O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005- 2014 yillardagi davlat byudjeti parametrlari
40
Bu soliq stavkasi yillar mobaynida kamayib i 2009 yilda 8%ni tashkil
etgan bo’lsa, 2012 yilga kelib, har yili 1%dan kamayib sanoat ishlab
chiqaruvchilariuchun 5%ni, umumiy sohada faoliyat yuritayotganlar uchun
6%ni tashkil etmoqda.
O’tgan yil yakunlari bo’yicha asosiy (soha) faoliyat turi savdo faoliyati va
umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat bo’lgan yuridik shaxslar soliq kodeksda
belgilangan tartibda hisobot yili boshidan boshlab yagona soliq to’lovini to’lashi
kerak.
Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan
yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar yagona soliq to’lovini davlat ro’yxatidan
o’tkazilgan sanadan e’tiboran joriy yil tugaguniga qadar, 1 oktyabrdan keyin
ro’yxatdan o’tkazilgan yuridik shaxslar esa keyingi yil tugaguniga qadar to’laydi.
Mamlatimiz soliq tizimida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari
uchun, shu sohada faoliyat yuritadigan kichik korxona va mikrofirmalarni
hisobga olgan holda alohida soliq stavkalari joriy etilgan va ushbu soliq
stavkasi yillar mobaynida o’zgarmagan 10 foizni va umumta’lim maktablari,
maktab internat,o’rta maxsus va oliy ta’lim muassalariga xizmat ko’rsatuvchi
korxonalar uchun esa imtiyozli tarzda 8 foiz qilib belgilangan.
Bundan tashqari chakana va ulgurji savdo bilan shug’ullanuvchi savdo
korxonalari va dorixonalar uchun joylashish joyiga qarab tabaqalashtirilgan
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvi yuridik va jismoniy shaxslar
qat’iy belgilangan soliqni to’lovchilar hisoblanadi. Ular faoliyatning ayrim turlarini
tavsiflovchi fizik ko’rsatkichlardan kelib chiqqan holda soliq solinadigan ayrim
faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslardir.
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni
amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko’radigan yakka
tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan
soliqni to’lovchi bo’ladi.
41
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish doirasida qat’iy belgilangan soliq to’lash bilan bir qatorda quyidagilarni
to’laydilar:
1) bojxona to’lovlari;
2) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar;
3) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq — suv resurslaridan
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanilganda;
4) aksiz solig’i — aksiz to’lanadigan mahsulot ishlab chiqarilganda;
5) byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badallari;
6) davlat boji;
7) avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik
uchun Respublika yo’l jamg’armasiga yig’im.
Agar yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq solinadigan mol-mulkka va (yoki) er
uchastkasiga ega bo’lsalar, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni
va (yoki) jismoniy shaxslardan olinadigan er solig’ini to’lashga majburdirlar.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchi
yuridik shaxslar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi rezidentlar bo’lib, soliq
tsavasi yillar mobayniad o’zgarmagan, ya’ni sof foydadan 8 foizni tashkil etadi.
Quyidagilar obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish
solig’ini to’lovchilar bo’lmaydi:
notijorat tashkilotlar, bundan ularning tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirishdan olingan foydasi mustasno;
soliq kodeksiga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi
nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Bunda soliq solinadigan baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:
olinishi lozim bo’lgan (olingan) dividendlar summasiga;
qo’shimcha foyda solig’i to’lovchilar uchun — sof qo’shimcha foyda
summasiga;
42
tekin olingan pul mablag’lari summasiga, agar ularni o’tkazib berish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo’lsa;
joriy soliq davrida foydalanilganda xarajatlar vujudga kelmaydigan
byudjetdan ajratiladigan subsidiyalar summasiga.
sug’urta shartnomalari bo’yicha sug’urta tovoni (sug’urta summasi)
tariqasida olingan mablag’lar summasiga;
byudjet va davlat maqsadli jamg’armalari oldidagi qarzning qonun
hujjatlariga muvofiq hisobdan chiqarilgan summasiga.
To’g’ri soliqlar tarkibida resurs to’lovlari va mulkdan undiriladigan soliqlar
muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: