Toshkent moliya instituti moliya fakulteti



Download 75,24 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi75,24 Kb.
#208135
1   2
Bog'liq
Hisobot

O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining asosiy vazifalari

8. Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:



  • moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o‘sishini ta’minlash, moliya-kredit vositalarining xo‘jalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;

  • sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish;

  • auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • soliq solish, narx belgilash, sug‘urta, valyuta-moliya, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida qonunchilik va me’yoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish;

  • moliya, soliq, narx belgilash, sug‘urta, valyuta, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

  • fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

  • budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash;

  • budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, ayniqsa pensiyalarni va boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va to‘lashning belgilangan qoidalarini qo‘llash yuzasidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining funksiyalari

9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:



  • respublika yig‘ma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli budjetdan tashqari pul jamg‘armalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamg‘armalariga mablag‘ ajratish kvotalari to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi;

  • respublika va mahalliy budjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-budjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi;

  • moliya-budjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy budjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq budjetni tuzish va ijro etish ishlarini tashkil etadi;

  • respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika budjetining ijro etilishini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan budjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablag‘ bilan ta’minlashni va budjet mablag‘lari hisobidan ro‘yobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi,3 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika budjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;

  • joriy yilda respublika budjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;

  • xalq xo‘jaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamg‘arma fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

  • monopolist korxonalar, tabiiy monopoliyalar subyektlari tovarlariga (ishlari, xizmatlarga) narx belgilash, monopoliya narxlari (tariflari)ning cheklangan darajalarini deklaratsiya qilish masalalarida yagona davlat siyosatini yuritadi, ularning asossiz oshib ketishining oldini olish choralarini ko‘radi;

  • tovar bozorlarida, shu jumladan yakuniy iste’mol mahsulotlariga narxlar dinamikasining tizimli monitoringini yuritadi, narxlarning asossiz o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi narx belgilashga monopoliya narxlari va tariflarining ta’sirini tahlil qiladi;

  • sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini, shuningdek ular tomonidan sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar reyestrini yuritadi;

  • o‘z vakolatlari doirasida sug‘urta faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlari tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

  • o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni, shu jumladan Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

  • auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;

  • auditorning malaka sertifikatini olish uchun talabgorlarga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi;

  • sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) rahbari va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi;

  • soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish uchun o‘qitish dasturini, malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi bilan kelishgan holda — auditorning malaka sertifikatini olish uchun o‘qitish dasturini va malaka imtihonlari topshirish tartibini belgilaydi;

  • soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish huquqi uchun malaka imtihonlarini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi ishtirokida — auditorning malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini o‘tkazadi;

  • belgilangan tartibda auditorlik tashkilotini litsenziyalashni amalga oshiradi;

  • auditor, aktuariy va soliq maslahatchisining malaka sertifikatlarini beradi, amal qilishini to‘xtatadi va bekor qiladi;

  • tegishli malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan auditorlar, aktuariylar va soliq maslahatchilari reyestrini hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi;

  • belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;

  • sug‘urtalovchini qayta tashkil etishga ruxsatnoma beradi va ruxsatnoma berishni rad etadi, shuningdek ruxsatnoma berish va ruxsatnoma berish rad etilishi tartibini belgilaydi;

  • muntazam ravishda narxlar darajasi va o‘zgarishini, bozorlardagi vaziyatni va ulardagi raqobatni yaxlit tahlil qiladi, ana shular asosida bozorning amal qilishini takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqadi;

  • davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishdan tushgan mablag‘larni ulardan belgilangan tartibdagi maqsadlarda foydalanishga safarbar qilishni tashkil etadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda pul muomalasini mustahkamlash, so‘mning xarid quvvatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, pul daromadlari va aholi xarajatlarining muvozanatliligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, respublika davlat ichki zayomlarini chiqarish va ularni tarqatish, shuningdek, lotereyalar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

  • bozor infrastrukturasini shakllantirish, xalq xo‘jaligini boshqarishda iqtisodiy usullarni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

  • qimmatbaho qog‘ozlar bozorini shakllantirish hamda qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi, moliyaviy bozorni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi; aksionerlik jamiyatlari va cheklangan mas’uliyatli jamiyatlarning yagona reyestrini yuritadi, korxonalarning qimmatbaho qog‘ozlarini ro‘yxatga oladi;

  • aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlaydi va mablag‘ bilan ta’minlaydi;

  • respublika davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini yaxshilashga va ularni saqlash xarajatlarini arzonlashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;

  • budjetni muvozanatlashtirish zaruratidan kelib chiqib, soliqlar tizimini respublikadagi boshqa daromadlarni takomillashtirish, davlat moliya mablag‘larini mustahkamlash, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati hamda fuqarolarning tadbirkorlik ishlari uchun eng maqbul moliyaviy sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

  • O‘zbekiston Respublikasi bilan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar, chet davlatlar o‘rtasida tuzilgan bitimlarni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib boradi;

  • respublika moliya-valyuta siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda qatnashadi, respublikaning valyuta rejasini (to‘lov balansini) tuzadi va ijro etadi, valyuta resurslarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni oqilona taqsimlashni hamda ajratilgan valyuta mablag‘laridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilishni ta’minlaydi;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini moliyaviy va soliqlar bilan tartibga solishini amalga oshiradi, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya kelishi uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;

  • respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun respublika Hukumati tomonidan xorijiy kreditlar jalb qilish zarurati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi, hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, respublika Hukumati tomonidan olingan xorijiy kreditlarning kelib tushishini hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi;

  • O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzi o‘z vaqtida to‘lanishi va tashqi qarz bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishi, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash, O‘zbekistonning MDH davlatlari va xorijiy davlatlardagi elchixonalari konsulxonalari, vakolatxonalari va boshqa diplomatik muassasalarini saqlash bilan bog‘liq a’mollarni hisobga olishni va ularni mablag‘ bilan ta’minlashni amalga oshiradi;

  • korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning buxgalterlik hisobi va hisobotlari yuzasidan metodologik rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi; turli darajadagi budjetlarning ijrosi, budjetdagi muassasalar xarajatlar smetasining ijrosi bo‘yicha buxgalterlik hisobini yuritish tartibini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda budjetlarning kassa ijrosi bo‘yicha hisob-kitob va hisobotlar shakllarini belgilaydi; balansning hisob-kitob moddalari, qimmatbaho narsalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, schyotlarning namunaviy rejalarini, buxgalteriya hisobi va hisobotining namunaviy shakllarini, ularni qo‘llash va to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi;

  • respublika va mahalliy budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadigan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi, respublika budjetini tuzish va ijro etish bo‘yicha moliya idoralari ishini yaxlit taftish qiladi, zarurat bo‘lganda vazirliklar, idoralar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi;

  • tugallangan taftish va tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar beradi;

  • fuqarolarning Vazirlik vakolatiga tegishli xat, taklif, mulohaza va shikoyatlarining o‘z vaqtida va diqqat bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan ma’lum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda qimmatbaho metallar bozorining ahvolini tahlil qiladi;

  • qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, ichki iste’mol qilish va eksport qilish prognozlari hamda balanslarini ishlab chiqishda qatnashadi;

  • maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari, lizing xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar (banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno), lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazuvchi tashkilotlar hamda auditorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadigan mahsulotlar narxlarini belgilash hamda davlat tomonidan xarid qilinadigan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun hisob-kitob qilish tartibi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • vazirlikka yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

3. Hududning ijtimoiy-iqtisodiy sohani rivojlanishida amaliyot obektining tutgan o’rni

Quyida tuman Moliya bolimlarining Iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli qanchalik muhim ekanligini ko’rib chiqamiz.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

TOSHKENT SHAHRINING OLMAZOR TUMANI MAHALLALARIDA “TADBIRKORLIK MARKAZLARI”NI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholining tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishda tizimli amaliy yordam ko‘rsatish, aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Har bir oila — tadbirkor”4 dasturini amalga oshirish to‘g‘risida” 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qildi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Toshkent shahar hokimligi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 58 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridan dastlab, ilovadagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida tajriba tariqasida “Tadbirkorlik markazlari” (keyingi o‘rinlarda Markazlar deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

3. Belgilab qo‘yilsinki:

Markazlar biznes-inkubator shaklida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etiladi;

Markazlar yuridik shaxs hisoblanmaydi va o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi;

Fuqarolar yig‘inlarining raislari Markazlarga rahbarlik qiladi, ularning ishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

Markazlar faoliyatiga, zarur hollarda, tegishli hududdagi tajribali tadbirkorlar, hunarmandlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining malakali mutaxassislari hamda fuqarolar yig‘ini raisi (oksoqoli)ning maslahatchilari jamoatchilik asosida jalb qilinishi mumkin;

Markazlar faoliyati bilan bog‘lik xarajatlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mablag‘lari, Olmazor tumani mahalliy budjeti daromadlarining prognoz parametrlarini oshirib bajarishdan tushadigan daromadlar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi;

Markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Olmazor tumani hokimi har chorak yakunida xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga hisobot berib boradi.

4. Quyidagilar Markazlarning asosiy vazifalari etib belgilansin:

har bir mahalladagi xonadonlarni uyma-uy yurib o‘rganish va buning asosida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan shaxslarni aniqlash hamda ularga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashish va ularni Markazlarga keng jalb etish;

fuqarolarning o‘z biznesini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalari, jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, soliqqa tortishning turli rejimlarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llash, biznes yuritishning huquqiy asoslari, moliyaviy menejment va buxgalteriya hisobini o‘zlashtirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish;

zarur hollarda, faoliyatini endi boshlayotgan tadbirkorlar o‘z ishini yo‘lga qo‘ygunga qadar ularga Markazlar binosidan, shu jumladan yoshlar tadbirkorlik klastyerlari binolaridan belgilangan tartibda joy ajratishga ko‘maklashish; tadbirkorlarga va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholiga o‘z biznesini tashkil etishda biznes-rejalar ishlab chiqish, marketing tadqiqotlari o‘tkazish, soliqqa tortish, ishchilar yollash, statistika, moliya, soliq va boshqa hisobotlarni topshirish, bank xizmatlari, bino va inshootlarni ijaraga olish, davlat mulki obyektlarini “nol” qiymatida xarid qilish bo‘yicha maslahatlar va amaliy yordam berish;

tadbirkorlik subyektlariga ishonchli hamkorlar, yangi bozorlarni izlash va ishlab chiqarilgan mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarga olib chiqishda minitexnologiyalar hamda uskunalar sotib olishda ko‘maklashish;

mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi rasmiy faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan hunarmandlarga ro‘yxatdan o‘tish, “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lish orqali soliqlar va boshqa turdagi belgilangan imtiyozlardan foydalanishda hamda imtiyozli kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish;

mahalla yoshlarining, avvalo, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilarining o‘z biznesini tashkil qilishi va yuritishiga ko‘maklashish;

mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi jismoniy va yuridik shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari, bank, lizing, sug‘urta, auditorlik, konsalting, baholash, rieltorlik va bozor infratuzilmasi subyektlarining boshqa xizmatlari haqida ma’lumotlar berish;

aholi va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik faoliyatiga doir buzilgan o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli davlat organlariga murojaat etishda maslahatlar berish hamda aholini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyati davomida yuzaga keladigan muammolarni hal etishda ko‘maklashish.

5. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, shuningdek, Markazlar xodimlarining bilim va malakasini oshirish bo‘yicha zamonaviy interaktiv o‘quv uslublarini qo‘llagan holda bir yilda ikki marta (sentyabr va mart oylarida) o‘quv-seminarlar o‘tkazilishini ta’minlasin.

6. Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda tegishli hududda yashovchi yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va startaplar tashkil etish uchun ularga belgilangan tartibda yoshlar tadbirkorlik klastyerlari hududidan maydonlar ajratish choralarini ko‘rsin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi buyurtmanomasiga binoan Markazlarni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari bilan ta’minlasin, shuningdek, ular uchun Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini yaratsin.

8. Toshkent shahar hokimligi, Olmazor tumani hokimligi:

bir oy muddatda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bilan birgalikda Markazlarni ilovaga muvofiq Olmazor tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida joylashtirilishini hamda zarur mebel, jihozlar va tashkiliy texnika vositalari bilan to‘liq jihozlash hamda Markazlarga samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib berilishini ta’minlasinlar;

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-yanvarga qadar Markazlar faoliyatining samaradorligi natijalarini tahlil qilgan holda, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi boshqa mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham Markazlar tashkil etsin.

9. Toshkent shahar hokimligi, Olmazor tumani hokimligi rahbarlari zimmasiga Markazlar faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2018-yil 18-sentabr,

740-son

Toshkent shahrining Olmazor tumanida tajriba tariqasida “Tadbirkorlik markazlari” tashkil etiladigan mahalla fuqarolar yig‘inlari

RO‘YXATI5

T/r

Mahalla fuqarolar yig‘inlarining nomi

1-sektor

1.

Moyariq mahalla fuqarolar yig‘ini

2.

Olimpiya mahalla fuqarolar yig‘ini

3.

Yangi Toshkent mahalla fuqarolar yig‘ini

2-sektor

4.

Chuqursoy mahalla fuqarolar yig‘ini

5.

Gulzor mahalla fuqarolar yig‘ini

3-sektor

6.

Namuna mahalla fuqarolar yig‘ini

7.

Eski shahar mahalla fuqarolar yig‘ini

4-sektor

8.

Chimboy mahalla fuqarolar yig‘ini

9.

Chig‘atoy Oqtepa mahalla fuqarolar yig‘ini

10.

Universitet mahalla fukarolar yig‘ini

4. Koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash choralari


Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo’yicha Farmon imzoladi6


 



Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.

Jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan, insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to’xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda.

Bu esa eng yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarda ishlab chiqarish va iste’mol hajmlarining keskin qisqarishi, global ishlab chiqarish zanjirlari va savdo aloqalarining izdan chiqishi, dunyo moliya bozorlarida xomashyo tovarlari narxining pasayishi va kon’yunkturaning yomonlashuvini keltirib chiqardi.

Global iqtisodiyot tizimining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham mazkur omillar ta’sir qilmoqda, bu esa o‘z navbatida ushbu holatning salbiy ta’sirlarini yumshatish bo‘yicha samarali oldini oluvchi choralar ko‘rishni talab qiladi. Bunda turizm, transport, farmatsevtika va to‘qimachilik sanoati kabi respublika iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni rag‘batlantirish, aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mamlakat aholisi daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida:



  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda, 10 trln so‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi) tashkil etilsin.

Quyidagilar Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

a) koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish, shu jumladan:

  • davolash va boshqa muassasalarni koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish uchun zarur bo‘ladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta’minlash;

  • xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash;

  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish;

  • yuqumli kasalliklarni aniqlash, profilaktika qilish va davolash bo‘yicha tadbirlarga jalb etilgan davolash va boshqa muassasalarni qurish, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash;

b) quyidagilar orqali tadbirkorlikni va aholi bandligini qo‘llab-quvvatlash:

  • Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan birinchi navbatda ijtimoiy ahamiyatga ega iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, sotib olish va sotish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kafillik hamda kompensatsiya taqdim etishni kengaytirish;

  • respublika hududlarida iqtisodiy faollikni va bandlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shimcha infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, eng avvalo, kichik sanoat zonalarida muhandislik kommunikatsiyalarini qurish;

v) aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, shu jumladan, quyidagilar uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratish:

  • O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi orqali kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni kuchaytirish va nafaqa oluvchilar sonini oshirish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasiga jamoat ishlarini kengaytirish;

  • “Ishga marhamat” monomarkazlarini va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil qilish, shuningdek, mehnat migrantlarini kasbga va tilga o‘rgatishni tashkillashtirish orqali ularni qo‘llab-quvvatlash;

g) quyidagilar orqali iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash:

  • O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati ostida jalb etilgan kreditlarni so‘ndirish, shuningdek, birinchi darajali xarajatlarni amalga oshirish uchun foizsiz byudjet ssudalari ajratish yo‘li bilan strategik korxonalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish;

  • tashqi savdo faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish;

  • koronavirus infeksiyasi tarqalishining salbiy ta’siriga eng ko‘p uchraydigan iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini, shuningdek, kredit portfeli sifati yomonlashgan hollarda tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha choralarini taqdim etish;

  • uch yilgacha bo‘lgan muddatga foizsiz byudjet ssudalarini ajratish orqali soliq to‘lash muddatlari bo‘yicha kechiktirish taqdim etilishi hamda tadbirkorlik faolligining sustlashishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarida olinmay qolinadigan daromadlar o‘rnini to‘ldirish.

  1. Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari (shu jumladan, xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga), xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini moliyalashtirishni ta’minlash maqsadida 2020 yilda byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablag‘larini, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, eksport qiluvchilar va tijorat banklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish choralarini ko‘rsin;

  • ikki hafta muddatda soliq va bojxona ma’murchiligini takomillashtirish orqali ishga solinmagan zaxiralarni izlab topish, hisoblangan soliqlar to‘liq to‘lanishini ta’minlash, “yashirin” iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliq va bojxona ma’murchiligining yangi samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tasdiqlasin;

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har oyda kompleks chora-tadbirlar ijrosi hamda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2020 yil 1 iyunga qadar yuzaga kelayotgan makroiqtisodiy vaziyatni, shuningdek, quyidagilarni hisobga olgan holda 2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarini aniqlashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:

  • Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlash, jumladan, kichik sanoat zonalariga muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish uchun imkoniyatlarni taqdim etuvchi yanada ustuvor bo‘lgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga mablag‘larni qayta yo‘naltirgan holda Investitsiya dasturini qayta ko‘rib chiqish;

  • Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasini tashkil etish hamda tadbirkorlikni va aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash uchun xarajatlarni oshirish;

  • Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2020 yilda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzlarining chegaraviy hajmlarini qayta ko‘rib chiqish;

  • qo‘shimcha xarajatlarni maqbullashtirish va cheklash yuzasidan aniq takliflarni kiritgan holda qat’iy byudjet intizomi.

  1. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.

  • Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuzaga keladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal qilish va qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilansin;

  • Vazirlar Mahkamasi ikki kun muddatda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari boshchilik qiladigan Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining hududiy shtablarini ularning aniq funksiya va vazifalarini belgilagan holda tashkil etsin;

  • Barcha darajadagi rahbarlarning idoraviy mansub tashkilotlarda aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining yuzaga kelgan muammo va qiyinchiliklarni hal etish maqsadida qilgan murojaatlariga alohida e’tibor qaratish, rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiyaga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan shaxsiy javobgarligi ko‘rsatib o‘tilsin;

  1. Belgilansinki:

a) 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik

  • eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytiriladi;

  • alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning ajratmalari miqdori 5 foizdan 3 foizga pasaytiriladi;

  • umumiy ovqatlanish korxonalari uchun alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun yig‘imlar miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizga kamaytiriladi;

b) 2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi;

v) qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi;

g) 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar uzaytiriladi;

d) jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi.7

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 1 apreldan jismoniy shaxslar tomonidan xayriya tashkilotlaridan moddiy naf tarzida olinadigan daromadlarni soliqqa tortishdan ozod qilish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur bandda belgilangan imtiyozni 2020 yil 1 apreldan amalga kiritishni nazarda tutuvchi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish, shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  • Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga faoliyati turizm sohasiga bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini 30 foizga kamaytirish tavsiya qilinsin;

  • Mahalliy davlat hokimiyati organlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) taqdim etsin. Bunda, ko‘rsatib o‘tilgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) soliq to‘lovchilarning arizasi, shuningdek, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari rahbarlarining xulosalari asosida, boshqa hujjatlarni talab qilmagan holda taqdim etiladi.

  1. Belgilab qo‘yilsinki, 2020 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda:

  • tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi;

  • soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turadi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rmaydi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:

  • zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish yo‘li bilan soliq hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishda “Soliq xizmati” DUK orqali soliq to‘lovchilarga yordam ko‘rsatish;

  • soliq to‘lovchilarning davlat soliq xizmati organlariga tashrif buyurmasdan soliq majburiyatlarini bajarishi uchun ularga masofadan xizmat ko‘rsatishni kengaytirish choralarini ko‘rsin.

  1. 2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish to‘xtatilsin, jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan o‘tkazish bundan mustasno.

  • Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.

  1. Tadbirkorlik sub’yektlariga:

  • hisobot yilida amalga oshirilgan tovarlarning umumiy eksportiga nisbatan 10 foizdan oshmagan muddati o‘tgan debitor qarzdorligi mavjud bo‘lgan taqdirda, kafolatlangan to‘lovni ta’minlamasdan tovarlar eksportini amalga oshirishga;

  • 2020 yil davomida tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligini so‘ndirish evaziga texnologik asbob-uskunalar va xomashyo tovarlarini import qilish bo‘yicha bir martalik operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi bilan birgalikda:

  • yuklarni chegara bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o‘tkazish, ularning uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini, shuningdek, eksport va import qilinayotgan tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlarning berilishini ta’minlash bo‘yicha tezkor shtab tashkil etsin;

  • 2020 yil 1 apreldan boshlab, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining tezkor tartibda, shu jumladan, ruxsat beruvchi hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgunga qadar berish orqali bojxona rasmiylashtiruvi mexanizmini joriy etsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki hafta muddatda global ishlab chiqarish zanjirlari, transport-logistika tizimlari va savdo aloqalaridagi uzilishlar ta’sir qilayotgan investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan takliflar kiritsin.

  2. Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasiga 2020 yil 1 oktyabrga qadar eksport qiluvchilarning transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun Eksportni rag‘batlantirish agentligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan subsidiyalar taqdim etish haqida mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.

  • Hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi ikki hafta muddatda eksport qiluvchilarni manzilli qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan chora-tadbirlarini tasdiqlasin, shuningdek, barcha mulkchilik shaklidagi eksport qiluvchilarning yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarini o‘z vaqtida aniqlash va tezkor hal qilishni ta’minlasin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan respublika hududlaridagi quyidagilarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashni nazarda tutuvchi 2020 yilga qo‘shimcha infratuzilma loyihalari ro‘yxatini shakllantirsin:

  • kichik sanoat zonalari infratuzilma ob’yektlari uchun – 400 mlrd so‘m miqdorida;

  • shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari, umumiy foydalanishdagi yo‘llarni joriy ta’mirlash uchun – 1 trln so‘m;

  • suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlari uchun – 500 mlrd so‘m;

  • irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlari uchun – 400 mlrd so‘m;

  • sog‘liqni saqlash ob’yektlari uchun – 500 mlrd so‘m;

  • umumta’lim maktablari va ijtimoiy sohaning boshqa ob’yektlari uchun – 800 mlrd so‘m;

  • iqtisodiy faollik va bandlikni, shu jumladan, ipoteka kreditlash hajmlarini oshirishni ta’minlovchi boshqa ob’yektlar uchun.

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanishi va o‘rnatilgan talablarga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.

  1. Belgilansinki:

  • koronavirus infeksiyasi bilan zararlanishi yoki zararlangan deb gumon qilinishi munosabati bilan karantinga joylashtirilgan ota-onalar (ular o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar), shuningdek, ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga o‘rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi to‘lanadi;

  • koronavirus infeksiyasi bilan zararlangan yoki karantinga joylashtirilgan, shuningdek, 14 yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasi (uning o‘rnini bosuvchi shaxslar, vasiylar, homiylar) bo‘lgan xodimlar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqlanadi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:

  • 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar sonini 2020 yil 1 apreldan boshlab 10 foizga oshirish choralarini ko‘rsin;

Shavkat Mirziyoyev inqirozga qarshi choralarni e’lon qildi

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tibbiyot, sanitariya-epidemiologik va boshqa xodimlar koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga jalb qilinadigan davrda ularning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar joriy qilsin;

  • Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan va o‘z faoliyatini to‘xtatgan maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim muassasalari, sport va madaniyat muassasalari xodimlarining ish haqlarini o‘z vaqtida to‘lab berilishini ta’minlasin;

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda aholiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan tizimini tashkil etish choralarini ko‘rsin.

  1. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir hafta muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibni joriy qilsin:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari boshlang‘ich sinflari o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan, 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi;

  • karantinga oid choralar amal qilishi davrida ish beruvchilar xodimlarni, ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan hamda surunkali kasallikka chalingan shaxslarni, ularning roziligi bilan, masofadan turib ishlash usuliga, qulay ish grafigiga yoki uydan turib ishlashga o‘tkazishlari mumkin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) bank va to‘lov tizimlarining uzluksiz va barqaror faoliyatini ta’minlash choralarini quyidagilar orqali ko‘rish:

  • pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalanish hisobiga pul bozoriga har oyda umumiy summasi 1 trln so‘mgacha likvidlik taqdim etish;

  • bankomatlarning yetarli miqdordagi naqd pul mablag‘lari bilan uzluksiz ta’minlanishi, shuningdek, masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish;

b) tijorat banklari tomonidan:

  • turistik operatorlarga, mehmonxona biznesi sub’yektlariga, transport-logistika kompaniyalariga va turizm tarmog‘ining boshqa korxonalariga, shuningdek, tashqi savdo operatsiyalariga joriy etilgan cheklovlar tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha umumiy summasi 5 trln so‘mlik qarzdorliklarni to‘lash bo‘yicha kechiktirishni (jarima sanksiyalarini hisoblamagan holda) 2020 yil 1 oktyabrga qadar uzaytirish;

  • xususiy tadbirkorlik korxonalariga taqdim etilgan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun, shu jumladan, iste’mol bozorini eng zarur tovarlar bilan to‘ldirish uchun qayta tiklanadigan revolver kreditlar ajratish;

  • 2020 yil 1 iyunga qadar kredit portfelini stress-testdan o‘tkazish, shuningdek, muammoli kreditlarning ortish xavfi mavjud bo‘lgan banklarda aktivlar sifatini baholab borish natijalarini taqdim etish.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik sub’yektlariga kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kafillik va kompensatsiyalar taqdim etish hajmlarini oshirishga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kapitallashuvini 500 mlrd so‘mgacha oshirsin.

  2. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ:

  • bir oy muddatda “Uzbekistan airways” AJning 111 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan kreditini qoplash grafigini 2020 yil uchun qarzdorliklar to‘lovini to‘xtatgan holda qayta ko‘rib chiqsin;

  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelganligi munosabati bilan kreditlar va ular bilan bog‘liq to‘lovlarni qaytarish shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha “Uzbekistan airways” AJning xorijiy kreditorlari bilan muzokaralar olib borsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi uch kun muddatda cheklovlar amal qiladigan davr uchun yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari kelib chiqqanligi haqida rasmiy xabarnoma e’lon qilsin hamda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning murojaatlari asosida bir kunlik muddatda tegishli sertifikatlar bersin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi:

  • iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo resurslari hajmlarini monitoring qilish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanish uchun ularning birjaga qo‘yish hajmini oshirish choralarini ko‘rsin;

  • o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi tomonidan importga xarid qilinadigan va intervensiya amalga oshiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ro‘yxati va zarur hajmlarini aniqlasin;

  • ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarining bozorlardagi narxlari ustidan kunlik monitoring o‘tkazishni ta’minlasin hamda ularning narxlarini sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi oziq-ovqat mahsulotlarini shartnomalar asosida yoki birja savdolari orqali erkin narxlarda, bozorni to‘ldirish va ichki bozorlardagi mahsulotlar narxlarini barqarorlashtirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun yetarli hajmlarda sotishni ta’minlasin.

  2. Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasi (A.N.Aripov):

  • joriy yil 22 martdan boshlab ikki oy davomida kunlik selektor yig‘ilishlarini o‘tkazib, har bir hududda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, sanoat, infratuzilma, transport va logistika, ijtimoiy soha ob’yektlari, savdo tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash chora-tadbirlari ijrosini batafsil muhokama qilib borsin hamda ularning natijalariga ko‘ra yuzaga keladigan masala va muammolar bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilsin;

  • ushbu Farmonning ijrosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga har hafta axborot berib borsin hamda, zarur hollarda, inqirozga qarshi kurashishning qo‘shimcha choralari bo‘yicha takliflar kiritsin.

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

  • koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish choralarining amalga oshirilishi, sanitariya-epidemiologik va tibbiyot muassasalarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash ustidan shaxsiy nazorat o‘rnatsin;

  • tadbirkorlik sub’yektlari va aholining murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, joylarda ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha zaxiralar aniqlanishini ta’minlasin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oshib borayotgan yuklamani hisobga olgan holda telekommunikatsiya infratuzilmasining barqaror faoliyatini ta’minlash choralarini ko‘rsin hamda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari murojaatlarini qabul qilish uchun “tezkor aloqa liniyalari”ning uzluksiz ishlashini ta’minlasin.

  2. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish hamda uning iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini rivojlantirishga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida aholi o‘rtasida tizimli ravishda axborot-ma’rifiy ishlarni tashkil etsin.



    1. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Xulosa


Men ushbu amaliyot davomida O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazrligi qoshidagi Olmazor tumani moliya bo`limining tashkiliy tuzilmaviy faoliyati, davlat budjetining kassa ijrosi davlat budjeti mablag’larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshirishi, huquqiy-me`yoriy hujjatar haqida qisqacha tanishdim. Davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan tushadigan daromadlarni turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida taqsimlash, byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risida hisobotni tuzish, tegishli byudjetlar daromadlari va xarajatlari o‘rtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni ta'minlaydigan, davlat byudjeti Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi mablag‘larni boshqarish, byudjet tashkilotlarining va byudjet mablag‘lari oluvchilarning tovarlarni yetkazib beruvchilar bilan byudjet tizimi byudjetlari mablag‘lari hisobiga tuzilgan shartnomalarini xarajatlar smetalarida ko‘rsatilgan summalar doirasida hamda belgilangan maqsadlarga muvofiq tuzilganligi ustidan monitoring qilish asosida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish,davlat haridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda takomillashtirish bo‘yicha takliflar berib borish , xarajatlar smetalarida va ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar nomidan hamda ularning topshirig‘i bo‘yicha tovarlarni yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlariga to‘lovlarni bevosita amalga oshirish orqali to‘lov intizomiga rioya etilishini ta'minlash; davlat byudjeti g‘azna ijrosining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish, Davlat byudjeti ijrosi haqida axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat ko‘rsatish, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish haqida tushunchalarga ega bo`ldim.

Tanishuv amaliyot davrida quyidagilarni amalga oshirdim va mazkur hisobotni tayyorladim:



  • Moliya bo`limi va undagi budjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining tashkiliy tuzilishi bilan tanishdim:

  • Byudjet tashkilotlari va uning hududiy bo’limlarining vazifalari, huquq va majburiyatlari bilan tanishdim;

  • O’zbekiston Respublikasining g’aznachiligi tizimining qonunchiligi, huquqiy-me’yoriy asoslari bilan tanishdim;

  • Shuningdek, ish davomida o`z ishiga mas`uliyatli bo`lish, atrofdagilar bilan to`g`ri muloqotni olib borish va o`zaro ahil jamoa bo`lishni o`rgandim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



  1. O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi;

  2. O’zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma (11.10.2010. №2146-son);

  3. O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazrligi Moliya organlari Nizomi;

  4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2009 yil 4-avgustdagi 69-sonli buyrug‘i;

  5. Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (20.03.2020)

  6. O’zbekiston Respublikasining xususiy bank va Moliya insitutlari tog’risidagi qonun (08.11.2012);

  7. Toshkent shaxrining Olmazor tumani mahalalarida ‘Tadbirkorlik markazlari” ni tashkil etish chora tadbirlar to’g’risidagi qarori (07.06.2018);

  8. 2021 – yil uchun O’zbekiston Respublikasi Davlat Byudjeti O’RQ-657-sonli.

  9. 2021 yil uchun oʼzbekiston respublikаsining dаvlаt byudjeti toʼgʼrisidа»gi oʼzbekiston respublikаsi qonuni qаbul qilingаnligi munosаbаti bilаn oʼzbekiston respublikаsining аyrim qonun hujjаtlаrigа oʼzgаrtish vа qoʼshimchаlаr kiritish hаqidа O’RQ-659-sonli.

  10. Mаhаlliy byudjetlаrning dаromаdlаr bаzаsini kengаytirish zаxirаlаrini аniqlаsh ishlаrini tаshkil etish chorа-tаdbirlаri toʼgʼrisidа O’RQ-445-sonli

  11. www.lex.uz O’zbekiston Respublikasi milliy qonunchilik bazasi



1 O’zbekiston Respubliksining xususiy bank va Moliya insitutlari to’g’risidagi qonun.

2 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Moliya organlari nizomi

3 O’zbekiston Respublikasi Byudjet tasnifini qollash boyicha yo’riqnoma

4 Toshkent shahrining Olmazor tumani mahalalarida “Tadbirkorlik markazlari” ni tashkil etish tog’risidagi qarori

5 Lex.uz O’zbekiston Respublikasi miliy qonunchilik bazasi

6 Korona virus pandemiyasi va global inqiroz holarlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

7 www.review.uz/uz/kn6


Download 75,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish