissiya hajmini oshirish
yo’li bilan rivojlantirish, fikrimizcha, maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasida, hukumat qimmatli qog’ozlarining emissiya
hajmining kichikligi Davlat byudjetining profitsit bilan bajarilayotganligi bilan
izohlanadi. Odatda, hukumat qimmatli qog’ozlarini muomalaga chiqarish yo’li
bilan tushumga ega bo’lish davlat byudjeti defitsini qoplashning noinflyatsion yo’li
hisoblanadi.
4. Respublikamizda Markaziy bankning monetar siyosatini makroiqtisodiy
o’sish bilan bog’liq muammolari.
2010-2014
yillarda
mamlakatimizda
monetizatsiya
koeffitsientining
amaldagi darajasi o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan. Bu esa, mamlakat
iqtisodiyotini pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik darajasining oshib
borayotganligidan dalolat beradi va monetar siyosatning iqtisodiy o’sish
sur’atlariga ta’sirini oshirish nuqtai – nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
Monetizatsiya koeffitsienti darajasining xalqaro amaliyotda qabul qilingan
me’yoriy andozadan past bo’lishi xo’jalik yurituvchi sub’yektlar o’rtasidagi
debitor-kreditor qarzdorlik miqdorining oshishiga olib keladi. Bitiruv malakaviy
58
ishining ikkinchi bobida amalga oshirilgan tahlillarning natijalari ko’rsatadiki,
respublikamizda monetizatsiya koeffitsienti darajasining past ekanligi korxonalar
o’rtasidagi debitor - kreditor qarzdorlikni sezilarli darajada yuqori darajada
saqlanishiga sabab bo’lmoqda. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi tijorat
banklari orqali o’tgan to’lovlarning ko’pchilik qismi to’lov topshiriqnomasi orqali
o’tgan to’lovlarning hissasiga to’g’ri keladi. Bu esa, o’z navbatida korxonalar
o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik miqdorining yanada oshishiga xizmat qiladi.
Buning sababi shundaki, to’lov topshiriqnomalarida to’lovlar kafolatlanmagan.
Hujjatlashtirilgan akkreditivlarda to’lovlarni kafolatlanligi uning muhim
afzalligi sifatida e’tirof etiladi. Hujjatlashtirilgan akkreditivlar vositasida amalga
oshiriladigan to’lovlar hajmini oshirish, to’lov topshiriqnomalari orqali amalga
oshiriladigan to’lovlarning jami to’lovlardagi salmog’ini pasaytirish fikrimizcha,
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik hajmining
qisqarishiga olib keladi.
Xojalik yurituvchi sub’yektlar o’rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik
muammosining hal etilmasligi pulning aylanish tezligiga hamda tovar va xizmatlar
hajmining barqaror sur’atlarda oshishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki
amaliyotdan ma’lumki, ishlab chiqarishni umumiy talabni qondirish darajasini
oshirish bevosita iqtisodiyotning pul mablag’lari bilan ta’minlanganligiga bog’liq.
5. O’zbekiston Respublikasida Markaziy bankning diskont siyosatini mavjud
emasligi, uning lombard kreditlari berish imkoniyatining cheklanganligi va
banklararo kreditlar bozorini shakllanish jarayonining nihoyasiga yetmaganligi
Markaziy
bank
qayta
moliyalash
siyosatining
mamlakat
iqtisodiyotini
rivojlantirishdagi rolini oshirishga to’sqinlik qilmoqda.
Markaziy bankning diskont siyosati nafaqat ssuda kapitalining bahosiga
ta’sir etish imkonini beradi, balki, mamlakatning to’lov balansi va milliy
valyutasining holatiga bevosita va kuchli ta’sir etish imkonini beradi.
Markaziy bank diskont stavkasini oshirganda mamlakatga kirib kelayotgan
xorijiy valyutalar oqimi kuchayadi. Bu esa, to’lov balansining muvozanatini
yaxshilanishiga defitsiti miqdorini kamayishiga olib keladi. Bu esa, o’z navbatida
59
ichki valyuta bozorida xorijiy valyutalar taklifining oshishiga va shuning asosida
milliy valyuta qadrini oshishiga olib keladi.
O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida trattalar muomalasini mavjud emasligi
markaziy banklarga diskont siyosatini amalgam oshirish imkonini bermayapti. Bu
esa, o’z navbatida, ularning qayta moliyalash siyosatining samaradorligini
oshirishga to’sqinlik qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: