O’. Ga’ybullayev, U. O’roqov. O’zbekiston Respublikasida budjet tizimi va jarayoni.-T:
31
Respublika budjetidan keyingi moliya yili uchun ularga berilayotgan budjet
dotatsiyalari (subvensiyalari) hajmlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti,
viloyatlar budjetlari va Toshkent shahar budjeti zahira jamg’armasi miqdori;
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent
shahar budjeti aylanma kassa miqdorlari;
Qoraqalpog’iston Respublikasibudjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent
shahar budjetiga tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan ajratmalar
normativlari.
Bunday axborot, ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining hududiy moliya bosh boshqarmasi tomonidan uch kunlik muddat
ichida yetkaziladi. Ularga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahar vakillik organlari davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki
haftalik muddat ichida tegishli budjetlarni qabul qilishadi.
Davlat budjeti daromadlarining tasdiqlangandan yillik va choraklik hajmlari
budjet tasnifi bo’limlari, paragraflar bo’yicha tegishli hududlarga bo’lingan holda,
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasiga yetkazib beriladi.
Respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan budjet mablag’larini
oluvchilarga O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan
shakllar bo’yicha budjet tasnifiga muvofiq xarajat bo’limlari, boblari, paragraflari,
guruhlari, turlari va ob’ektlari, bo’yicha ular uchun belgilangan shakllar bo’yicha
ular uchun belgilangan xarajatlar hajmlari o’n kunlik muddat ichida ma’lum
qilinadi.
Davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo’yicha ular uchun
nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlar hajmlari to’g’risidagi ma’lumotlarni,
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag’ oluvchilar kabi, bir xil
muddatda oladilar.
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar budjetlari va Toshkent
shahar budjeti qabul qilinganidan keyin tegishli moliya organlari bir haftalik
muuddat ichida joylardagi davlat soliq xizmati organlariga –ko’rsatilgan budjetlar
32
tasdiqlangan daromadlar hajmlarini, ushbu budjetlardan moliyalashtiriladigan
tashkilotlarga esa-ular uchun belgilangan budjetdan ajratiladigan mablag’lar
hajmlarini ma’lumot uchun yetkazadilar. Respublika (Qoraqalpog’iston) va
viloyatlarga qarashli tumanlar va shaharlar budjetlari, shuningdek shahar (tumanga
qarashli shaharlar) tarkibiga kuruvchi tumanlar budjetlari qabul qilinganidan keyin
budjetlar ko’rsatkichlari tegishli soliq organlariga tegishli budjetlardan budjetdan
ajratiladigan mablag’larni oluvchilarga xuddi shunday tartib va muddatlarda
yetkazib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: