3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. Ma’lumki korxonalar
moliyasi umumiy moliya tizimining eng muhim bo‘g‘ini bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakat YaIMining asosiy qismini korxonalar moliyasi tashkil etadi. Korxonalar
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarishi o‘z navbatida davlat budjeti
mablag‘lag‘larini oshirishda, aholi bandligini ta’minlashda, mamlakatimiz tashqi
savdo balansini oshirishda, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqish kabilarda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Prezidentimiz -“«O‘ztadbirkoreksport» va
«O‘zsanoateksport» aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek, Milliy bank huzuridagi
кichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash
jamg‘armasi yo‘nalishi bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari
eksporti bilan bog‘liq. Bu borada kamida 1 milliard 500 million dollarlik eksportni
ta’minlash kerak”- deya ta’kidladilar
1
Shuning uchun mamlakatimizda doimiy
ravishda korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarish uchun
iqtisodiy islohotlar amalga oshiriladi. Masalan so‘nggi yillarda mamlakatimizda
soliq islohotlari natijasida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi
2013 yilda 9% dan 2014 yilda 8%ga, 2016-yilda esa 7.5%ga pasaytirildi.
2
Buning
natijasida korxonalarda soliqlar bo‘yicha qo‘shimcha pul mablag‘larining tejalishi
,raqobatbardosh va eksportbob mahsulotlar ishlab chiqarishga imkoniyat yaratdi.
Ushbu imkoniyatlardan foydalanish bevosita korxonalar moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini samarali boshqarishga bog‘liqdir. Shuning uchun bugungi kunda
korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini samarali boshqarish, moliyaviy
munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va bu bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy
1
Mirziyoev Sh.M. Мamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining
kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi: Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak.
www.uza.uz
.
16.01.2017 y.
2
http://akademiya.uz
4
tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston respublikasi
Prezidentining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha
harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi farmoniga asosan, iqtisodiyotni yanada
rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan
3
makroiqtisodiy barqarorlikni
mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya
qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha
institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini
himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni
kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy
muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga
xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga alohida e’tibor qaratildi. Yuqorida keltirib
o‘tilgan jihatlar bitiruv malakaviy ishi mavzusi dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: