3-jadval
Yuridik va jismoniy shaxslardan mol-mulk solig’ining stavkalari
45
Soliqlar turi
2012y
2013 yil
2014 yil
2015 yil
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga
solinadigan soliq, soliqqa tortiladigan
obyekt qiymatidan
3,5%
3,5%
4%
4%
Jismoniy
shaxslarning
mol-
mulkiga solinadigan soliq, soliqqa
tortiladigan obyekt qismatidan, 200
kv m gacha
0,9%
1,04%
1,2%
1,3
Shaharlarda joylashagan uy
va kvartiralar uchun 200 500 kv
mgacha
1,1%
1,25%
1,4%
1,6
Shaharlarda joylashagan uy
va kvartiralar uchun 500 kv m dan
oshgada
1,35
1,55
1,8
2,2
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig’i qator yillar davomida 3,5%ni
tashkil etgan bo’lsa, 2014 yilda 4% qilib belgilandi. Shuningdek, 201 yilda
soliqqa tortish obyektiga yuridik shaxsga tegishli bo’lgan uy-joylar ham kiritilishi
ko’zda tutilgan.
Eksport qiluvchi korxonalar mol-mulk solig’idan imtiyoz belgilangan
bo’lib, o’zi ishlab chikargan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportining (ishlarni
bajarish, xizmatlarni kursatish joyidan qat’iy nazar) erkin almashtiriladigan
45
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- 2014 yillardagi qarorlariga asosan tayyorlandi
45
valyutadagi ulushi kuyidagi mikdorlarni tashkil etadigan korxonalar uchun
(Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997yil 10 oktabrdagi PF-1871-son
Farmoni bilan tasdiklangan ruyxatda keltirilgan xom-ashyo tovarlari bundan
mustasno):
sotishning umumiy xajmida 15 foizdan 30 foizgacha bo’lsa
belgilangan stavka 30%ga pasaytiriladi;
sotishning umumiy xajmida 30 foiz va undan yukori bo’lsa
belgilangan stavka 50%ga pasaytiriladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i soliq tizimidagi soliqlar ichida
soliq stavkasi ortib borayotgan yagona soliq hisoblanadi, ya’ni bu soliq
stavkasi 2010 yilga qadar 0,5% stavkada undirilgan bo’lsa, keyingi 4 yil
davomida mol mulkning hajmini ortib borishiga muvofiq ravishda
tabaqalashtirilgan holda stavkalar o’rnatilmoqda: shahar joylarda 200 kv.m
gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 2011 yilda 0,75%, 200 kv.m dan 500
kv.m gacha bo’lgan mol mulk qiymatidan 0,9% va 500 kv.m dan ortgan mol
mulk qiymatidan 1,13% miqdorida soliq undirilgan bo’lsa, bu holat 2012 yilda
0,9%, 1,1%, 1,35%ni; 2013 yilda 1,04%, 1,25%, 1,55%ni , 2014 yilda 1,2%,
1,4%, 1,8%ni va 2015 yilda 1,3%, 1,6% va 2,2% ni tashkil etmoqda.
Shuningdek, imtiyoz tariqasida alohida kategoriya shaxslar uchun
soliqqa tortilmaydigan maydon belgilangan bo’lib, u60kv.km ni tashkil etadi.
Agarda ma’sul organlar omonidan mol mulkning qiymati aniqlanmagan
bo’lsa, qishloq joylarida belgilangan summa 8833, 0 ming so’m, shahar
markazlarida 20328,0 ming so’m qilib belgilangan.
46
Yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun byudjetga to’lovlar yer solig’i
yoki yer uchun ijara haqi tariqasida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar mulk
huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida
foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yer solig’i to’laydilar.
Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi
asosida er uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs
46
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ № 2270 Qarori
46
tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari er solig’ini
to’lovchilardir.
Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros
bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish
huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq
majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi.
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish obyektidir:
1) dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik
qilishga berilgan yer uchastkalari;
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod
egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
3) jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun
berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va
imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham
o’tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer
uchastkalari;
7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan
yer uchastkalari.
Yer solig’ining stavkalari zonalar bo’yicha, qishloq xo’jaligidagi yerlar
bo’yicha esa yerlarning bonitetiga qarab soliq stavkalari belgilanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilar O’zbekiston
Respublikasi hududida suvdan foydalanishni yoki suv iste’molini amalga
oshiruvchi quyidagi shaxslardir:
yuridik shaxslar — O’zbekiston Respublikasi rezidentlari;
faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston
Respublikasi norezidentlari;
47
tadbirkorlik faoliyati uchun suvdan foydalanuvchi yakka tartibdagi
tadbirkorlar;
yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon
xo’jaliklari.
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari soliq
solish obyektidir.
Suv resurslarining yer usti manbalariga quyidagilar kiradi: daryolar, ko’llar,
suv omborlari, turli hil kanallar va hovuzlar, yer ustidagi boshqa suv havzalari
hamda suv manbalari.
Suv resurslarining yer osti manbalariga artezian quduqlari va skvajinalar,
vertikal va gorizontal drenaj tarmoqlari hamda boshqa inshootlar yordamida
chiqazib olinadigan suvlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |