Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod


-rasm  Yagona g’azna hisobvarag’iga asoslangan Davlat byudjeti



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/48
Sana05.09.2021
Hajmi1,41 Mb.
#165935
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti daromadlarini shakllantirishning hozirgi davr muammolari

18-rasm 

Yagona g’azna hisobvarag’iga asoslangan Davlat byudjeti 

daromadlari g’azna ijrosining istiqboldagi mexanizmi

55

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                           

55

 

Eshnazarov  T.  O’zbekistonda  moliyaviy  sektorning  rolini  oshirish  va  unda  ilg’or  xorij 



tajribasidan foydalanish mavzucidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari to’plami, I 

qism,  2015 yil 2 aprel Toshkent «Iqtisod-moliya» 2015

 

Qoraqalpog’iston 



Respublikasi, viloyatlar 

va Toshkent shahar 

mahalliy byudjet shartli 

hisobvaraglari

 

 

Shahar va tuman 



mahalliy byudjet 

mablag’lari shartli 

 





Moliya vazirligi 

G’aznachiligi 

“Yagona g’azna 

hisobvarag`i” YaG`H

 

Bank tizimi orqali soliq 



to`lovchilar

 

Respublika 



byudjeti 

mablag’lari shartli 

hisobvaragi 

 

Soliq organlari 



 


64 

 

Bu yerda: 



1-umumdavlat va mahalliy soliqlar, yig’imlar; 

2- xarajatlar to’lovi; 

3- byudjetga ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy 

to’lovlarni qaytarish; 

 yagona g’azna hisobvarag’iga kelib tushgan soliqlar, yig’imlar va majburiy 

to’lovlarni Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va 

Toshkent shahar mahalliy byudjeti, shahar va tuman mahalliy byudjetlarining 

shartli hisobvaraklarida hisobga olinishi

 byudjetga ortiqcha to’langan soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy 

to’lovlarni qaytarilishi. 

Istiqbolda  ushbu  mexanizmni  joriy  etish  uchun  “Respublika  yagona  g’azna 

hisobvarag’i”  va  “Hududiy  g’azna  hisobvarag’larini”  avtomatlashtirilgan  axborot 

tizimi  orqali  birlashtirish  natijasida  O’zR  Markaziy  bankida  G’aznachilikning 

Yagona  g’azna  hisobvarag’ini  tashkil  etish  maqsadga  muvofiqdir.  Bunda 

jarayonlar vaqt birligi rejimida (on-line) amalga oshiriladi. 

Davlat  byudjeti  daromadlari  g’azna  ijrosida  davlat  byudjeti  daromadlari 

bo’yicha  barcha  tushumlar  tijorat  banklar  tomonidan  g’aznachilikning  Yagona 

g’azna hisobvarag’i (YaG’H)ga kirim qilinadi va g’aznachilikda undagi mablag’lar 

kirimi 

va 


chiqimi 

respublika 

va 

mahalliy 



byudjetlar 

hisobi 


shartli 

hisobravaraqlarda yuritiladi. 

Bu  esa,  o’z  navbatida,  G’aznachilikni,  soliq,  bojxona  organlari,  banklar 

byudjet  mablag’lari  taqsimlovchilar  va  oluvchilar,  ya’ni  byudjet  va  soliq 

jarayonlarining  barcha  sub’ektlarining  axborot  va  huquqiy  o’zaro  hamkorligini 

tashkil  qilish  masalasini  sifat  jihatdan  ancha  yuqori  darajada  hal  qilishni  va 

avtomatlashtirilgan  axborot  tizimini  ham  xalqaro  standartlarga  mos  ravishda 

takomillashtirishni  taqozo  etadi  va  yuqorida  keltirilgan  kamchiliklarni  bartaraf 

etadi.  Bundan  tashqari  Davlat  byudjeti  daromadlarini  amaldagi  taqsimoti 

tartibotlari  ham  byudjet  ijrosini  tez,  aniq  va  to’la  tukis  ijrosini  amalga  oshirishda 

muammoli tomonlarga egadir.  



65 

 

Bu  holat    byudjetning  daromad  qismiga  kiritiladigan  o’zgartirishlar  bilan 



bog’liq.  Bunda  turli  byudjetlar  o’rtasida  o’zaro  hisob-kitoblar  yuzaga  keladi.  Bu 

esa, o’z navbatida, amaldagi soliq tushumlari prognoziga va byudjetlar daromadlari 

rejasiga  o’zgartirishlar  kiritishni  talab  qiladi  va  davlat  soliq  tushumlariga  ma’sul 

(davlat  soliq  xizmati)  hamda  byudjetlar  daromadlari  tushumiga  ma’sul  (xokimlik 

moliya 

bo’limlari) 

shaxslar 

manfaatdorlik 

qiziqishlarini 

o’ziga 


xos 

to’qnashuvlarini  keltirib  chiqaradi.  Bu  erda  davlat  soliq  xizmati  daromadlar 

prognozi  rejasini  bajarilishidan  manfaatdor  bo’lsa,  xokimlik  moliya  bo’limlari 

mahalliy  byudjetlarga  tushishi  lozim  bo’lgan  daromad  tushumlaridan  manfaatdor 

bo’ladi. 

Bizningcha,  bu  erda  xokimliklar,  soliq,  moliya  va  g’aznachilik  organlari 

tomonidan  soliq  va  majburiy  to’lovlarni  yig’ish  jarayonida  kuchlarning 

birlashtirilishi  yuzaga  kelgan  qiziqishlarni  bartaraf  etadi  va  salmoqli  darajada 

davlat  byudjeti  daromadlari  tushumi  ijrosini  kafolatlaydi.  Buning  uchun,  albatta, 

byudjet  daromadlari  prognozlariga  yil  davomida  o’zgartirishlar  kiritish  hamda 

umumdavlat  va  mahalliy  byudjetlar  daromadlarini  shakllantirishni  amaldagi 

mexanizmini  takomillashtirish  va  ko’pgina  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasiga 

tayanib,  daromadlarni  o’rta  va  uzoq  muddatli  byudjetlar  bo’yicha  rejalashtirish 

hamda  ularni  shakllantirishni  yangi  mexanizmlarini  ishlab  chiqish  lozim. 

Shuningdek,  byudjet  daromadlari  ijrosining  yagona  dasturga  asoslangan 

byudjetning  g’azna  ijrosi  bilan  qamrab  olinishi,  birinchidan,  moliya  organlari 

hamda  soliq  xizmati  o’rtasidagi  manfaatlar  qarama-qarshiligini  bartaraf  etishga, 

byudjetlar  o’rtasida  daromadlarni  taqsimlash  jarayonida  tijorat  banklarining 

aralashuviga  yo’l  qo’ymaslikka  xizmat  qilsa,  ikkinchidan,  byudjet  daromadlari 

tushumlarini  o’z  vaqtida  ijrosini  aniq  va  to’g’ri  bajarilishiga  imkon  berib,  ularni 

monitoring  va  nazorat  qilishga  zaruriyat  qolmaydi,  uchinchidan,  daromadlarni 

yig’ish, hisob-kitobini olib borish va byudjetlar o’rtasida taqsimlash jarayonlarida 

ishtirok  etuvchi  ma’sul  manfaatdor  shaxslar  tomonidan  yo’l  qo’yilishi  mumkin 

bo’lgan  xato  va  qonunbuzarliklar  bilan  bog’liq  xavf-xatarlar,  ularni  topish  va 

to’g’rilashga ketadigan qushimcha vaqt sarflarini ham oldi olinadi. To’rtinchidan, 



66 

 

davlat  byudjetining  ijrosi  to’g’risidagi  hisob-kitob  va  hisobot  larni  sifatini 



yaxshilash  bilan  bir  qatorda  ularni  tayyorlash  jarayonini  ham  bir  necha  martaga 

qisqartiradi.  Bizningcha,  Davlat  byudjeti  g’azna  ijrosida  daromadlarni  kassali 

rejalashtirish 

va 


ijrosini 

amalga 


oshirish 

ham 


byudjet 

muvozanatini 

barqarorlashtirishga  xizmat  qiladi.  Davlat  Byudjeti  daromadlarini  ijrosini  kassali 

rejalashtirish  bu  daromad  tushumlari  prognozlari,  ularga  tuzatishlar  kiritishning 

tezkor  mexanizmi  bo’lib,  kassa  rejasi  G’aznachilikning  Yagona  g’azna 

hisobvaraqlaridan o’tuvchi moliyaviy oqimlarning kunlik prognozlarini ko’rsatadi 

va  mablag’  jalb  qilish  rejalarini  tuzishga  asos  bo’ladi.  Daromadlar  kassa  rejasida 

byudjet daromadining har bir turi (soliqlar, soliqdan tashqari tushumlar va bq), aks 

ettirilib  tuziladi  va  doimiy  ravishda  monitoring  va  tahlil  natijasida  prognoz  va 

amaldagi natijalar o’rtasidagi farqqa qarab har haftada yangilanib borilishni taqozo 

qiladi.  Prognoz  qilishni  har  haftada  yangilash  jarayoni  prognoz  va  amaldagi 

natijalar  o’rtasidagi  farqlar  vaqtinchalik  yoki  doimiy  o’zgarishlarni  aks  ettirish-

ettirmasligini   aniqlashga qaratiladi. 

Daromadlar  kassa  rejasi  kutilayotgan  daromadlar  va  ularning  kelgusidagi 

o’zgarishlari to’g’risida faraz qilish imkonini beradi. 

Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida    byudjet  daromadlarini 

shakllantirishda  soliqlarni  takomillashtirish,  hisoblashni  va  byudjetga  to’lanish 

nazorat  amalga  oshirish  hamda  soliq  ma’murchiligini  yuksaltirish  eng  dolzarb 

muammolardan  hisoblanadi.  Mamlakatimizni  2014  yilda  ijtimoiy-iqtisodiy 

rivojlantirish  yakunlari  va  2015  yilga  mo’ljallangan  iqtisodiy  dasturda  byudjet-

soliq yunalishida quyidagi muhim vazifalarni belgilab berildi: 

  soliq yukini kamaytirish; 

  soliq stavkalarni unifikatsiya qilish; 

  lavlat byudjetini barqarorligini ta’minlash; 

  mahaliy byudjet daromadlarini mustahkamlash; 

  soliq ma’murchiligini takomillashtirish; 

  soliq solish mexanizmini takomillashtirish; 

  soliq to’lash muddatlarni qisqartish va boshqalar. 




67 

 

  Davlat  moliyasini  barqarorligini  ta’minlashda  soliq  va  soliqsiz  to’lovlar 



muhim  o’rin  tutadi.  Amaldagi  soliq  tizimida    byudjetga  tushish  va  uning 

to’ldirilishi jihatdan egi soliqlarning  o’rni yuqori. Rivojlangan davlatlar tajribasi 

shuni  ko’rsatadiki,  iqtisodiy  taraqqiyot  sur’atining  oshib  borishiga  nisbatan  egri 

soliqlar  yukining  kamayib  borishi  teskari  mutanosiblikda  ro’y  beradi.  Iqtisodiy 

rivojlanish  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning  daromad  olish  manbai  va  soliq 

obyektining  kengayishini  xarakterlaydi  hamda  byudjetga  to’g’ri  soliqlardan 

ko’proq moliyaviy resurslar yo’naltirilishiga olib keladi. 

 Davlat  byudjetining  boshqa  daromadlari  tushumini  oshirish  orqali  byudjet 

daromadlarini  oshirish  pirovardida  soliq  yukini  pasaytirishga  imkonini  beradi. 

Respublikamizda  keng  doirada  byudjet  daromadlari  barqarorligini  ta’minlash  va 

iqtisodiyotda  soliq  yukini  pasaytirish  zarurati  istiqbolda  qo’shimcha  moliyaviy 

resurslarni  aniqlash  va  ulardan  foydalanish  yuzasidan  ishlarni  faollashtirishni 

taqozo etadi. 

Davlat  byudjeti  boshqa  daromadlaridan  tushumlar  byudjet  daromadlari 

hajmida yuqori ulushga ega bo’lmasa-da, ularni hisoblash va undirish tartibi mol-

mulkdan  foydalanish,  amalga  oshirilayotgan  ishlarni  maqsadga  muvofiqligi  va 

qonunlar  doirasida  ekanligini  ta’minlash,  korxona  va  tashkilotlar  ixtiyoriga  kelib 

tushadigan ba’zi mablag’larni shakllantirish va ulardan to’g’ri foydalanish ustidan 

nazoratni tashkil etishda muhim hisoblanadi. Boshqa daromadlar asosan qo’yilgan 

biror  bir  tartibni  buzganlik,  ulardan  noto’g’ri  foydalanganlik  yoki  biror  narsaga 

davlat boji to’lash bilan bog’liq jarayonda yuzaga keladigan moliyaviy munosabat 

hisoblanib,  ushbu  to’lovlarni  amalga  oshirilmasligi  jamiyatda  tartibsizlik, 

boshboshdoqlik  va  egasizlik  hissini  keltirib  chiqaruvchi  psixologik  vaziyatni 

yuzaga  keltiradi.  Shuning  uchun  boshqa  daromadlar  ularning  byudjetdagi  ulushi 

bilan emas insonlardagi to’lovlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan psixologik 

vaziyat bilan baholash to’g’riroq bo’ladi. 

Fiskal  xarakterdagi  yig’imlar  va  boshqa  daromadlarni  ajratishda  aniq 

mezonlarning  mavjud  emasligi  natijasida  yuzaga  keladigan  salbiy  oqibatlarni 

kamaytirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: 



68 

 



 

byudjetga  tushadigan  to’lovlarni  soliqli  yoki  huquqiy-fuqarolik 

to’lovlar sifatida qayd etib tasniflash; 

 



kompensatsiya  to’lovlarni  undirishning  huquqiy-fuqarolik  rejimidan 

to’liq voz  kechish  zarur,  chunki byudjetga  kelib  tushadigan  aynan  bir  xil turdagi 

to’lovlar ba’zida  yig’imlar  sifatida, ba’zida  boshqa  daromadlar  sifatida  tushishini 

to’g’ri holat deb bo’lmaydi deb hisoblaymiz. 

Boshqa daromadlarni shakllantirilishni takomillashtirish yuzasidan quyidagi 

yo’nalishlarni ko’rsatish mumkin: 

 

rejalashtirish va prognozlashtirishda yanada takomillashgan uslublarni 



qo’llash, iqtisodiy-matematik usullar va modellashtirish asosida hisob-kitoblarning 

bir  nechta  variantda  bo’lishini  ta’minlash  hamda  shu  asosida  optimal  variantni 

tanlash; bir necha (ko’p) variantli byudjet loyihasini tuzishga o’tish; 

 



byudjetning  boshqa  daromadlarini  rejalashtirish  asosi  hisoblangan 

makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni yuqori darajada aniqligini ta’minlash; 

 

boshqa  daromadlarni  hisoblash  uchun  qonunchilikda  kutilayotgan 



o’zgarishlar to’g’risida to’liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lish; 

 



byudjet  daromadlari  tarkibidagi  jarima  va  sanktsiyalar  summasini 

rejalashtirishdan voz kechish. 

Davlat  va  mahalliy  byudjet  daromadlarining  shakllanishida  asosiy  o’rinni 

soliqlar  egallaydi.  Bozor  munosabatlariga  asoslangan  davlatlarda  soliqlar  byudjet 

daromadlarini  shakllantirishda  va  iqtisodiyotni  rivojlantirishda  muhim  vazifalarni 

amalga  oshiradi.  Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  va  islohotlarni  chuqurlashtirish 

davlatning soliq siyosati bilan bevosita bog’liqdir. 

 


Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish