2-BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUDJET LOYIHASINI TUZISH
VA IJRO ETILISHINING AMALDAGI HOLATI
2.1. O’z e i t Respublikasi budjet loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash
Mamlakat aholisini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, ularning
ehtiyojlarini talab darajasida qondirishda, ilmiy-texnika jarayonini fan va
madaniyatni rivojlantirishda, mamlakat mudofaasini saqlashda davlat budjeti
asos bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasini tuzishga doir ishlar
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasini tuzishga doir ishlar O’zbekistin
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi va amalga oshiriladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli hokimyatlar moliya
boshqarmalari (bo’limlari) Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy
budjetlar loyihalarini tuzishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi va amalga oshiradi.
Davlat budjet loyihasini tuzish jarayoni O’zbekistonning amaldagi budjet
qonunchiligi normalarida belgilab qo’yilgan quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
- Budjet so’rovini jo’natish;
- Tegishli hududlar budjetlari hamda maqsadli davlat jamg’armalari so’rovlari
va loyihalarini berish;
- Davlat budjeti va budjetnomalari loyihasini tayyorlash.
O’zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to’g’risida”gi qonunning 25
moddasiga muvofiq:
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi hаr yili O’zbеkistоn Rеspublikаsi
Vаzirlаr Mаhkаmаsi tоmоnidаn bеlgilаngаn muddаtlаrdа kеlgusi mоliya yiligа
tеgishli budjetlаr vа dаvlаt mаqsаdli jаmg’аrmаlаri lоyihаlаrini tаyyorlаsh uchun
Qоrаqаlpоg’istоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Kеngаshigа, vilоyatlаr vа Tоshkеnt shаhаr
hоkimlаrigа, dаvlаt mаqsаdli jаmg’аrmаlаrini tаqsimlоvchi оrgаnlаrgа budjetdаn
аjrаtilаdigаn mаblаg’lаrni оlishgа buyurtmаlаr tuzish uchun rеspublikа budjetidаn
mоliyalаshtirilаdigаn budjet mаblаg’lаri оluvchilаrgа budjet so’rоvi yubоrаdi.
24
Budjet so’rovi-kelgusi davr uchun budjetdan ajratiladigan mablag’larni
olishga bo’lgan ehtiyojini asoslashni nazarda tutuvchi hujjat bo’lib, u quyidagi
ma’lumotlarni o’z ichiga oladi:
1) Budjet tashkiloti, budjet mablag’lari oluvchi va budjet mablag’larining
taqsimlovchining budjet tizimi budjet mablag’laridan foydalanish bilan bog’liq
faoliyatining miqdor va sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oluvchi, o’tgan yilda
erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tahliliy
hisobot;
2) Xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos bo’ladigan
hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini belgilaydigan
normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va ularning alohida qoidalari ko’rsatilgan
reyestri;
3) Budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi;
4) Budjet mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi bilan uzviy
bog’liq holda tuzilgan keying yil uchun budjet buyurtmasi.
11
Qоrаqаlpоg’istоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Kеngаshi, vilоyatlаr vа Tоshkеnt
shаhаr hоkimlаri budjet so’rоvi оlingаnidаn kеyin uch kunlik muddаt ichidа
tеgishli budjetlаr lоyihаlаrini tuzish, ushbu lоyihаlаrni tаyyorlаsh tаrtibini vа
muddаtlаrini bеlgilаsh yuzаsidаn qаrоrlаr qаbul qilаdi.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasini tuzish jarayonida budjet
daromadlarining ularni tashkil etish manbalari bo’yicha kelib tushishi prognozi
hamda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti makroiqtisodiy rivojlanish
parametrlari loyihasida nazarda tutilgan xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish
nisbatlarga rioya etish uchun xarajatlar prognozini belgilash ta’minlanadi.
Muayyan davr uchun mo’ljallangan budjet xarajatlarining daromadlaridan
rejali ortishi (defitsit) faqat Respublika budjeti parametrlarida nazarda tutilishi
mumkin. Uni qoplash manbalari ichki va tashqi qarzlar natijasida jalb etilgan
11
O. Ga’ybullayev, U. O’roqov. O’zbekiston Respublikasida budjet tizimi va jarayoni.-T.:
“Baktria -Press”, 2016 y., 95-bet
25
mablag’lar, moliya yili boshidagi respublika budjeti mablag’lari qoldig’i hamda
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |